• «TEXNOPARK» MChJ
  • Hozirda “TEXNOPARK” MChJ hududida 13 ta ishlab chiqarish obyekti faoliyat yuritmoqda
  • Kirish o’zbekiston respublikasi prezidentining qarori ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’G’risida malakaviy amaliyotni maqsadlari va




    Download 26.24 Mb.
    bet1/8
    Sana07.11.2023
    Hajmi26.24 Mb.
    #95404
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    MATVALIYEV BOBURJON HISOB IWI
    1. Quyosh tizimining paydo bo\'lishi. Yerdagi sayyoralar. Keyingi, 5 маруза, Практика-2023-календарный план, photo 2022-12-11 17-21-19, Signallar.Mustaqil ish 1, Впаролджэдлортпавы, 1701510670, Hojimqulov Erkin (1), Oxunjon Zanjirli uzatma uchun lotin — копия 100933, Reference-314191102828, Презентация1, Мамажонова Ситора, 1амали иш (1), EKOLOGIYA

    KIRISH
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
    TA’LIM SOHASIDAGI ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI QO’LLAB QUVVATLASH HAMDA UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMINI JORIY QILISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

    Malakaviy amaliyotni maqsadlari va vazifalari
    Malakaviy amaliyotni maqsadlari quyidagilardan iborat:
    − ilmiy – tabiiy va mutaxassilik fanlarni oʼzlashtirish natijasida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash;
    − oʼz kasbiy faoliyatdagi amaliy tajribalarni, amaliy bilim va koʼnikmalarni egallash.
    Malakaviy amaliyotni vazifalari quyidagilardan iborat:
    − ishlab−chiqarish korxonaning (xizmatning, boʼlimning) tuzilishi va ishlari tashkil etilishi bilan tanishish;
    − ishlab chiqarilayotgan mahsulot, xom ashyo va qurilmalarning koʼrsatkichlar va xossalarni tahlil qilish;
    − boʼlimdagi (xizmatdagi) texnologik jarayonlar va qurilma−moslamalarni oʼrganish;
    − amaliyot topshirigʼi boʼyicha hisobot uchun kerakli maʼlumot va materiallarni yigʼish.
    Malakaviy amaliyot davomida ishlab chiqarishni (boʼlimni) muayan sharoitlarda talaba quyidagilarni oʼrganishi kerak:
    − sifatni boshqarish va standartlashtirish boʼlimning tarkibini, tuzilishini, vazifalarini;
    − korxonadagi sifat tizimini, xujjatlar majmuasini, ularni toʼldirish ketma ketligini va davriyligini;
    − tanlangan mahsulotni ishlab chiqilishini (foydalaniladigan asosiy va yordamchi materiallarni, asosiy qurilma va moslamalarning koʼrsatkichlarini, mahsulotni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni, texnologik rejimlarning meʼyorlarini, texnologik jarayonning nazoratini, rejim xaritalarini, korxonada ishlatiladigan oʼlchash asboblarni yetarligi va ularning koʼrsatkichlarini, korxonadagi xavfsizlik texnikasini);
    − xom ashyo va buyumlarni kirish nazoratini;
    − tayyor mahsulotlardagi paydo boʼlishi mumkin boʼlgan asosiy nuqsonlarni, ularni oldini olish va yoʼqotish choralarni;
    − tayyor mahsulotni tashqi koʼrinishi boʼyicha mahsulot sifatiga taʼsir etmaydigan ruxsat etilgan chetga chiqishlarni;
    − korxonada qoʼllaniladigan statistik tahlillarning turlarini.
    Malakaviy amaliyot davomida ishlab chiqarishni (boʼlimni) muayan sharoitlarda talaba quyidagilarni oʼzlashtirish kerak:
    − zamonaviy oʼlchash asboblar va metrologik qurilmalar bilan ishlashni va ularga xizmat koʼrsatishni;
    − metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish boʼyicha hisobot xujjatlarni tuzish asoslarini.

    «METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SIFATNI BOSHQARISH» BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI 1.1. «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fanining maqsad va vazifalari


    Metrologiya fan sifatida o ‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o ‘z ichiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o ‘lchash, o ‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy qilib olinadigan bo‘- linsa, metrologiya — o ‘lchashlar haqidagi fan. Inson aql-idroki, zakovati bilan o ‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fan, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta, o‘lchashlar, ularning turli usullari, o ‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o ‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o ‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta, u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li yetgan, faoliyati doirasiga kirgan, ammo o ‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o ‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning uchun ham metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohasida asosiy tushuncha va qoidalarini bilish, uni o ‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya sohalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida talabalar va mutaxassislarni tayyorlashda o ‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan 5 hisoblanadi. Ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi. «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fanini o ‘rganishdan maqsad: sifatni boshqarish vositalari va texnologiyasini qo‘llash; loyihalashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish; metrologik va me’yoriy ekspertizani o‘tkazish, mahsulot va jarayonlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va bajarish; ishlab chiqarishni metrologik va m e’yoriy ta’minlashni ishlab chiqish, mahsulotlarni sinash, ekspluatatsiya qilish va utillashtirish; mahsulot sifati nazorati va o ‘lchashlar birligini ta’minlash masalalarini hal etish uchun metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohalarida talabalarga asosiy ilmiy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya, sifatni baholash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o ‘rganiladi. Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bolishidan qat’i nazar, uning asosiy baholash mezoni (ko‘rsatkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o ‘z ishiga yuqori mas’uliyat bilan yondashib, asosiy baholash mezoniga munosib ravishda ish ko‘rsa, hayot kundan kunga yaxshilanib borishi muqarrar, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Fanni o ‘rganish natijasida talaba quyidagilarni bilishi kerak: — metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha qonuniy va me’yoriy-huquqiy hujjatlar va uslubiy materiallarni; — standartlar, texnik reglamentlar va o‘lchashlar birligi, mahsulot sifati ustidan mahkamalararo, mahkamaviy va davlat nazorati va tekshiruvi tizimlarini; — o ‘lchashlar birligini ta’minlash usullari va vositalari, metrologik faoliyat yakuniy natijasining o ‘lchashlar sifatiga ta’siri va o ‘lchashlarning asosiy qonuniyatlarini; 6 — mahsulot sifatini nazorat qilishning usullari va vositalari, standartlashtirish texnologiyasi va mahsulotlarni sertifikatlashtirishni tashkillashtirish, mahsulotni qabul qilish, sinash va nazorat qilishning qoidalarini; — korxona metrologik ta’minotining texnikaviy bazasi va uni tashkillashtirish, o‘lchash vositalarini qiyoslash (kalibrlash) vositalari va usullari, metrologik ekspertizani o‘tkazish qoidalarini; — mahsulot sifatini tahlil qilish yo‘llari, texnologik jarayonlarni boshqarish va sifat nazoratini tashkillashtirish; — standartlar, texnik reglamentlar va boshqa me’yoriy-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartiblarini; — sifat menejmenti tizimi, uni ishlab chiqish, joriy etish, audit o ‘tkazish va sertifikatlashtirish tartiblarini. Talaba quyidagilarni vositalari va usullari hamda yuridik nuqtayi nazardan hujjatlarni metrologik va me’yoriy ekspertizadan o ‘tkazish qoidalarini; — standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo‘yicha ishlarning iqtisodiy samaradorliklarini hisoblash usullarini.
    Kompaniya haqida




     «TEXNOPARK» MChJ bu O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda yuqori texnologiyalar, raqobatdosh, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarish mahsulotlarini yaratish bo'yicha topshiriqlarini amaliy bajarishga yo'naltirilgan korxonalar guruhi.

    «TEXNOPARK» MChJ sobiq “TAPOICh” hududida 2019-yil 10-iyunda tashkil etilgan.



     «TEXNOPARK» MChJni tashkil etishdan maqsad import o'rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari va maishiy texnika ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish korxonalarini keng assortimentda tash kil etish hamda yangi ish o'rinlarini yaratishdir.

    Hozirda “TEXNOPARK” MChJ hududida 13 ta ishlab chiqarish obyekti faoliyat yuritmoqda:
    - Elektron gaz hisoblagichlari ("Osten", "Pietro Fiorentini" Italiya)
    - Maishiy muzlatgichlar (“SAMSUNG” brendi, Koreya Respublikasi)
    - Sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari (“SHIVAKI” brendi, Yaponiya)
    - Liftlar va eskalatorlar ("Osten" brendi, "Shanghai Mitsubishi", Xitoy)
    - Suv nasoslari ("LEO" brendi, Xitoy)
    - Qoliplar va shtamplar (“Texnomold” brendi)
    - Eshik va deraza romlari uchun furnitura va aksessuarlar (“Eser Kimya San. ve Tic. A.Ş.” “Metalix Dis Ticaret Ltd. STI”, Turkiya)
    - Panel radiatorlari ("Leas" va "Euroimpianti", Italiya)
    - Metall konstruksiyalar (“AVANT" brendi)
    - Sanoat muzlatgichlari("SHIVAKI FRIGO COOL" brendi)
    - Kir yuvish mashinalari ("SHIVAKI", "Samsung", "Artel" brendi)
    - PIR plombali sendvich panellar (AVANT brendi)
    - Mis quvurlari va mis mahsulotlari ishlab chiqarish (“UzCopper” brendi)

    Download 26.24 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 26.24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish o’zbekiston respublikasi prezidentining qarori ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’G’risida malakaviy amaliyotni maqsadlari va

    Download 26.24 Mb.