Kosmik nurlar va yadro nurlanishlarni o‘rganish uchun Vilson kamerasi va fotoemulsiya usullari yaratildi




Download 303.45 Kb.
bet2/15
Sana22.11.2022
Hajmi303.45 Kb.
#31299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
atom Sobirova Ro`zixon
ехтимоллар назарияси ва математик статистика, NEW WORLD FULL, 5462-Article Text-13723-1-10-20220329 (1), 2-mavzu, 3-mavzu, Bulut Platformalar MAQOLA, 4.Pul nazariyalari, microloan offer 12 uz, Tarjima

Kosmik nurlar va yadro nurlanishlarni o‘rganish uchun Vilson kamerasi va fotoemulsiya usullari yaratildi.


Yadro tarkibini o‘rganish bilan bir vaqtda yadro kuchlar xususiyatlari aniqlashga jiddiy e’tibor qaratildi. I.E.Tamm 1895-1971, D.D.Ivanenko va 1907-1981, keyinchalik 1935 yillarda yapon olimlaridan X.Yukavalar yadro kuchlar oraliq mezon zarralar yordamida amalga oshadi deb qarab o‘zlarining mezon nazariyasini ishlab chiqishdilar.
1934 yili I.Kyuri va F.Jolio-Kyurilar su’niy radioaktivlik hodisasini E.Fermi  -yemirilish nazariyasini yaratdi.
1937 yil K.Anderson, S.Nedermeyerlar kosmik nurlar tarkibida -mezon zarralar ochildi. Bu vaqtga kelib ko‘plab elementar zarralar va bu zarralarning bir-birlariga o‘tishliklari o‘rganila boshlandi.
1939-1945 yillar og‘ir yadrolarning neytronlar ta’sirida bo‘linishini bu bilan katta energiya ajralishini, ya’ni yadro zanjir reaksiyalari amalga oshirildi.
Yadro bo‘linish nazariyasini 1939yil Ya.I.Frenkel, N.Bor va J.Uylerlar tomchi modeliga asosan ishlab chiqishdi. E.Fermi boshchiligida AQSh da 2-dekabr 1942 yil atom reaktori ishga tushdi.
1944-1945 yillarda V.I.Veksler, E.Mak-Millan zaryadli zarra tezlatgichlariga avtofazirovka prinsipini ishlab chiqdilar bu esa o‘z navbatida tezlatgichlar energiyasini bir necha tartib oshirish imkoniyatini berdi.
1946 yildan boshlab ko‘plab (betatron, sinxrotron, sinxrofazotron, chiziqli rezonans) tezlatgichlar qurila boshlandi.
Tezlatgichlar yaratilishi ko‘plab elementar zarralar (mezonlar, adronlar, giperonlar, rezonans zarralari) ochilishiga va ularning xususiyatlarini o‘rganish, bundan tashqari, turli yadro reaksiyalarini o‘tkazish imkoniyatini berishdi.
Bu davrga kelib ko‘plab yadro modellari yaratildi.
1954 yil 27 iyunida sobiq SSSRda birinchi atom elektro-stansiyasi (AES) ishga tushirildi. Bu bilan yadro energiyasidan tinchilik maqsadida foydalanish davrini boshlab berdi, hozirgi vaqtda yuzlab (AES) lar ishlab turibdi.
Yadro ichki energiyalardan foydalanishning yana bir turi yengil yadrolar qo‘shilishi (sintez) reaksiyalari ya’ni termoyadro reaksiyasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda termoyadro reaksiyasini boshqarish eng aktual muammo, bu muammo hal etilsa, insoniyatning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji to‘la qondirilgan bo‘lur edi.

Download 303.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 303.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kosmik nurlar va yadro nurlanishlarni o‘rganish uchun Vilson kamerasi va fotoemulsiya usullari yaratildi

Download 303.45 Kb.