|
Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar
|
bet | 141/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)Mashg‘ulotni yakunlash.
3.1. Mavzu bo‘yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga O‘quvchilar e’tiborini qaratadi.
3.2.Uyga vazifa berish.(7- ilova)
3.3..Ushbu mavzuning kelgusi kasbiy faoliyatidagi ahamiyatini belgilaydi.
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiradi.
|
Savol beradilar. Eshitadi, aniqlashtiradi.
Topshiriqni yozib oladi.
|
I
Mavzu: Kuzov, kabina, platformalarining nosozliklari.
Reja.
1.Kuzovning vturlari.
2.Yengil avtomobil va avtobuslarning kuzovlarining turlari
3.kabinalar.
lova-№1
Ilova-№2
Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar
Kuzov, Avtomobil ,agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari
Ilova-№3
Baxolash mezonlari
Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
t/r
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Mavzu to’liq ,asosiy fikr va tushunchalar to’la qonli o’zlashtirilishiga erishilsa
|
5
|
2
|
Mavzu asosan,asosiy fikr va tushunchalar qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o’zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo’lmasa
|
1
|
Ilova-№4
Ilova-№5
Ilova-№6
Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi o‘z vazifasini bajara olishi uchun biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak. Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat, mexanizm, uzellarni joylashtirish uchun kerak. Ko‘tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo‘lib, ramasiz konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi. 7.1. Kuzov jihozlari va uning tuzilishi Avtomobilda shunday qism ham bo‘lishi zarurki, u yukni, yo‘lovchilarni (yengil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish hamda ularni tashqi atrof-muhit ta’siridan saqlab turishi uchun xizmat qiladi. Kuzovlarning vazifasi bo‘yicha yuk uchun (yog‘och yoki temir platforma), yo‘lovchilar uchun, yuk uchun va maxsus turlari bo‘ladi. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kuzovlar umumiy vazifani bajaruvchi (yengil avtomobil va avtobuslar kuzoviga) hamda maxsuslariga (laboratoriya, ta’mirlashga mo‘ljallangan, yong‘indan xavfli) bo‘linadi.
84-rasm. Yuklamani to‘la qabul qiluvchi yengil avtomobil kuzovi. 1-oldingi bamper; 2-dvigatel kapoti; 3-haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari; 4-yuk xonasining qopqog‘i; 5-eshiklar; 6-qanotlar; 7-ketingi bamper. 6 2 1 3 4 5 7 135 Sinchsiz kuzovlar bir butun bo‘lib, yetarlicha bikr bo‘lishi uchun ayrim qismlarining ko‘ndalang kesimi jim-jimador bo‘ladi (yengil avtomobil kuzovlari). Zamonaviy yengil avtomobillarda yuklamani to‘la qabul qiluvchi va yo‘lovchilarni joylashtirishga mo‘ljallangan kuzovlar ishlatiladi (84-rasm). Kuzov bir butun po‘latdan shtampalab qilingan qobig‘ bo‘lib, unga kapot, yuk xonasining qopqog‘i, eshiklar, qanotlar, radiator pardasi, oldingi va ketingi bamperlar iboratdir. Kuzovning qobig‘i bir bugun payvand qilingan qismlardan iborat bo‘lib, ikkita old qanotlar, orqa qanot bilan bir qilib ishlangan ikkita yon tomon, kuzov tomi, payvand qilib biriktirilgan (84-rasm). Kuzovning ikki tomonida ikkitadan ochiq joylar bo‘lib, ularga eshiklar sharnir yordamida mahkamlangan. Eshiklar shtampalab tayyorlangan tashqi va ichki panellardan iborat bo‘lib, payvand bilan biriktirilgan. Eshiklar oynasi toblangan shishadan yasalgan. Old va orqa oynalar uch qavatli bo‘lib, sinib ketganda o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi va xavfsiz hisoblanadi. Kapot kuzovning old qismini berkitib turadi, u kuzovga ikkita ilgak bilan biriktirilgan. Kapot uni yopiq holatda ushlab turuvchi qulfga ega. Qulf kuzov ichidan ochiluvchi ilgakga ega. Kuzov yukxonasi oldingi g‘ildiraklari yetakchi va klassik komponovkali avtomobillarda ketinda joylashgan. Unda yo‘lovchilarning yuki, zahira g‘ildirak va haydovchi asboblari saqlanadi. U qo‘shaloq ilgak yordamida kuzovga mahkamlangan bo‘lib, old qismida ichidan qulf o‘rnatilgan. Kuzov ichida bir yoki ikki qator o‘rindiqlar o‘rnatilgan, haydovchi va yo‘lovchi o‘rindig‘i qulaylik uchun bo‘ylama yo‘nalishda va suyanchig‘i og‘ib, rostlanadigan qilib yasalgan. 85-rasm. NEXIA avtomobilini buyash. 136 Tiko avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul kiluvchi, ikki katta bo‘laqsan iborat, beshta eshikli bo‘lib, po‘latdan shtampalab yasalib payvanddab yig‘ilgan. Kuzovning old qismiga ikkita bo‘ylama lonjeronli va ko‘ndalang joylashgan ikkita to‘siqdan iborat payvandlab yasalgan qurilma biriktirilgan bo‘lib, unga dvigatel va transmissiya agregatlari mahkamlanadi. Neksiya avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul qiluvchi turiga mansub bo‘lib, to‘rt eshikli, po‘latdan shtampalab yasalgan qismlarni nuqtali payvandlash usulida yig‘ilgan. Oldi qismida ikkitadan lonjeron va to‘sindan iborat qurilma bo‘lib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari biriktirilgan. Damas avtomobilining kuzovi shtampalab tayyorlangan qismlarni payvandlab yig‘ilgan bo‘lib, u zinapoyasimon ramaga mahkamlangan. Avtomobilning transmissiya agregatlari ramaga mahkamlangan bo‘lib, kuzov yo‘lovchilarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Kuzovni zavod tomonidan buyosh usuli 85-rasmda ko‘rsatilgan.
|
| |