Kirish I bob yadro modellariga ko`ra yadro kvant xarakteristikalarini aniqlash




Download 303.45 Kb.
bet7/15
Sana22.11.2022
Hajmi303.45 Kb.
#31299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
atom Sobirova Ro`zixon
ехтимоллар назарияси ва математик статистика, NEW WORLD FULL, 5462-Article Text-13723-1-10-20220329 (1), 2-mavzu, 3-mavzu, Bulut Platformalar MAQOLA, 4.Pul nazariyalari, microloan offer 12 uz, Tarjima
1.3 Tomchi modeli

Tomchi modeli eng dastlabki modellardan biridir. Bu modelni atom nazariyasining asoschilaridan daniyalik olim Nils Bor taklif qilgan. Tomchiga yadroni o‘xshashlik dalilllari: yadro zichligi juda katta (~1014 g/sm3) bo‘lib, sikilmaydi, yadro hajmining undagi nuklonlar soniga proporsionalligi (R=R0A1/3; V= ) va turli yadrolarda nuklonlar o‘rtacha boglanish energiyasining taxminan doimiyligi (=8 MeV), yadro moddasi bilan suyuqlik tomchisining o‘xshashligi. Bunda yadro kuchlari ham suyuqlik molekulalari orasidagi ta’sir kuchlariga o‘xshash to‘yinish xususiyatiga ega ekanligi kelib chiqadi.


Model yadroning neytronlar, protonlar va alfa zarralar bilan ta’sirlashuvida yuzaga keladigan ayrim xususiyatlarni tushuntiradi. Xususan bu model yordamida neytron yadro bilan to‘qnashib yadroga yutilib gamma-kvantlar chiqishini tushuntiradi. Nuklonlarning yadro ichida nihoyatda katta zichlikka ega bo‘lishligi va yadro ta’sirlarining kuchliligi tufayli neytron o‘z energiyasini boshqa nuklonlarga beradi, ya’ni izotop hosil bo‘ladi, neytron energiyasi yadroda taqsimlanadi. Yadro nuklonlarining tezligi oshadi, o‘yg‘ongan holatga o‘tadi. Shuning uchun o‘yg‘ongan yadroni qizdirilgan tomchi deyish mumkin. agar nuklon Ye  10 MeV bilan kirgan (107 eV=1,6*10-5 erg) bo‘lsa uyg‘ongan yadroning temperaturasi

Kinetik va potensial energiyalar ifodasidan (1>>2 da) to‘lqin chastotasi
(1.3.1)
(M-yadro massasi, -sirt taranglik koeffitsiyenti) =1020 erg/sm2
(1.3.2)
Yadro tomchi tebranma energiyasi
(1.3.3)
Tomchi modeliga ko‘ra yadroning sirt tebranma energiyasini yadroning ko‘zg‘algan (o‘yg‘ongan) holatlari energiyasi deb qarash mumkin. Hamma juft-juft yadrolar birinchi o‘yg‘ongan holatining xarakteristikasi 2+. Birinchi o‘yg‘ongan holatda bir foton, ikkinchisida ikki foton va h.k. Spinlari 1 va 3 bo‘lgan holatlar taqiqlangan. 1-rasmda yadrolarning tebranma o‘yg‘ongan energiya sathlarining nazariy sxemasi keltirilgan.



1-rasm.Yadrolarning tebranma o‘yg‘ongan energiya sathlarining nazariy sxemasi


Download 303.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 303.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish I bob yadro modellariga ko`ra yadro kvant xarakteristikalarini aniqlash

Download 303.45 Kb.