• Giltuproqli sement tayyorlash
  • Ohakni tashish, saqlash va ishlatish
  • Mavzu: Materiallarni saqlash va tayyorlash




    Download 2.58 Mb.
    Sana20.04.2024
    Hajmi2.58 Mb.
    #203154
    Bog'liq
    Materiallarni saqlash va tayyorlash. -
    Magento, bol sav urga, Qurilish qorishmalarining asosiy xossalari (1), 145236, 88977445, Mavzu Mashinali o‘qitishda o‘qituvchisiz o‘qitish algoritmlarin, Kurs ishini yozish tartibi Kurs ishi, 1-amaliy, Figure, 1492076249 66044, jamshid-sabirov-dars-ishlanma, statik, Komilova Dinora., 276217, psixologiya

    MUSTAQIL
    ISHI
    Mavzu:Materillarini saqlash va tayyorlash
    Urganch-2024
    Kalandarov Musobek 212-QMBKICH
    Reja:
    1.Sementlarni omborda saqlash va qoplash
    2.Giltuproqli sement tayyorlash
    3.Ohakni tashish, saqlash va ishlatish
    Mavzu: Materiallarni saqlash va tayyorlash
    Sementlarni omborda saqlash va qoplash
    Tayyor sement zavodlarda har binning sig‘imi 2500—100001 gacha bo‘lgan diametri 1—18 m va balandligi 25—40 m bo‘lgan temir-beton siloslarda saqlanadi. Sement siloslarining umumiy sig‘imi kamida 10 sutkalik ishlab chiqarilgan sementni saqlashiga yetarli bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bunday katta omborlar erkin ohakni havo nami 165 ta’sirida batamom so‘ndirish maqsadida foydalanish uchun ham kerak. Bundan tashqari, tegirmondan sement 100— 150°C gacha haroratda chiqadi va siloslarda 1—2 hafta davomida soviydi.
    Har bir zavodlarda bunday siloslardan kamida to£rtta bo£lishi kerak. Ikkitasida sement yetiladi va soviydi, uchinchisiga sement to'ldiriladi, to£rtinchisidan olinadi.
    Zavodda ikki va undan ortiq markada sement ishlab chiqarilsa, siloslar soni ko‘paytiriladi.
    Sement qatlamlanib qolmasligi uchun siloslardagi sement vaqti-vaqti bilan siqilgan havo yordamida g£ovaklashtirib turiladi. Bu esa, siloslardan sement olishni ham osonlashtiradi.
    Ohaktosh va giltuproqqa boy bo'lgan tog' jinslari eriguncha yoki qisman erib pishirib hosil bo'lgan klinker yaxshilab tuyib olingan tez qotuvchan va juda pishiq gidravlik bog'lovchi giltuproqli yoki aluminatli sement deb ataladi. Gil tuproqli sement tayyorlash uchun xomashyo sifatida asosan cho’kindi tog' jinslaridan boksitlar ishlatiladi. Boksitlar qizil bo‘lib giltuproq gidratining temir gidroksid aralashmasidan iborat. Boksit konlari juda kam bo'lgan uchun giltuproqli sement ishlab chiqarishda giltuproqqa boy bo'lgan sanoat chiqindilari ham ishlatiladi.
    Giltuproqli sement tarkibida 40% atrofida giltuproq (AI2O3), 45% gacha kalsiy oksidi (CaO) va 5-10% kremniy (Si02) bor. Giltuproqli sement qotish jarayonida suv bilan tez reaksiyaga kirishib tez tishlashuvchan qotish xususiyatiga ega bo'lgan ikki kalsiyli gidroaluminat mineralini hosil qiladi:
    2(СаO∙Аl2O₃)+11Н₂O=2СаOАl₂O3∙8Н2O+2Аl(OН)3
    Giltuproqli sement tayyorlash
    Qotgan sement tarkibida erkin holdagi kalsiy gidroksid bilan uch kalsiyli gidroaluminat bo'lmagani tufayli giltuproqli sement yumshoq, chuchuk va yer osti agressiv suvlari ta’siriga chidamlidir. Sementning tishlashish davrining boshlanishi 30 daqiqadan keyin boshlanadi, oxiri 12 soatgacha davom etadi. Giltuproqli sement tez qotuvchan bo'iib, uning bir kunlik mustahkamligi 28 kunligining 50% ini tashkil etadi. Giltuproqli sementning markasi sement-qumning 1:3 nisbatida tayyorlangan namunasi uch kundan keyin siqishga sinab aniqlanadi. Giltuproqli sementning texnikaviy shartlari (GOST 969-77) 27-jadvalda berilgan.
    Giltuproqli sementning portlandsementdan farqi shundaki, u qotish jarayonida ko'p suv talab etadi, shu sababli beton qorishmalari uchun suv-sement nisbati 0,5-0,6 dan ko‘p olinadi. Giltuproqli sement tishlashish va qotish jarayonida o'zidan ko‘p issiqlik ajratadi. Shu sababli, betonlash ishlari yuqori haroratda olib borilsa, uni sovitib turish kerak bo'ladi. Gil tuproqli sement inshootlarming, yo'l va ko'priklami qurilishini tezlik bilan foydalanishga topshirish zarur bo'lganda katta ahamiyatga ega. Gil tuproqli sementdan tayyorlangan buyumlami bug' ta’siriga uchratish yoki portlandsement bilan aralashtirish mumkin emas. Giltuproqli sement qorishmasining mustahkamligi juda tez o'sadi, shuning uchun shoshilinch bajariladigan va baxtsiz hodisalami yo'qotish ishlarida bu sement ishlatiladi.
    Ohakni tashish, saqlash va ishlatish
    So‘ndirilmagan donador ohak temir yo‘l vagonlari va avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni namlik ta’siridan saqlash zarur. Ohak-pushonka va kukun ohak jips yopiladigan metall konteynerlarda, maxsus polietilen katta qoplarda va bitumlangan yoki yog‘langan qog‘oz qoplarda tashiladi. Ohak qorishmasi maxsus kuzovli avtosamosvallarda, ohak suti esa avtosistemalarda tashiladi.
    Ohak-pushonka qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarda qisqa muddat saqlanadi. Ohak-kipelkani qurilish maydonlarida usti yopiq holda uzoq muddat saqlanadi va zarurat bo‘lganda ohak qorishmasi tayyorlanadi. Kukun ohakni bir oy saqlash mumkin, aks holda havodagi namlik ta’sirida aktivligi kamayadi.
    Havoyi ohak keramik g ‘isht va bloklar terishda, suvoqchilik murakkab va oddiy qorishmalari, bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda ishlatiladi.
    Ohak va ohak-pushonka asosida ohak-pussolanli va ohak-shlakli gidravlik bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
    Ohak-pussolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar - trepel, opoka, diatomit, gliyej va shu kabilar birgalikda kukunlanadi. Ohak-shlakli va ohak-pussolanli bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va qisman suvli muhitga chidamli.
    Havoyi ohak silikat g ‘isht va bloklari, g ‘ovak, yengil hamda og‘ir silikat betonlami tayyorlashda ishlatiladi. Uni tashish, saqlash va ishlatishda texnika xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur.
    1.Akramov X. A Qurilish ashyolari sanoati korxonalarini loyihalashtirish. T. , Uzbekistan 2003 y
    2.Bajenov YU. M. , Komar A. G. Texnologiya betonix i jelezobetonix izdeliy –M. Stroyizdat 1984 y.
    3.Nanazashvili I. X Spravochnik. Stroitel’nie materiali, izdeliya i konstruktsii. M. , Visshaya shkola. 1990 y.
    4.Samoylov V. S Spravochnik stroitelya. Jilishnoye stroitel’stvo. –M. , Adelant, 2002 y.
    5.KMK 2. 03. 01-96. Beton va temir-beton konstruktsiyalarini loyixalash.
    6.KMK 3. 03. 04-98. Yig’ma temir-beton konstruktsiya va buyumlarini ishlab chiqarish.
    7.Uz RST 7473-94 Smesi betonnie.
    .
    Download 2.58 Mb.




    Download 2.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Materiallarni saqlash va tayyorlash

    Download 2.58 Mb.