• ADABIYOTLAR
  • Moyli xom ashyoning asosiy turlari




    Download 34,53 Kb.
    bet3/3
    Sana18.12.2023
    Hajmi34,53 Kb.
    #122607
    1   2   3
    Bog'liq
    1-ma\'ruza

    1.3. Moyli xom ashyoning asosiy turlari.
    Moyli xom ashyolar deb, sanoat miqyosida moy ishlab chiqarilganda iqtisodiy samara beradigan moyli urug‘larga aytiladi. Moyli xom ashyolar quyidagi turlarga bо‘linadi:
    1. Faqat moy olish maqsadida о‘stiriladigan о‘simliklar urug‘i (kungaboqar, raps, kunjut).
    2. Faqat moy olish maqsadida emas, balki boshqa maqsadlar uchun ham о‘stiriladigai о‘simliklar urug‘i:
    a) tо‘qimachilik sanoati uchun (paxta, kanop); b) atir-upa sanoati uchun (koriandr-kashnich); v) eng qimmatbaho qismi oqsil va uglerod bо‘lgan о‘simliklar (soya, gorchisa, yeryong‘oq).
    1.3.1-jadval.
    Moyli urug‘larni kimyoviy tarkibi: (xarakateristikasi)



    Moyli xom ashyolar

    Yog‘ miqdori, %

    Oqsil miqdori, %

    Sellyuloza,%

    Kul miqdori,
    %

    1.

    Kungaboqar

    45-55

    16-20

    13-14

    2,9-3,8

    2.

    Paxta chigiti
    a) о‘rtatolali
    b) ingichkatolali

    22,29-23,28


    24,49-25,23

    25,52-28,50 29,4



    17,95-18,71 12,4



    4,17-4,30


    4,50

    3.

    Maxsar

    31,55

    15.62

    41,03

    2,54

    4.

    Zig‘ir

    59,15

    19,10

    1,29

    4,36

    5.

    Gorchisa

    32-46,9

    20,5-29,7

    8,2-11,1

    4,8-5,5

    6.

    Raps (indov)

    40,3-46,2

    25-26,3

    4,6-6,2

    3,7-5,4

    7.

    Yeryong‘oq

    40,2-60,7

    20-27,2

    1,2-4,9

    1,8-4,6

    8.

    Kanakunjut

    43,84

    20,20

    18,40

    3,84

    9.

    Loviya

    19,2-21,1

    35,8-43,6

    4,3-5,3

    2,8-5,6

    3. Meva, sabzavot va poliz ekinlarini urug‘i ham ikkinchi darajali moy olinadigan xom ashyolar hisoblanadi:


    a) boshqa ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisi (makkajо‘xori, guruch va bug‘doy kurtaklari), b) tarkibida moy bо‘lgan oziq-ovqat sanoati chiqindisi (о‘rik, shaftoli, olcha, olxо‘ri, uzum danaklari, qovun, tarvuz, pomidor urug‘lari).
    О‘simlik urug‘i ya’ni moy olish mumkin bо‘lgan xom ashyolar 2 guruhga bо‘linadi:
    1) pо‘stloqli; 2) pо‘stloqsiz.
    Kungaboqar, paxta chigiti, soya, yeryong‘oq pо‘stloqli urug‘lar jumlasiga kiradi, ular qayta ishlanganda albatta chaqiladi va mag‘iz pо‘stloqdan ajratiladi. Raps, zig‘ir, kunjut pо‘stloqsiz urug‘larga kiradi. Bu urug‘lar chaqilmasligiga sabab, ularning pustlog‘i yupqa va mag‘izga yopishgan holda bо‘ladi. Agar biz ishlab chiqarishda, ya’ni urug‘larni qayta ishlaganda chaqsaq, moyni chiqishi kamayib ketgan bо‘lar edi, chunki chaqilganda pо‘stlog‘i bilan birgalikda mag‘iz ham о‘tib ketib, isrofgarchilikka olib keladi [15,16,18].
    Urug‘lar moyliligiga qarab uch turga bо‘linadi:
    1) sermoy urug‘lar; 2) о‘rtacha moyli urug‘lar; 3) kam moyli urug‘lar.
    Sermoy urug‘larga: kunjut, kanakunjut,kungaboqar, zig‘ir kiradi. Ularning mag‘zi tarkibida 56-75% moy bо‘ladi. О‘rtacha moyli urug‘larga: chigit, yeryong‘oq, raps kiradi. Ularning mag‘izi tarkibida 36-55% moy bо‘ladi.
    Kam moyli urug‘larga: loviya va shunga о‘xshash о‘simliklarning urug‘lari kiradi. Ular mag‘zi tarkibida 15-35% gacha moy bо‘ladi.
    Oziq - ovqat sanoati chiqindilari. Meva danaklari konserva sanoatining chiqindisi hisoblanadi. О‘rik, olxо‘ri, olcha, shaftoli, bodom danaklarining mag‘zidan ham sanoatda moy olinadi. Mag‘izning kimyoviy tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan [17].
    Yog‘-moy korxonalarida pomidor sharbati va pastasi ishlab chiqarishdagi chiqindi hisoblangan pomidor urug‘i (moy miqdori 26-28%), vino va sharbat ishlab chiqarish chiqindisi - uzum urug‘i (moy miqdori 15-16%), shuningdek tarvuz, tamaki, choy urug‘laridan ham moy olinadi.
    1.3.2-jadval.
    Meva tarkibi.



    Meva danaklari

    Moy miqdori, %

    Oqsil
    miqdori, %

    Sellyuloza, %

    Kul miqdori, %

    1.

    О‘rik danagi

    35-45

    24-26

    5-6

    3-4

    2.

    Olxо‘ri danagi

    30-60

    23-24

    6-7

    2-4

    3.

    Olcha danagi

    30-39

    21-22

    5-16

    1-2

    4.

    Bodom danagi

    42-53

    21-34

    4-6

    2-4

    5.

    Shaftoli danagi

    35-46

    22-23

    5-10

    2,5-3,5

    Saqlash davomida xom ashyoda rо‘y beradigan biokimyoviy о‘zgarishlar. Kritik namlik tushunchasi. Anaerob va aerob holatlar. Urug‘larning nafas olishi. О‘z-о‘zidan qizish holati.Moyli urug‘larni saqlash - tayyorlov tizimidagi korxonalarning va yog-moy sanoati korxonalari ishining asosiy bosqichidir. Moyli urug‘larni saqlashda ularning biologik xususiyatlari bir qator noqulayliklar kelib chiqishga sabab bо‘ldi. Tо‘g‘ri saqlashni tashkillashtirmasaq, moyli urug‘larning sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni bilmay saqlash moyli urug‘larni buzilishiga olib keladi. Bu buzilish urug‘larni va ular tarkibidagi moy miqdorini kо‘p miqdorda yо‘qolishiga olib keladi.



    ADABIYOTLAR:

    1. M.Born, E.Volf. “Osnovы optika” M.: “Nauka”. 138-143-b.

    2. N.M.Godjoyev. “Optika” M.: Vыsshaya shkola. 1972. 279-284 s.

    3. A.Sщishlovskiy. “Prikladnaya fizicheskaya optika”. M.:1961. 379-417 s.

    4. G.S.Landsberg “Optika”. T.: «Oʻqituvchi» 1981. 283-232-b.

    5. Fizikadanpraktikum.Elektr va optika, T.: «Oʻqituvchi» 1979. 209-217-b.

    6. A.Babushkin i dr. Metodы spektralnogo analiza. Izdatelstvo Moskovskogo universiteta. 1962.146-152 s.

    7. A.N.Zaydel i dr “Tablisы spektralnыx liniy”. M.: “Nauka” 1969.564-567s.

    8. A.Ayvazova i dr. Spespraktikum po optike i spektroskopii. T.: OʻzMU. 2005-yil. 96-115-b.

    9. Toirov Z. Povыщeniye effektivnosti geliokonvektivnoy sushki plodov i vinograda (na primere plodov i vinograda, proizrastayushix v Uz SSR): Dis.kand.texn.nauk.-Tashkent-Buxara, 1986 g.

    10. Boltayev S.A, Toirov Z.T, Rajabov X.R. Koʻp maqsadli quyosh qurilmasi. Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman materiallari. Qarshi 2014. 28-29-aprel.

    11. Abdulloyev B.K. Zavisimost termodinamicheskix i kalorimetricheskix svoystv rastvorov sistemы persikoloye maslo + N-geksan ot temperaturы pri atmosfernom davlenii / B.K. Abdulloyev, Sh.T. Yusupov, F.B. Kurbonov M.M. Safarov // Vestnik Natsionalnogo universiteta(spesvыpusk). – 2010. S. 18-21.

    Download 34,53 Kb.
    1   2   3




    Download 34,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moyli xom ashyoning asosiy turlari

    Download 34,53 Kb.