|
Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi
|
bet | 3/5 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 210,65 Kb. | | #271370 |
Bog'liq 1-ma`ruza - O’zbekistonda Ekologik huquqning maqsadi-davlatning barqaror rivojlanishi va fuqarolarning ekologik xavfsiz muhitda yashash huquqini ta‘minlash uchun tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni huquqiy tartibga solish
Ekologik huquqning vazifalari - aholining ekologik-huquqiy ongi va madaniyatini ko’tarish;
- milliy ekologik xavfsizlikni ta‘minlashning huquqiy asosini yaratish;
- demokratik printsiplarga mos ravishda ekologik qonunchilikni takomillashtirish;
- ekologik-huquqiy boshqaruvni yo’lga qo’yish;
- huquqni muhofaza qilish organlarining ekologik faoliyatlarini aniqlash va kengaytirish hamda mukammal ekologik-huquqiy nazorat tizimini yaratish;
- ekologik-huquqiy mexanizmni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish;
- ekologik xarakatlarni rag’batlantirish va ekologik huquqbuzarlarga nisbatan javobgarlikni yuridik jixatdan rivojlantirish;
- har bir tabiiy ob‘ekt va komplekslardan oqilona foydalanishning huquqiy rejimini ekologik talablarga moslab borish;
- ekologik jixatdan nobop yoki buzilgan hududlarga aholini ijtimoiy muhofaza qiladigan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini o’rnatish;
- ilg’or mamlakatlarning ijobiy hamda rivojlanmagan mamlakatlarning salbiy ekologik- huquqiy tajribasini o’rganish;
- global ekologik tizimda atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro huquqiy va yagona kurraviy mexanizmini yaratish hamda uni milliy qonunchilikda keng ifoda etish;
- xalq, millat, elat va jamoalarning yagona inson sayyorasini xavfsiz holda saqlash javobgarligining huquqiy bazasini yaratish;
- xalqaro miqyosida ekologik monitoring, nazorat, ekspertiza, ekologik protsessual masalalarni tezkorlik bilan hal qiluvchi organlarni yaratish va ularning faoliyatlarini ta‘minlash.
Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi - Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixini ko’pgina olim va mutaxassislar turlicha ifodalaydilar. Bir gurux o’zbek huquqshunos olimlari tomonidan chop etilgan «Ekologik huquq» darsligida O’zbekiston hududida ekologik-huquqiy munosabatlar tarixini yaqin ikki asrga, taraqqiyot bosqichlarini esa keskin ravishda o’zgargan ijtimoiy-siyosiy xolatga bog’laydilar: sotsialistik tuzumgacha (1917-1924 yillargacha); sotsialistik tuzumda (1924- 1990 yillarda); mustaqillik davri (1991 yildan buyon).
- Rossiyalik olimlar ekologik-huquqiy munosabat tarixiga turlicha yondashadilar. Masalan, professor V.V.Petrov tabiatni huquqiy muhofaza qilishning tarixiy bosqichlarini ekologik munosabatlar qaysi bir huquq soxalarining predmetiga kirganligiga qarab ajratadi: fuqaroviy-huquqiy; yer-huquqiy; yer va resurslar huquqi; ekologik-huquqiy.
- V.V.Vedenin esa tabiatni huquqiy muhofazalashning tarixi bosqichlarini Ekologik huquqning maqsadi va vazifalariga ko’ra ajratadi: konservatsion; tabiiy resurslar; ekologik
|
| |