Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar




Download 64.9 Kb.
bet11/12
Sana17.03.2022
Hajmi64.9 Kb.
#18769
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Deviant xulq ijtimoiy pedagogika muammo sifatida
ochiq dars, Документ Microsoft Office Word, Кафедра информатики
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar. Bolaning shaxsiy xususiyatlariga bog’liq ravishda reabilitatsiya dasturlarini tuzayotganda o’smirning qaysi holatda ekanligini ham inobatga olish darkor. Bu oiladagi yoki tengdoshlari davrasidagi janjal natijasida kelib chiqqan ijtimoiy qarovsizlik holati ham bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogning bu bolalar bilan ish olib borishi o’smir ichki olamini ijtimoiy sog’lomlashtirishga qaratiladi. ijtimoiy pedagog bola tushib qolgan vaziyatni shoshilinch tashxiz qo’ya olishi va ijtimoiy-shaxsiy-emotsional xislatlarning buzilishi sabablarini ham aniqlashi lozim. SHu borada asosiy faoliyat turlariga: individual maslahat berish, salbiy emotsional ahamiyatga ega vaziyatlarni to’g’irlash maqsadida o’smirlarni treyning guruhlariga qo’shish, bola qadriyatlari tizimi bilan individual ish olib borish, ijtimoiy ko’nikmalar paydo qilish kiradi. Bundan tashqari bola va ota-ona o’rtasida yaxshi o’zaro munosabatlarni tiklash uchun oila bilan ham ish yuritish lozim. Bu faoliyat oila pedagogik pozitsiyalariga tashxiz qo’yishni, ota-onalarni treyning guruhlarga jalb etishni ko’zda tutadi.
Inqirozli holatda turgan o’smir boshqacha yondashuvlarni talab qiladi. Odatda bunaqa xulq-atvor o’smirning hal qilib bo’lmaydigan vaziyatga munosabatini bildiradi. Bu toifa bolalar bilan ish olib borishda emotsional holatning shoshilinch diagnoztikasi, bu muammo sabablarini aniqlash, muammolarni hal qilish ko’nikmalariga o’rgatish, ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirish ustida ish olib borishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy pedagog faolyatning boshqa bir yo’nalishi uy-joysiz bolalarga qaratilgan. Bu bolalar bilan ishlash ikki yo’nalishdan iborat:
-bunaqa bolalarning yashab ketishlari uchun sharoitlar yaratish (tibbiy yordam ko’rsatish, ovqat bilan ta’minlash),
-o’ziga, o’z kelajagiga ishonchni mustahkamlash uchun o’tgan hayotlarining salbiy tajribasidan xalos etish.
Asosiy ish metodi-patroj, asosiy ish shakli “Men” konsepsiyasini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiypsixologik treyning tashkil qilish.
Bu reabilitatsiya dasturlarini quyidagi 3 shartlarni bajargandagina effektiv tarzda amalga oshirsa bo’ladi:
1) dasturning barcha ishtirokchilarini-bola, ota-ona, ijtimoiy pedagog, mutaxassis yuqori motivatsiyasi,
2) mutaxassislar va reabilitatsion muassasalar rahbarlarining ruhiy-pedagogik kompetentliklari,
3) turli davlat xizmatlari-ta’lim sog’liqni saqlash, ­­­­- faoliyatini tartibga solish.
Dezadaptatsiya bo’lgan bolalar bilan ish olib borishning mavjud texnologiyalari deviant xulq-atvorni ijtimoiy nazorat ostiga olishga qaratilgan. Bu jarayon birinchidan eng xavfli deviant xulq-atvor shakllarini ijtimoiy foydali shakllar tomonidan siqib chiqarilishi, ikkinchidan bolaning ijtimoiy faolligini ijtimoiy ma’qullanadigan tomonga yo’naltirish, uchinchidan daydilik, giyohvandlik, besoqolbozlik, fohishabozlik bilan shug’ullanuvchi o’smirlarni jinoiy yoki ma’muriy kuzatuvdan xalos etish; to’rtinchidan maxsus ijtimoiy yordam xizmatlarini tuzishdan iborat.

XULOSA
Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir.
Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagi fikrlardan bilib olsa bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafa singari boshqa fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq, tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining ob’ekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri (turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish soxasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu xolat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik harakterini kasb etadi.
Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me’yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartishdan iboratdir.
Jamiyat a’zolarini mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar kiradi.
Insonlar bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me’yoriy talablarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu ivdividual tavsifga ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo‘ladi hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi.
Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni katta bo‘ladi.



Download 64.9 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 64.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar

Download 64.9 Kb.