• O‘zbekistonda mustaqil moliya asoslarini yaratish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
  • Kirish. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari




    Download 46.38 Kb.
    bet1/3
    Sana10.04.2024
    Hajmi46.38 Kb.
    #192926
      1   2   3
    Bog'liq
    Sun\'iy intellekt, Tarix kafedrasi, sonlar-nazariyasi, С Н Ташназаров МҲХС дарслик 23 04 2018, Moliya-2, 38 Moliyaning mohiyati va funksiyalari, 57 Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi, Iqtisodiot nasariyasi, MOLIYA FANIDAN MUSTAQIL ISH, 24

    Mavzu: Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xususiyatlari.
    Reja:

    1. Kirish.

    2. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari.

    3. Mustaqil moliya, bank va soliq tizimlarini barpo etish.

    4. O‘zbekistonda mustaqil moliya asoslarini yaratish.

    5. Xulosa.

    6. Foydalanilgan adabiyotlar.



    Kirish
    Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida davlat o’z oldiga qo’ygan vazifalarning mazmuni va talablaridan kelib chiqqan holda moliyaviy siyosatning mazmuni va shakllari ham o’zgarib boradi. Masalan, Sho’rolar moliya-viy siyosati o’zining mohiyati jihatidan tom ma’noda mustamlaka davlatining moliyaviy siyosati edi. Shu sabab sobiq SSSR davrida yuritilgan moliyaviy siyosati O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga keskin salbiy ta’sir ko’rsatdi.Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning yana bir o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u davrda mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda moliyaviy siyosatning roliga etarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiysohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko’rsatildi. Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat mamlakat oldida turgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Uzoq davrga mo’ljallangan kontseptsiyalarni ishlab chiqishda iqtisodiy samaradorlik o’rniga ko’proq siyosiy g’oyalarning asos qilib olinishi, shu bois iqtisodiy jihatdan kam samara beradi-gan, qisqa muddatli foyda olishni ko’zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi.O‘zbekiston Respublikasida ayni davrda amal qilayotgan moliyaviy siyosatning mazmunini yaxshiroq tushunib olish uchun sobiq sho’rolar davri hamda mustamlakachilikdan qutulgan davlatlarda moliyaviy siyosatning ayrim jihatlari haqida qisqacha axborot berish maqsadga muvofiq bo’ladi.Siyosiy mustaqillikka erishgan davlatning iqtisodiy mustaqil davlatga aylanib ketishi o’z-o’zidan amalga oshib ketaveradigan hodisa emas. Lekin davlat, iqtisodiy, ayniq-sa, moliyaviy mustaqillikka erisha olmasa, uni tom ma’noda mustaqil davlat, deb bo’lmaydi.Mustamlaka zulmidan qutulgan davlatni moliyaviy qaramlik iskanjasida saqlab qolishdan manfaatdor kuchlar hamisha topiladi. Birinchi navbatda sobiq mustamlakachi davlat va undagi mustamlaka yurt iqtisodiyotini o’z foyda-siga ishlatib yotgan turli guruhlarda shunday intilish bo’ladi. Masalan, XX asr boshida va ikkinchi jahon urushidan so’ng Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida o’nlab davlatlar mustaqillikka erishdi. Lekin siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlarning asosiy qismi moliyaviy jihatdan avvalgi mustamlakachi davlatlarga qaramligicha qolaverdi. Mustamlakachi davlatlar esa sobiq mustamlakalari iqti-sodiyotida o’z nufuzlarini saqlab qolish, ularda moliyaviy mustaqillikka erishish uchun qilinayotgan xatti-harakatlarga zimdan zarba berish, ilm-fan rivojiga to’sqinlik qilib, ishlab chiqarishning fan yutuqlari va yuqori intellektni talab qiladigan sohalari taraqqiyotini cheklash, ularni arzon ishchi kuchi va xomashyo mintaqalari sifatida saqlab qolish uchun turli vositalar o’ylab topishdi.Masalan, rivojlangan davlatlar va yirik transmilliy kompaniyalar mahsulot sotish va xizmat ko’rsatish xalqaro bozorini o’zaro taqsimlab olishdi. Ular bu sohada tartib - intizom o’rnatishdek olijanob g’oya ostida turli xalqaro savdo-iqtisodiy tashkilotlar tuzishdi. Yosh, rivojlanayotgan davlatlardan birida har taraflama sifatli, bejirim mahsulot ishlab chiqarildi, deb faraz qilaylik. 
    Jahon bozorining “xo’jayinlari” yangi mahsulot egasiga ular bilan kelishmasdan, ya’ni daromadning ma’lum qismini birgalik-da baham ko’rmasdan, xalqaro bozorga chiqishga imkon bermaslikka harakat qila boshlashdi.Ba’zan siyosiy mustaqil, iqtisodiy rivojlanish dara-jasi baland davlatlarning moliyaviy mustaqillikni qo’ldan boy berib qo’yish hollari ham uchraydi. Bunday hodisa turli sabablarga ko’ra yuz berishi mumkin. Masalan, YaponiyaJanubiy Koreya, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Gonkong, Argentina, Rossiya kabi davlatlar 1997-1998 yillarda moliyaviy inqiroz holatiga tushib qolishdi va bu hodisa mazkur davlatlar moliyaviy mustaqilligiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ayrim davlatlar, xalqaro moliya-viy idoralardan o’nlab milliard dollar miqdorida qarz olishga majbur bo’ldi va shu qarzni to’lab qutilgunlariga qadar amalda mustaqil moliyaviy siyosat o’tkazish huquqini yo’qotishdi.Bu ro’yxatga tushib qolgan Janubiy Koreya tezda avvalgi mavqeini tiklab olishga muvaffaq bo’ldi. Negaki, koreys millatida vatanparvarlik va Vatanning istiqboli uchun fidoyilik juda kuchli ekanligi ma’lum bo’ldi. Koreya Respublikasida mamlakatning moliyaviy mavqeini tiklash bo’yicha umumxalq harakati boshlanib ketdi. Jumladan, ixtiyoriy suratda tilla va zeb-ziynat buyumlarni yig’ish va davlatga tekinga topshirish boshlandi. Birgina “DEU” kontserni jamoasi yarim kunning o’zida 45 kilogramm oltin yig’di. Mamlakat bo’yicha bu raqam juda katta miqdorni tashkil etdi.2008 yili AQSh ipoteka banki tizimida boshlangan inqiroz butun dunyoni qamrab oldi. Mazkur iqtisodiy inqiroz iqtisodiyotni bozor munosabatlarining o’zlari tar-tibga solishi kerak, davlatning iqtisodiyotga iloji boricha aralashmasligi maqsadga muvofiq, degan nazariy qarash va amaliy xatti-harakatlar noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi. Eng muhimi esa, jahonning rivojlangan davlatlari moliya siyo-satida juda katta xatolar bor ekanligi ma’lum bo’ldi va uni tubdan isloh qilish zaruriyati kun tartibiga qo’yildi.Ayrim davlatlarning iqtisodiy rivoji ma’lum bir sohalargagina bog’lanib qolgan. Faqat turizm, qazilma boy-liklar, xomashyo qazib chiqarish bilan xalqaro iqtisodiy makonda o’z o’rnini topgan davlatlar bunga misol bo’la oladi. Mazkur sohalarga keskin ta’sir ko’rsata oladigan voqea-larning yuz berishi (konlarning tugashi, qurg’oqchilik yoki suv toshqini, sayyohlik marshrutlarining o’zgarishi va h.k.lar) natijasida mamlakat moliyaviy siyosatining mazmuni va shakllari keskin o’zgarishi mumkin.Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng katta tabiiy boylik-lar ham hamisha mustaqil moliyaviy siyosat yuritish va iqti-sodiy taraqqiyotni ta’minlashga etarli zamin bo’la olmaydi. Agar shunday bo’lganda, Rossiya, Braziliya, Meksika, Argen-tina kabi davlatlar jahonning eng boy mamlakatlari bo’li-shi kerak edi. Holbuki, ular turli davrlarda dunyodagi eng ko’p qarzi bor davlatlar ro’yxatining birinchi o’ntaligidan joy olishgan (Rossiya 2000 yillarga kelibgina bu ro’yxatdan chiqa oldi). Qazilma boyliklari deyarli bo’lmagan Yaponiya esa ularga eng ko’p qarz bergan davlatlardan biri hisoblanadi.
    Keltirilgan misollardagi kabi salbiy holatlar yuz bermasligining oldini olishda oqilona tanlangan va amalga oshirilgan moliyaviy siyosatning ahamiyati juda katta bo’ladi.O‘zbekiston tom ma’nodagi mustamlaka mamlakat edi. Bu yerda yaratilgan boylik to’laligicha Moskva ixtiyoriga tashib ketilib, xuddi shu boylikning kichik bir qismi ortga qaytib berilardi. Lekin bu qaytish endi go’yoki Ittifoq hukuma-tining o’zini o’zi boqishga qodir bo’lmagan xalqqa “yordami” edi. O‘zbekistondan olib ketilayotgan boyliklarning buxgal-teriya hisob-kitoblari ham Moskvada yuritilar va yaratila-yotgan daromadlar miqdorini o’zbekistonliklar bilmasligi uchun turli vosita hamda usullar o’ylab topilgan edi.Shu bois mustaqillikka erishish arafasida, ya’ni 1989-1991 yillarda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadining 30-40 foizi sobiq Ittifoqdan qaytib beriladigan subven-tsiyadan iborat edi. Lekin, 1988 yildagi hisob-kitoblarga ko’ra, O‘zbekistondan olib ketilgan bir yillik paxta tolasi-ning o’zidangina 25 milliard rubl daromad olingan, ya’ni bu miqdor bizga “subventsiya”ga berilgan 2,5 milliard rubl-dan 10 baravar ko’p edi.1991 byudjet yilida O‘zbekiston uchun yanada og’ir moli-yaviy ahvol yuzaga keldi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati SSSR davlat byudjetiga Rossiya hududidan yig’ib olinadigan mablag’ning tushishini to’xtatib qo’ydi. Mazkur holat Ittifoq byudjetidan O‘zbekistonga qaytishi mo’ljallangan subventsiya hajmining oldinroq qisqara boshlashiga, keyin esa butunlay to’xtashiga olib keldi. O‘zbekiston davlat byudjeti va iqtisodiyoti butunlay izdan chiqib ketish xavfi ostida qoldi.Shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, O‘zbekiston Res- publikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan kundan bosh-lab mustaqil moliyaviy siyosat yurita boshladi. O‘zbekiston rahbariyati xalqaro moliyaviy maydonga biz barcha bilan faqat teng huquqli, o’zaro foydali shartlar asosida iqtiso-diy hamkorlik qilishga tayyormiz, degan pozitsiya bilan chiqdi. Endigina mustaqillikka erishgan davlatlar rahbarlarining faqat yordam so’rab murojaat etishlariga o’rganib qolgan xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari uchun O‘zbekiston Respublikasining mustaqil moliyaviy siyosat kutilmagan hol edi. Aslida mustaqillikni endigina qo’lga kiritgan mamlakat tashqi moliyaviy yordamga muhtoj edi.Bir vaqtning o’zida mustaqil O‘zbekistonning mustaqil moliya, bank va soliq tizimiga asos solish rejali iqtiso-diyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ob’yektiv zaruriyatga ay-langan murakkab bir sharoitga to’g’ri keldi va bu masalalar ham o’z echimini topdi.

    Download 46.38 Kb.
      1   2   3




    Download 46.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari

    Download 46.38 Kb.