|
Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi
|
bet | 2/5 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 210,65 Kb. | | #271370 |
Bog'liq 1-ma`ruza - Ekologik huquq bir paytning o’zida ham yuridik fanlar, ham ekologik fanlar tizimida turuvchi mustaqil fan tarmog’i hisoblanadi. Shuning uchun ham biz ekologik huquqning fanlar o’rtasida tutgan o’rni va ular bilan uzviy bog’liqligini aniqlab olishimiz talab etiladi.
- Ekologik huquq fan sifatida yuridik xarakterga ega bo’lgan kishilar o’rtasidagi o’zgaruvchan atrof tabiiy muhitga nisbatan yuzaga keladigan barcha munosabatlarni tadqiq qiladi. Tadqiq qilingan ushbu sohaga doir nazariy va amaliy bilimlarni mujassamlashtirilgan va umumlashtirilgan tarzda ta‘lim berish esa ekologik huquq o’quv predmetining maqsadi hisoblanadi.
- Ekologik –huquqiy bilimlar umumlashtirgan tarzda –Ekologik huquq yoki ajratilgan tarzda-Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, Xalqaro ekologik huquq, Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish kabi bo’lishi mumkin.
- O’zbekiston Respublikasining yuridik va ekologik yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarida Ekologik huquqda huquqiy ekologiyaga doir barcha bilimlarni umumlashtiruvchi o’quv predmeti sifatida o’qitish qabul qilingan
Ekologik huquq boshqa ekologik fan tarmoqlari bilan bog’langan joyi bormi? Bor bo’lsa, ular nimalardan iborat, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin - Ha, bor albatta. Masalan, hozirgi zamon fan va texnikasida yuzaga kelayotgan inqilobiy o’zgarishlar biosfera (tirik organizmlar yashaydigan qobiq)dagi barcha jarayon va xodisalarni o’zgartirib yubormoqda. Hoh u ijobiy, hoh u salbiy ko’rinishda bo’lsin, oddiy mikroorganizmlardan tortib to yirik sut emizuvchilarning soni, ko’payishi, rivojlanishi inson faoliyatiga kundan- kunga ko’proq bog’lanib qolmoqda. Shuning uchun ham inson faoliyatini ekologik jihatdan boshqarish boshqa turdagi ekologik munosabat va aloqadorlikning mohiyatini belgilab beradi. Boshqarishning zamonaviy usullaridan biri esa huquqiy tartibga solishdir. Agarda biz ekologik huquq me‘yorlarini o’z vaqtida qabul qilib, ularni hayotga real tatbiq qilgan taqdirimizdagina, bioekologik, geoekologik va energiya almashinuvini me‘yorl holda kechuvini ta‘minlay olamiz. Bu esa barcha turdagi tirik organizmlarning yashash muhiti-«uyi»ni saqlab qolish demakdir.
|
| |