• Ochiq kalitlarni boshqarish infratuzilmasi RKI ning asosiy vazifalari PKIning mantiqiy tuzilmasi va asosiy komponentalari
  • 3.1.ochik kalitlar infratuzilmasi PKI quyidagi qator ilovalar va standartlarni madadlaydi
  • Ochiq kalitlarni boshqarish infratuzilmasi RKI ning asosiy vazifalari
  • Kirish Nazariy qism Ochiq kalitlarni boshqarish infratuzilmasi rki ning asosiy vazifalari




    Download 24,38 Kb.
    Sana15.01.2024
    Hajmi24,38 Kb.
    #137365
    Bog'liq
    Ochiq Kalitlarni Boshqarish Infrastrukturasi


    Ochiq Kalitlarni Boshqarish Infrastrukturasi (PKI) va uning ishlash prinsiplari mavzusida reja tuzish quyidagi bosqichlardan iborat bo'lishi mumkin:
    Reja:

    1. Kirish

    2. Nazariy qism

    1. Ochiq kalitlarni boshqarish infratuzilmasi RKI ning asosiy vazifalari

    2. PKIning mantiqiy tuzilmasi va asosiy komponentalari

    3. PKI bajaradigan funksiyalarni

    1. Asosiy qism

    3.1.ochik kalitlar infratuzilmasi PKI quyidagi qator ilovalar va standartlarni madadlaydi

    1. elektron raqamli imzo

    2. Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Farzandlarimizning shaxs bo‘lib kamol topishida sifatli ta’lim-tarbiyaning o‘rni nechog‘lik beqiyos ahamiyatga ega ekanini mustaqilligimizning o‘tgan yigirma besh yili davomida barchamiz angladik. Zero, sobiq mustabid tuzum davrida insonga shunchaki ishchi kuchi sifatida qaralib, uning intellektual salohiyatini oshirishga, iqtidorini to‘liq ro‘yobga chiqarishga e’tibor qaratilmasdi. Shu bois 11 yillik maktab ta’limini olgan yigit-qizlarning sanoqli qismigina oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinar, qolgani yoshligini kolxoz ishlariga andarmon bo‘lib o‘tkazar edi.
    Baxtimizga, yurtimiz mustaqil bo‘lib, farzandlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar eshigi ochildi. Eng avvalo, maktab ta’limiga alohida e’tibor qaratilib, o‘quvchilarning puxta bilim va tarbiya olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 1841 ta ta’lim muassasasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari, o‘quv jihozlari hamda boshqa zarur moddiy ashyolar bilan ta’minlangani ta’lim jarayonining samarali kechishini, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tishini taminlayapti.
    Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash haqida so‘z ketarkan, dastavval yaroqsiz holatga kelgan maktab binolarini yangidan qurish, mavjudlarini zamonaviy ta’lim standartlari va sanitariya-gigiyena talablariga mos tarzda kapital rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimiz bo‘ylab har yili Investitsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik jarayonidan bizning ta’lim muassasalarimiz ham chetda qolmayapti. Jumladan, bu yil mazkur dasturga binoan viloyatimizdagi 54 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ilgari majburiyat yuzasidan maktabga kelgan o‘quvchilarning bugun qadrdon ta’lim maskani sari talpinishi butkul o‘zgacha. Shaharu qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan binolar ichida muhtasham maktablarimiz alohida qo‘r to‘kib turganini ko‘rib, dildan o‘tganini ifodalashga til ojizlik qiladi. Bugun o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim-tarbiya olayotgan maktablarni dunyoning uncha-buncha davlatida uchratmaysiz. Yil sayin o‘qitish sifati va mazmunini oshirishga qo‘yiladigan talablar qat’iylashib, pedagoglar tarkibini mahoratli, yuqori bilim va saviyaga ega o‘qituvchilar bilan to‘ldirishga intilayapmiz. Ayni paytda viloyatimizdagi ta’lim muassasalarida mazkur talablar asosida saralangan 45242 nafar pedagog ta’lim-tarbiya berayotir. Ularning besh nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Eng muhimi, har yili oliy ta’lim muassasasini tamomlagan o‘nlab g‘ayratli yosh mutaxassislar ishga qabul qilinishi tufayli maktablarda qaynoq ijodiy muhit yuzaga kelayapti. Keyingi besh yil ichida 5058 nafar yosh o‘qituvchi umumta’lim muassasalariga ishga joylashtirildi.
    Bir eslab ko‘raylik, bundan 25-30 yil muqaddam bolalarimizning harf tanib, o‘qish-yozishni o‘rganganidan sevinchimiz ichimizga sig‘mas, barcha maktablarda “Alifbe” bayramlari tantana bilan o‘tkazilardi. Bugungi avlod esa, harf tanib, kerak bo‘lsa, o‘qishni va sanashni o‘rganib maktabga qadam qo‘yyapti, 1-sinfdan chet tilini o‘rganayapti! Bu savodxonlikning yuksak ko‘rinishi emasmi? Vaholanki, sobiq Ittifoq davrida o‘quvchilar chet tilini 5-sinfdan boshlab o‘rganishardi. Bu paytga kelib, tabiiyki, o‘quv predmeti va yuklamasi oshgan o‘quvchining xorijiy tillarni o‘rganishga uquvi ancha susaygani bois o‘zlashtirish nihoyatda past bo‘lardi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yosh avlodga xorijiy tillarni boshlang‘ich sinflardanoq chuqur o‘rgatishga qaratilgan oqilona siyosat tufayli bugun 4-sinfni tamomlagan farzandlarimiz chet tilida biyron so‘zlayapti. Zero, buning uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar ko‘lami yil sayin kengaymoqda. Jumladan, viloyatimizdagi 1220 ta umumta’lim maktabining chet tili xonalarini zarur mebel, maishiy texnika, o‘quv va ko‘rgazmali qurollar bilan to‘liq jihozlash uchun 1,8 milliard so‘m mablag‘ sarflangani fikrimizning yorqin isbotidir.
    Dorilamon davrimizning shunday ulkan imkoniyatlari tufayli o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz yuqori natijalarni qo‘l kiritayotganini ta’kidlash joiz. Mustaqillikdan oldin kamdan-kam odamning, shunda ham, faqat muayyan maqsadlar uchungina chet elga chiqishiga ruxsat berilar, zimmasiga bir dunyo talablar yuklanardi. Istiqlol el qatori pedagog ahlining ham jahonni ko‘rishiga imkon yaratdi. Viloyatimiz misolida aytsak, Xalq ta’limi vazirligi va Britaniya kengashining yurtimizdagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan uch nafar o‘qituvchimiz rivojlangan xorijiy davlatda malakasini oshirib, o‘qitishning zamonaviy metodlarini o‘rganib kelish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ikki nafar pedagog “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, bir nafar tarbiyachi “Yil tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faxrli o‘rinni egalladi.
    Bola ta’lim-tarbiyasida kattalarning shaxsiy o‘rnagi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘plab manbalarda qayd etilgan. Shu ma’noda, o‘qituvchilarning erishgan muvaffaqiyatlari o‘quvchilarni ham yuksak marralar sari undamoqda. Buni birgina bilimlar bellashuvida qo‘lga kiritgan yutug‘imiz misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bu yil mazkur bellashuvning respublika bosqichida ishtirok etgan o‘quvchilarimizning uch nafari birinchi, bir nafari ikkinchi, besh nafari uchinchi o‘rinni egalladi. O‘quvchilarning o‘rtacha bilim ko‘rsatkichi 84,7 ballni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,7 foiz yuqori demakdir. Yana, shu yil may oyida Xalq ta’limi vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan “Huquq bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida viloyatimiz vakillari 1-o‘rinni oldi. Faoliyatimizda bu kabi yutuqlar bisyor.
    9-sinf bitiruvchilarini ta’limning ke­­yingi bosqichiga to‘liq qamrab olish dolzarb masalalardandir. Zero, 12 yillik majburiy ta’limning uzviy qismi bo‘lgan uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvchining o‘zligini anglab, mustaqil hayotga qadam qo‘­­yishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tgan o‘quv yilida 56097 nafar o‘quvchi viloyatimizdagi maktablarning 9-sinfini tamomlab, ularning 99,8 foizi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olindi. Qolgan o‘quvchilarning ta’limni davom ettira olmasligiga, albatta, asosli sabablar mavjud.
    Yosh avlodni barkamol, ma’nan va jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay sharoit yaratish borasida ham yurtimizda salmoqli ishlar amalga oshirildi.
    Ayni paytda viloyatimizda o‘n yettita “Barkamol avlod” bolalar markazi mavjud bo‘lib, ularning barchasi kapital ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi. Tahlillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bundan besh yil avval mazkur markazlarda 206 ta to‘garak faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 465 tani tashkil etmoqda. O‘z navbatida, ularga jalb etilgan o‘quvchilar soni ham ikki baravarga ko‘paydi.
    Bola tarbiyasida san’atning, xususan, musiqaning o‘rni beqiyosligi ko‘plab mutaxassislarning qarashlari va asarlarida o‘z ifodasini topgan. Yurtimizda ushbu soha rivojiga yuksak e’tibor qaratilayotgani zamirida ham o‘zida xush xulqni, yuqori did va saviyani shakllantirgan madaniyatli o‘g‘il-qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazish kabi maqsadlar mujassam. Ushbu sa’y-harakatlar viloyatimizda ham o‘ziga xos tarzda bo‘y ko‘rsatmoqda. Chunonchi, yigirma yettita bolalar musiqa va san’at maktabi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Yil sayin ushbu ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ko‘payayotgani xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning san’atga qiziqishi tobora ortayotganidan dalolatdir.
    Yangidan barpo etilgan bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarning noyob iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish bilan birga, jahon sahnalarida keng namoyish etish imkonini ham bermoqda. Birgina o‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilarimiz Ozarboyjon, Ruminiya, Turkmaniston, Rossiya, Ispaniya, Latviya kabi davlatlarda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yigirma oltita sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.
    Mamlakatimizda yosh avlod qalbida sportga mehr uyg‘otish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi hamda ma’naviy va jismoniy kamolotga yetishishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar dunyoning ko‘plab davlatlarida havas uyg‘otayotgani sir emas. Ayniqsa, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning yuksak g‘alabalariga guvoh bo‘lganlar bunga yana bir karra ishonch hosil qildi. Ushbu zafarlarning poydevori bolalar va o‘smirlar sport maktablarida qo‘yilgani shubhasiz.
    Bugungi kunda boshqarmamiz tasarrufida faoliyat ko‘rsatayotgan yigirma bitta bolalar va o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar orasida ham bo‘lg‘usi jahon chempionlari borligiga ishonchimiz komil. Mazkur maktablarda sportning Olimpiya turlaridan 12–16, milliy va boshqa turlari bo‘yicha 8–10 tagacha bo‘limlar tashkil etilgan. Mashg‘ulotlarni olib borayotgan murabbiylarning uchdan bir qismi ayol mutaxassislar bo‘lib, bu ham sport bilan shug‘ullanayotgan qizlar salmog‘i yuqori ekanini bildiradi. Zero, ayni paytda 30946 nafar shug‘ullanuvchilarning 10676 nafari qizlardir. Bu yoshlar o‘tgan o‘quv yilida AQSH, Isroil, Italiya, Litva, Tailand singari davlatlarda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalarda 72 ta, respublika miqyosidagi bellashuvlarda 215 ta medalni qo‘lga kiritdi.
    Bugun ezgu niyatda qadalgan, yaxshi parvarish qilingan nihol ertaga, albatta, o‘z mevasini berganidek, yurtimizda yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ham kelgusida kutilgan samarani berishi shubhasiz. Zero, yoshlar davlatimizning otalarcha mehrini va ishonchini yurakdan his etib ulg‘aymoqda.

    Ochiq kalitlarni boshqarish infratuzilmasi RKI ning asosiy vazifalari
    Download 24,38 Kb.




    Download 24,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish Nazariy qism Ochiq kalitlarni boshqarish infratuzilmasi rki ning asosiy vazifalari

    Download 24,38 Kb.