Kirish I bob yadro modellariga ko`ra yadro kvant xarakteristikalarini aniqlash




Download 303.45 Kb.
bet9/15
Sana22.11.2022
Hajmi303.45 Kb.
#31299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
atom Sobirova Ro`zixon
ехтимоллар назарияси ва математик статистика, NEW WORLD FULL, 5462-Article Text-13723-1-10-20220329 (1), 2-mavzu, 3-mavzu, Bulut Platformalar MAQOLA, 4.Pul nazariyalari, microloan offer 12 uz, Tarjima

1.5 Yadroning umumlashgan modeli


Nuklonlarning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan o‘rtacha sferik simmetrik potensial alohida nuklonlarning harakati va o‘zaro ta’siriga qarab o‘zgarishi mumkin. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri esa to‘lgan qobiqdan tashqarida joylashgan tashqi nuklonlarning miqdoriga bog‘liq. Tashqi nuklonlar soni katta bo‘lmaganda yadro potensiali va shakli sferik simmetrikligicha qoladi. Bu holda yadroning o‘yg‘ongan holatlari bir zarrali sathlardan va yadrodagi tebranishlar natijasida hosil bo‘lgan energetik sathlardan iborat bo‘ladi. Tashqi nuklonlarning soni ortishi bilan nuklonlar harakatining yadro potensialiga ta’siri ortadi. Yadro sferik shaklining turg‘unligi kamayadi. Nihoyat, tashqi nuklonlar soni yetarlicha katta bo‘lganda yadroning sferik simmetrik shakli turg‘un bo‘lmay qoladi, yadro deformasiyalanadi. Bunday deforma-siyalangan yadro ma’lum bir o‘q atrofida aylanishi mumkin va unda aylanish energetik sathlari hosil bo‘ladi. Tebranish energetik sathlari pasayadi va bir zarrali sathlar xarakteri ham o‘zgaradi. Tashqi nuklonlar soni yanada ortishi bilan ularning kollektiv harakati ta’siri ortib, to‘la qobiqlardan tashkil topgan yadro o‘zagi ham deformasiyalanishi mumkin.
Yadro sirti aylanuvchi ellipsoid shakliga ega bo‘lgan hollar uchun Nilson eneriya sathlarini nisbiy joylashishida kutilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni qobiq modeli asosida hisoblab chiqdi. Sferik simmetrik potensialdan nosferik potensialga o‘tganda l va j kvant sonli xarakatning doimiyligi saqlanmaydi. mj momentning yadroni simmetriya o‘qiga proyeksiyasining har bir qiymatiga mos sathlar har xil energiyaga ega bo‘ladi, mj ga nisbatan aynishlik bartaraf qilinadi. Lekin simmetriya o‘qining har ikkala yo‘nalishi ham teng huquqli bo‘lganidan mj ning ishorasiga nisbatan aynishlik saqlanadi. Deformatsiya ta’sirida har bir sath sathga ajralgan va bunda mj ning har bir qiymatiga alohida sath to‘g‘ri keladi. Ajralish kattaligi yadroning deformatsiya parametri ga bog‘liq bo‘ladi.
Nosferik aksial simmetriyali maydonda xosil bo‘luvchi bir zarrali holatlarni Nilson hisoblagan. U biror yo‘nalishga nisbatan simmetriyaga ega bo‘lgan ossillyator potensialidan foydalandi va kuchli spin orbital ta’sirni hisobga oldi.
bunda,
(1.5.1)
doimiylar, deformasiya parametri.
Nilson modeli asosida xisoblangan energiya sathlari diagrammasi 3- rasmda keltirilgan.


3-rasm. Nilson modeli asosida xisoblangan energiya sathlari diagrammasi

3-rasmdan ko‘rininib turibdiki, potensial sferik simmetriyaga ega bo‘lganda ( =0) P3/2- holatda 4ta nuklon joylashadi, ya’ni 4-holat energiyasi bir xildir. bo‘lganda bu sath ikki sathga ajraladi, chunki j=3/2 da uning proyeksiyasi , bo‘lishi lozim. Holatlar juftligi manfiy, chunki l=1. Holatlar ketma-ketligi  ning turli ishorasida har xil. >0 bulgan holda oldin ½-holat spin yo‘nalishi turli bo‘lgan ikki nuklon bilan to‘ldiriladi, so‘ng 3/2-holat to‘ldiriladi. <0 da esa holatlar ketma ketligi o‘zgaradi. d5/2 sath ham j proyeksiya qiymatlari 1/2, 3/2, 5/2 ga teng bo‘lgan uchta sathga ajraladi. l=2 bo‘lgani uchun bu holatlar juftligi musbatdir. >0 da sathlar jz ning qiymati ortishiga mos keluvchi ketma-ketlikda joylanadi. <0 da esa oldin , sung va sathlar to‘ldiriladi. Har bir sathgacha 2 tadan nuklon joylashtirsa buladi. Shunday qilib, yadro deformasiyasi sathlar xilma – xilligini (turlanishini) yo‘qotadi.


Nilson sxemasi deformasiyalangan yadrolarning spinini yaxshi tushuntiradi. Masalan yadroning asosiy holat spini qobiq modeliga ko‘ra S=d5/2 bo‘lishi kerak, Nilson sxemasiga ko‘ra holatlar ajraladi. Kichik deformasiyaga ega bo‘lganligi uchun spini bo‘ladi.



Download 303.45 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 303.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish I bob yadro modellariga ko`ra yadro kvant xarakteristikalarini aniqlash

Download 303.45 Kb.