Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar




Download 64.9 Kb.
bet10/12
Sana17.03.2022
Hajmi64.9 Kb.
#18769
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Deviant xulq ijtimoiy pedagogika muammo sifatida
ochiq dars, Документ Microsoft Office Word, Кафедра информатики
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar. Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy hislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog deviant xulq-atvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulq-atvorida ijobiy hislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali muvaffaqiyatsizliklardan so’ng o’smirlar umidsizlikka tushishadi, o’z kuchlariga ishonch yo’qoladi. Bunday o’smir uchun keyingi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhim bo’lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhimi bo’lib bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbini aniqlashga qaratiladi.
3. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog’liq faoliyatdan tashqari deviant xulq-atvorli bolani u uchun ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o’zgarishni, balki bolalar jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Amaliyotning guvohlik berishicha qiyin tarbiyalanadigan bolalarda boshqa o’quvchilarga qaraganda bo’sh vaqti 4 marta ziyoddir.
4. O’smir bilan o’zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptatsiya bo’lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo’qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta’sir voyaga yetmagan bola tomonidan qattiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabr-matonat talab qilinadi.
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
-dezadaptatsiya boshlangunga qadar o’smirda bo’lgan ijobiy hislatlarni tiklash,
-o’smirda u yoki ijtimoiy foydali faoliyatga kirishish orqali salbiy hislatlarini to’g’rilash, intilishni shakllantirish, o’smirning o’z-o’zini belgilab olishdagi ehtiyojini faollashtirish,
-o’smir faoliyatining ijobiy motivatsiyasini faollashtirish.

Download 64.9 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 64.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar

Download 64.9 Kb.