|
Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar
|
bet | 17/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)5.Mavzu: Moylash va yonilg‘i quyish dastgohlarining turlari va ishlashi .
Reja:
1.Moylash tizimini vazifasi.
2.Mayin tozalash filtrlari.
3. Moy filtrining turlari va tizimga ulanishini
Moylash tizimi
Dvigatel detallarining ishqalanib ishlashi ularning yeyilishiga va qizishiga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqalanuvchi detal yuzalriga uzliksiz ravishda moy yuborib turish zarur. Bu vazifani dvigatellarda moylash tizimi bajaradi. Moylash tizimi dvigatel ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda moy yetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi yuzalar qisman soviydi, yeyilishi kamayadi va detallarning yeyilishiga sababchi moyga yepishgan zarrachalar moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy keyin filtrlanadi.
1-rasm. Moylash tizimining sxemasi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan kombinatsiyalashgan moylash tizimi qo'llaniladi. Bunday moylash tizimida zo'rikib ishlaydigan detal yuzalariga moy bosim ostida majburiy yuboriladi. Bunday yuzalarga tirsakli va taqsimlash vallarining podshipniklari (ayrim dvigatellarda taqsimlash valining mushtchalari ham), koromislo vtulkalari kiradi. Qolgan ishqalanuvchi yuzalarga sachratish va tomchi usuli bilan yuboriladi. Unday yuzalarga silindr devorlari, porshen va porshen xalqalari, porshen barmoqlari, taqsimlash valining mushtchalari, turtkichlar, klapanlar sterjeni kiradi.
Kombinatsiyalashgan moylash tizimiga quyidagi mexanizm va tuzilmalar kiradi: moy saqlagich, moy qabul qilgich, moy nasosi, moy filtrlari, moy radiatori, moy kanallari, moy klapanlari.
1-rasmda shu tipidagi moylash tizimining soddalashtirilgan sxemasini keltirilgan. 2-b rasmda ichki ishlashuv shesternyali nasosning sxemasi va ishlashi keltirilgan. Bunday nasos VAZ-2108, Neksiya, Tiko, Damas avtomobil dvigatellarida qo'llanilgan. Nasos tirsakli valning oldingi uchiga 8 o'rnatilib, undan to'g'ridan-to'g'ri xarakat oladi. Nasos korpusiga o'rnatilgan yetakchi 6 va yetaklanuvchi 4 shesternyalar tishlari oralig'ida so'ruvchi 2 va xaydovchi 5 bo'shliqlar bo'lib, ular bir-biridan korpusda ishlangan devorcha 3 bilan ajratilgan. Nasosning yetakchi 6 (tashqi tishli) va yetaklanuvchi 4 (ichki tishli) shestrernyalari tishlari oraligidagi bo'shlig'i bilan moy qabul qilgichdan 1 moyni so'rib (tishlarning bir-biridan uzoqlanishi xisobiga bo'shlik kengayadi va unda siyraklanish vujudga keladi) so'ngra xaydash kanaliga bosim bilan (tishlarning bir-biriga yaqinlashishi xisobiga bo'shlik qisqaradi va unda bosim vujudga keladi) uzatadi. Tizimda bosim 0,45 MPa dan ortganda reduksion klapan 7 ochilib moyning qismini nasosning so'rish bo'shligiga o'tkazadi.
Moy filtrlari. Filtrlar moyni dvigatel yeyilishi natijasida xosil bo'lgan metall zarrachalaridan va boshqa ifloslantiruvchi elementlardan tozalaydi. Moy filtrlari to'la o'tkazuvchi ya'ni moylash tizimiga ketma-ket ulanib moyning xammasi filtrdan o'tkaziladi. Shuningdek qisman o'tkazuvchi filtrlar ham bo'ladi. Bunday filtrlar tizimga parallel ulanadi va moyning 10…15% ni o'tkazadi xolos.
Mayin tozalash filtrlari. Xozirgi zamon barcha yengil avtomobillari (VAZ-2108, Neksiya, Tiko, Damas) va ayrim yuk avtomobillarining (GAZ-53A) moylash tizimida bitta to'liq o'tkazuvchi mayin filtrlardan foydalanilgan. Bunday filtrlarda moyni tozalovchi element sifatida mikro g'avoksimon maxsus karton qog'oz ishlatiladi.
Sentrifuga. Markazdan qochma mayin filtrlar (sentrifugalar) keng qo'llanilmokda. Bu turdagi sentrifugalar reaktiv yuritmaga ega bo'lib, qarama-qarshi yo'nalishda bosim ostida chiqayotgan moy oqimi ta'sirida xarakatlanadi.(3-rasm, a,b)
|
| |