|
Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi
|
bet | 4/5 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 210,65 Kb. | | #271370 |
Bog'liq 1-ma`ruzaBizning fikrimizcha, O’zbekiston hududida tabiatni huquqiy muhofaza qilishning tarixiy bosqichlarini keskin chegaralash kerak emas, aksincha, ularni ajratishda insonlarni tabiatga nisbatan qanday munosabat shaklida va davlatning ekologik siyosatiga bog’liqligi asosiy tasniflash mezoni bo’lishi maqsadga muvofiqdir: - 1-bosqich. Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shaklidagi davri. Bu bosqich hozirgi O’zbekiston hududida yuzaga kelgan davlatchilik tarixidan boshlanib, to XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Oddiy- iqtisodiy munosabat shaklidagi davrida ham yuridik kuchga ega bo’lgan, aynan tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy me‘yorlar amal qilgan. Masalan, zardushtiylarning qadimgi Avesto kitobining Vandidod qismida atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy me‘yorlari o’rnatilgan. Unda insonlar suv, tuproq, olov, umuman tabiat in‘om etgan barcha narsalarni pok va bus-butun asrashga burchli ekanligi, yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishilarga nisbatan 400 qamchi jazosi belgilanganligi aytilgan. Lekin Avestoda jazo sanktsiyasi tabiiy ob‘ektlarni qirish yoki kamaytirishga ham qaratilgan edi. Suvni iflos qilgan yoki ov itini o’ldirgan kishi 10 ming ruxiyatni tetiklashtiradigan o’simlik bargini yig’ishi, 1000 echkemar va xuddi shu miqdorda suv qo’ng’izi yoki kasallik tarqatuvchi pashshalarni o’ldirishi orqali gunoxini yuvishi lozim bo’lgan
- Islom huquqi, ya‘ni fikx ilmining huquqiy manbalari, xususan, Qur‘oni karim va xadislarda xayvonlarni boqish, sug’orish va parvarish qilish har bir mumin musulmonning burchi qilib ko’rsatilgan. Kimki ushbu majburiyatni bajarmasa, u gonoxkor sanalib, jamoat tomonidan tanbexga uchragan va ularga do’zax azobida qiynalish javobgarligi o’rnatilgan. Ushbu huquqiy manbalarga asoslanigan tarzda qoraxoniylar sulolasidan bo’lmish Abul Fazl Abbos 1041 yil 29 dekabr «Vorux farmoni»da ilk bor ekologik ko’rinishdagi manba yaratgan. Uning farmonida quyidagi ekologik me‘yorlar bitilgan: «Har bir ovchi tirikchilik manbai bo’lgan ovga faqat bitta yoy o’qi bilan chiqishga majburdir. Bir o’q bilan ovlanadigan hayvon unga nasibadur. Nasibadan ortig’i esa unga makruxdir(xaromdir). Hayvonlarni bolalash paytida ovlamoq mumkin emas, jonivorning urg’ochisi, parrandaning modasini ov qilmoq mashnu‘dir…..», deyilgan.
- Xulosa qilib aytganda, jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shakliga xos bo’lgan davrda ekologik munosabatlar umumiy tarzda ifodalangan va ko’pincha yuqori qatlam-shox, hokim va ulamolarning mulkini muhofazalashga qaratilgan. Undagi huquqiy me‘yorlar mahalliy ahamiyat kasb etib, tabiiy ob‘ektlar «foydali» yoki «foydasiz» ga ajratilgan. Yagona ekologik tizimga xos huquq va majburiyatlar hamda javobgarlik sanktsiyalari o’rnatilmagan. Bunday ekologik munosabat davri Yevropa huquq me‘yorlarini O’rta Osiyoga kirib kelish davrigacha xukm surgan
- 2-bosqich. Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakliga xos bo’lgan davr. Bu bosqich XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 90-yillarigacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. O’quvchi bu davr keskin siyosiy-ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni o’zida mujassamlagan davr-ku, degan e‘tirozlarni bildirishi mumkin. Lekin chor Rossiyasi tomonidan Turkiston o’lkasining bosib olinishi, 1917 yildan so’ng sotsialistik tuzumning o’rnatilishi va Konstitutsiyaviy me‘yorlarning qabul qilinishi, 1960-80 yillarda bir qator ekologik qonunlarning yuzaga kelishi, Xorazm va Qo’qon xonligi, Buxoro amirligi, so’ngra Turkiston avtonom respublikasi va O’zbekiston SSRdagi davlatlarning ekologik kontseptsiyasi hamda ularning ekologik siyosatlariga aytarli amaliy ta‘sir etmadi. CHunki chor Rossiyasi davrida ham, Sovet tuzumida ham O’rta Osiyo arzon tabiiy xom ashyo o’lkasi bo’lib qolavergan. Albatta, bu davrda huquq tizimi xalqaro andozalarga moslashtirildi, yangi turdagi va yo’nalishdagi ixtisoslashtirilgan qonunlar qabul qilindi, lekin tabiat va jamiyat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli qanday bo’lsa shunday qoldi, ya‘ni aytarlicha o’zgargani yo’q. Paxta yakkahokimligi, uran, volfram, molibden, tilla konlarining pala-partish ishlatilishi, rekultivatsiya va melioratsiya choralarini keng miqyosda olib bormaslik-Orol va Orol bo’yi, Uchquduq-Kokpotos, Uzun-Sariosiyo, Mirzacho’l-Jizzax cho’li, Navoiy-Gazli ekologik inqirozli hududlarni yuzaga keltirdi. Ushbu tarixiy davr bizlarga saboq bo’lishi hamda jamiyat va tabiat o’rtasida iqtisodiy munosabat shaklining qayta yuzaga kelishiga aslo yo’l qo’ymasligimizga chaqiradi.
- bosqich. Iqtisodiydan iqtisodiy-ekologik munosabat shakliga o’tishga xos bo’lgan davr. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi uning ekologik kontseptsiyasi va ekologik siyosatining yangilanish davri. Bu bosqich aslida Ekologik huquq jihatidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan Yer to’g’risidagi qonundan boshlandi. Unda respublikamiz yer kengligi o’zbek xalqining xoxish-irodasiga qarab tasarruf qilinishi, egallanishi va undan foydalanishining ilk suveren huquqi belgilandi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil Konstitutsiyasi bilan bir paytda 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuni davlatimizning atrof tabiiy muhitga bo’lgan dunyoqarashini belgiladi. Keyingi 13 yillikda qabul qilingan o’nlab ixtisoslashtirilgan va yuzlab umumlashtirilgan ekologik qonun va qonun osti xujjatlarning qabul qilinishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Orol bo’yi hududida yiliga 20-30 ming gektar suvi qochgan sho’rli yerlarning fitomelioratsiya qilinishi (o’simlik dunyosi bilan qoplanishi), Orol bo’yi Tursunzoda alyumin zavodidan chiqayotgan chiqitlarning xalqaro me‘yorlar orqali tartibga solinishi, toza ekologik maxsulot chiqarishning huquqiy jixatdan qo’llab-quvvatlanishi, davlatning ekologik boshqaruv va nazorat tizimining yuzaga kelishi buning amaliy misoli bo’la oladi.
|
| |