|
Yonilqi filtrlari va tindirgichlar
|
bet | 18/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)Yonilqi filtrlari va tindirgichlar. Yonilg'ini karburatorga kiritishdan oldin mexanik aralashmalar va suvdan tozalash zarur. Chunki yonilg'i yaxshi tozalanmasligi oqibatida karburatorning kil teshiklari va tuynukchalari ifloslanib, uning aniq ishlashi yomonlashadi. Shuning uchun ta'minlash tarmog'idan o'tayotgan yonilg'i bir necha bor tozalanadi.
Simto'rli filtrlar yonilg'i bakining quyish quvuriga, yonilg'i nasosi korpusning qopqog'iga va karburatorning qalqovichli bo'linmasi shtutseriga o'rnatiladi. Filtr-tindirgich yonilg'i nasosiga yoki o'zi alohida o'rnatilishi mumkin.
Yuk avtomobillarida karburatorga yuborilayotgan yonilg'i bak va nasos oralig'ida joylashgan filtr-tindirgich hamda nasos bilan karburator o'rtasida o'rnatilgan mayin filtrdan ketma-ket o'tadi.
Xavo filtri. Xavo tarkibidagi chang silindrlarga kirishi natijasida dvigatel detallari tez yeyiladi. Shuning uchun ta'minlash tarmog'iga xavo filtri o'rnatiladi. U dvigatel silindrlariga kiradigan xavoni changdan tozalash uchun xizmat qiladi.
Avtomobil dvigatellarida inersion-moyli xavo filtri keng tarqalgan. Bunday filtrlarda xavo inersiya kuchi bilan moy vannasiga o'tadi va unda xavo changlari tutilib qoladi, hamda qisman tozalangan xavo yana tozalovchi tarkibiy qismlardan o'tadi.
Kiritish quvurlari va yonuvchi aralashmani isitish. Kiritish quvurlari karburatorni aralashtirgich bo'linmasining kiritish klapani tuynuklari bilan tutashtirib, yonuvchi aralashmani karburatordan dvigatel silindrlariga yuborish uchun xizmat qiladi.
Yonilg'i aralashmasini qizdirish yonilg'ini batamom bug'lash uchun zarur, aks holda u tomchi holiga keladi va yonilg'i aralashmasi silindrlarda yaxshi yonmaydi va natijada dvigatel to'la quvvat bilan ishlamaydi, yonilg'i aralashmasini qizdirish maqsadida kiritish quvurlarining karburatorga yaqin joylashgan qismining chiqarish quvuri bilan tutashtiriladigan maxsus g'ilofi bor. Dvigatel silindrlarida ishlatilgan gazlar shu g'ilofga o'tib, kiritish quvuri devorlarini va yonuvchi aralashmasini keragicha qizdiradi.
|
| |