|
Kirish Reja: Mercedes kompaniyasi haqida
|
bet | 2/4 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 236,26 Kb. | | #159560 |
Bog'liq Reja Mercedes kompaniyasi haqida Mercedec logotip tarixi fayllar 1. Mercedes kompaniyasi haqida
Mercedes-Benz lyuks car va yuk avtoulovlari brendidir. Mercedes-Benz shtab-kvartirasi Shtutgartda joylashgan. Mercedes-Benz Audi va BMW qatorida „Olmoniya katta uchligiga“ kirib, dunyo boʻylab eng koʻp luks avtomobil sotadigan ishlab chiqaruvchilardan biridir.
XIX asrning oxirlarida germaniyalik ikki ixtirochi Karl Bens va Gotlib Daymler o‘z mashinalarini yaratishdi. Ular dastlab o‘zaro raqobatchi edi, chunki har ikkala ixtirochi o‘zining avtobiznesiga asos solgandi. 1926 yildagi hamkorlik yirik tarixiy kelishuv bo‘ldi va Mercedes-Benz kompaniyasi faoliyat boshladi.
Karl Bens (chapda) va Gotlib Daymler (o‘ngda)Mercedes brendining nomi undan avvalroq kelib chiqqan. 1901 yilda biznesmen Emil Yellinek qizi Mersedesning tug‘ilgan kuniga sport avtomobili sovg‘a qilishni niyat qilib, Daymlerdan shu nom bilan mashina yaratishni so‘raydi. 35 ot kuchiga ega avtomobil muvaffaqiyatli chiqadi va uni seriyali ishlab chiqarishga qaror qilishadi, Mercedes nomi esa shundan beri tillardan tushmaydi.
Logotip
Uch qirrali yulduzni ko‘rganingizda xayolingizga nima keladi? Bu savolga avtomobildan xabari yo‘q odam ham javob bera oladi. Bu – Mercedes.Kompaniya avtotransport vositalaridan tashqari, samolyotlar va kemalar uchun motorlar, ehtiyot qismlar ham ishlab chiqargani sababli logotipdagi uch qirrali yulduz samoda, suvda va yerda insonlarga xizmat qiluvchi brend ramzi hisoblanadi. Belgining sodda va esda qolarli dizayni uni butun dunyoda unutilmas va taniqli qilib qo‘ydi.
Logotip yaratilgandan beri 7 marta o‘zgargan: 1902, 1909 (2 marta), 1916, 1926, 2008, 2009 va 2011 yillarda.
Logotip yaratilgandan beri 7 marta o‘zgargan
Mers hozirgi kunda
2016 yilda Mercedes-Benz 43,5 mlrd dollarga baholanib, Toyota’dan keyingi 2-o‘rinda edi. Ammo kompaniya 2020 yilga kelib, 60,4 mlrd dollarga baholandi va 1-o‘ringa chiqib oldi.
Dunyoning eng qimmat brendiga aylangan Mercedes modellari hashamat, ishonch, kuch va hurmat ramzi hisoblanadi. Mercedes’ning omad kalitlaridan biri – u har doim klassik dizayn va eng zamonaviy intererni birlashtira olardi.
|
| |