Soliq majburiyati nima va majburiyatni bajarish tartibi va muddati




Download 0,52 Mb.
bet2/6
Sana20.09.2024
Hajmi0,52 Mb.
#271835
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ikramlan Soliq agentlari tamonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi

Soliq majburiyati nima va majburiyatni bajarish tartibi va muddati.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 85-moddasida soliq majburiyati belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra: Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o‘ziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi. Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi, o‘zgartiriladi va tugatiladi. Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq to‘lovchiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni to‘lashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran yuklatiladi.
Shuningdek ushbu kodeksning 86-moddasida Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati belgilan bo‘lib, unga muvofiq: Soliq to‘lovchi o‘zining soliq majburiyatini, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda bajaradi. Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunda soliq to‘lovchi uning soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi natijasida olgan moddiy naf soliq solish maqsadlarida shu soliq to‘lovchining daromadi deb e’tirof etilmaydi. O‘zga shaxs o‘zi tomonidan soliq to‘lovchi uchun to‘langan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli emas.
Soliq majburiyati soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, o‘n kunlik va kun) o‘tishi bilan belgilanadi. Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish muddatining so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi kerak. Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini to‘lash to‘g‘risida talabnoma yuborilishi uchun asos bo‘ladi.
2005-yil 1-iyuldan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalarga quyidagi preferensiyalar nazarda tutiladi: 1) ilgari kichik biznes subyektlariga yagona soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlardan foydalanish huquqi. Bu uni to‘lashdan to‘liq ozod qilishga nisbatan ham, soliq stavkasini pasaytirishga nisbatan ham belgilanadi; 2) yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to‘lash huquqi. Ushbu qoida faqat yangi tashkil etilayotgan (2005- yilning 1-iyulida va undan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan) mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etiladi; 3) qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun budjetga ijara haqini to‘lamaslik huquqi. Soliq amaliyotiga yagona soliq to‘lovining kiritilishi kichik biznes subyektlarini va mikrofirmalarni soliqqa tortish uslubiyatini yanada soddalashtirdi. Mikrofirma va kichik korxonalar, asosiy faoliyati bilan bir qatorda, boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ushbu fao100 — sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ortiq foizni Maishiy xizmatlar sohasi korxonalari uchun plastik kartalarni qo‘llagan holda to‘langan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha 9. belgilangan stavka 50% ga pasaytiriladi belgilangan stavka 10% ga pasaytiriladi *) lizing kompaniyalari uchun lizing beruvchining daromadiga nisbatan foizlarda (marja). **) haq (yalpi daromad) summasiga nisbatan foizlarda. Soliq hisobini taqdim etish va soliqni budjetga to‘lash muddatlari liyat turlari bo‘yicha ular alohida hisob yuritishlari hamda soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi uchun qonunda nazarda tutilgan soliqlar, yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashlari shart. Birinchi chorak, yarim yil va 9 oy yakunlari bo‘yicha soliq to‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tish joyidagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida belgilangan shaklda (3-ilova) yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisobkitoblarni taqdim etadilar. Mikrofirma va kichik korxonalar tarkibiga kirmaydigan korxonalar tomonidan – har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Yagona soliq to‘lovini to‘lash har chorakda o‘sib boruvchi yakun bilan hisobot choragidan keyingi oyning 25- kuniga qadar amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-3620-son farmoniga muvofiq yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga (bundan keyin korxona) yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi belgilangan. To‘lashni kechiktirish yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq majburiyatini to‘lash muddatini muayyan muddatga ko‘chirishni anglatadi. To‘lash muddatini kechiktirish huquqini olish uchun korxona, yagona soliq to‘lovini to‘lashning birinchi muddati boshlanishiga ko‘pi bilan 15 kun qolganda, unga to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga belgilangan shaklda ariza topshiradi. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi arizani ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi, so‘ngra to‘lash muddatini kechiktirish yoki rad 101 Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha to‘lovni kechiktirish tartibi hamda uning ahamiyati etish to‘g‘risida qaror chiqarib, korxonaning taqdim etilgan arizasiga qabul qilingan qaror natijasining tegishli belgisini qo‘yadi. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin: œ to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘- risidagi ariza belgilangan shaklda taqdim etilmagan bo‘lsa; œ to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘- risidagi ariza belgilangan muddatdan keyin topshirilsa; œ korxona yagona soliq to‘lovining to‘lovchisi hisoblanmasa. Yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Korxona arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi (haqqoniyligi) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. To‘lash muddatini kechiktirish huquqi korxonaga korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab bir yilga beriladi. Misol uchun, agar korxona davlat ro‘yxatidan 15- yoki 25-yanvarda o‘tkazilgan bo‘lsa, mazkur korxonaga soliqni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi joriy yilning 1-yanvaridan keyingi yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrga beriladi. Korxonaning xohishiga ko‘ra soliqni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi uning yozma arizasiga asosan bir yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan davrda boshqa soliq rejimiga o‘tganida, o‘tgan paytidan boshlab korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladi va unda qonunga muvofiq soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar vujudga keladi. To‘lash muddatini kechiktirish yoki muddati kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirish huquqi berilgan davrda korxona tugatilsa, to‘lash muddati kechiktirilgan to‘lov summasi qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi. To‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan korxona tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga belgilangan tartibda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar yagona soliq to‘lovining hisob-kitobini taqdim etadi. Bunda 102 korxona yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining o‘ngdagi yuqori burchagiga «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-son farmoniga muvofiq to‘lash muddati kechiktirilgan» belgisini qo‘yadi.


Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Soliq majburiyati nima va majburiyatni bajarish tartibi va muddati

Download 0,52 Mb.