|
I-BOB. UZUMNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
|
bet | 2/9 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #139260 |
Bog'liq Kirish i-bob. Uzumning xalq xo’jaligidagi ahamiyatiI-BOB. UZUMNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
Uzum tarkibida kishi organizmi uchun zarur bo'lgan turli xil vitaminlar, kislotalar va boshqa elementlar juda ko'p. Tok o'simligini ko'k qismi chorvachilikda ham foydalaniladi, shuning bilan bir qatorda vinozavodlarida uzumning chiqindilaridan qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida foydalaniladi.
Uzumning madaniy turi 7-8 ming yil avval paydo bo‘lib, hozirgi kunda uning 5 mingdan ortiq turi mavjud. Uzumning dorivorlik xususiyati ham ancha qadimdan ma’lum. Sharq tabobatida dorivor sifatida uzumdan pishgan va xom holida foydalanganlar. Shuningdek, uzum sharbati, sirkasi, bargi poyasidan ham unumli foydalanishgan.
Tok qimmatbaho subtropik o‘simlik hisoblanadi. Uning mevasi o‘zi-ning parxezlik va oziqaligi jihatidan inson organizmi uchun eng zarur mahsulot hisoblanadi. Pishib etilgan uzum tarkibida, ayniqsa kishmish navlarida 28-30% gacha organizm tomonidan tez o‘zlashtiriladigan qandlar-glyukoza, fruktoza va saxaroza bor. Shuningdek, yangi uzilgan uzum tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan olma, vino, limon, qahrabo, shavel, chumoli va boshqa bir qancha organik kislotalar, kaliy, kalьtsiy, fosfor, natriy kabi mineral tuzlar, meva po‘sti tarkibida rang beruvchi moddalar (pigmentlar), oshlovchi (dubil) moddalar bor.
Uzumning shifobaxsh xususiyati qadimdan ma’lum bo‘lib, tabobatda turli kasalliklar (sil, kamqonlik, kam quvvatlik, oshqozon-ichak, siydik yo‘li, yurak xastaligi va h.k.)ni davolashda keng qo‘llanilgan.
Uzum sharbati, ayniqsa yosh bolalar va keksalar uchun bebaho oziqa. U organizmda moddalar almashinuvini yaxshilash, qon tomirlarini kengaytirish, jigar faoliyatini yaxshilash, yurak muskullarini oziqlantirish, qonni tozalash va ko‘paytirishdek xususiyatlarga ega.
Uzumdan tayyorlanadigan mahsulotlar ishlatilishi va tayyorlanish texnologiyasi bo‘yicha vinochilik mahsulotlari (vino, konьyak, shampan va h.k.); sharbat mahsulotlari (tabiiy va yarim fabrikat holidagi sharbatlar va h.k.); kontsentratlar (uzum asali, vakuum-suslo, bekmes va h.k.); konservalar (kompot, marinada, murabbo, jem, uzum pastasi va h.k.) hamda uzumni dastlabki ishlashdan hosil bo‘lgan chiqindilardan iborat ikkilamchi mahsulotlarga bo‘linadi. Masalan, uzum turpidan oziqa uni, po‘stidan vino kislotasi, bo‘yoqlar, urug‘idan tanin, moy, shuningdek, uzum drojjalaridan spirt, oziqa drojjalari, oziq-ovqat va konditer mahsulotlarini tayyorlash uchun foydalaniladi.
|
| |