|
Kirish Zavod haqida ma’lumot
|
bet | 6/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 8,41 Mb. | | #235867 |
Bog'liq MundarijaMenning amaliyotlarim
Yuqorida ko’rib o’tilganidek qoliplash korxonasida bevosita inson omili ishlab chiqishning ajralmas qismi tashkil qilmoqda, bu esa istar- istarmas ishlab chiqishdan kutilmagan kamchiliklar yuzaga kelishini asosiy sabablari hisoblanadi, ya’ni inson charchashi diqqatning suslashishi, e’tiborsizligi va x. k., Sabab maxsulot sifati va ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sirlarini orttiradi. Bizga ma’lumki hozirgi texnika - texnologiya sohasi shiddat bilan rivojlanmoqda. Ishlab chiqish jarayonini tobora liniyalashterirish zamon talabi hamda ulkan samaradorlik va yuqori sifatli maxsulot olishni kafolati omili bo’lib hisoblanadi.
Qoliplash zavodida ishlatiladigan asosiy materiallar
№
|
Material turi
|
1
|
INOX
|
2
|
Латунь
|
3
|
Алюминий
|
4
|
Черная сталь
|
5
|
Оцинковка
|
Shtampovka bo’limi asosan yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan ekan. U yerga ish jarayoniga kerak bo’ladigan asosiy materiallarni Rossiya, Xitoy, Qozog’iston va Turkiya kabi mamlakatlardan buyurtma asosida olib kelishar ekan. Shu bilan bir qatorda zavoddagi jamiki uskunalar asosan Xitoy, Koreya, Arab mamlakatlaridan olib kelingan va ularning hammasi turlicha operatsiyalar uchun mo’ljallangan ekan. Masalan, asosan Koreyaning SIMPAC 180, SIMPAC 200, Xitoyning YADON 200, YADON 300, YADON 500, YADON 800 kabi bosim ostida ishlaydigan preslari hamda AR-SAN 180 gidravlik presslar mavjud va ko’plab operatsiyalarni amalga oshiradilar.
XULOSA
Biz 4-martdan 19-martgacha bo’lgan muddatda “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” zavodida amaliyot o’tadik. Amaliyot vaqtida o’zimizning sohamizga tegishli bo’lgan ko’plab manbalarga va ko’nikmalarga ega bo’ldik. Zavod bir necha postlardan tashkil topgan ekan va har bir postlardagi ish jarayonlari har xil. U yerdagi ish jarayon qizg’in va uskunalarning to’xtovsiz faoliyat ko’rsatishi bizlarni hayron qoldirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Zavodda ish ikki smenada olib borilar ekan. Ishchilarga zavod tomonidan ish kiyimlari tarqatiladi. Zavodda asosan xalqimizning hojatini chiqaradigan va har bir xonadonda mavjud bo’lgan maishiy texnikalarning qismlarini ishlab chiqariladi. Masalan, ko’plab rusumlardagi televizorlar, muzlatgichlar, gaz plitalar, konditsoner va mini pechlar kabi maishiy texnikalardir.
Zavodda hamma sharoitlari mavjud. Biz amaliyotning ilk kunlaridanoq juda ko’p taassurotlarga ega bo’ldik. Shuningdek, zavodda asosiy vazifalarni zamon talabiga mos ya’ni XXI asr talablariga to’la- to’kis javob bergan holda texnikalar bajarishar ekan. Ayniqsa u yerdagi ishchilarning bizlarni kulib kutib olgani va shu bilan birga samimiy muloqatda bo’lib, o’z bilim ko’nikmalarini biz bilan baham ko’rib, bizga ish o’rgatdilar.
Biz uch hafta amaliyot mobaynida ko’pgina bilimlarga ega bo’ldik. Ikkinchi haftaning oxirgi kunida bizga ekskursiya kuni deb belgilandi u kuni biz korxona mutassaddilari tomonidan bizga biriktirikgan ko’plab o’z ishining mutaxassislari bo’lmish korxonaning xodimlari bizni butun korxona bo’ylab tanishtiruv darsi tariqasida hamma postdagi ish jarayonlari bilan tanishtirib o’tdilar. Hamda ular bu bilan cheklanibgina qolmay ma’ruza darslarini ham tashkillashtirdilar. Ma’ruza vaqtida bizga Shtampovka postining “Muhandislar bo’limi” dan bizga biriktirilgan xodimlar korxonaning tarixini va nima maqsadda korxona tashkil topganligi shu bilan birga yarim tayyor mahsulotlar ko’plab operatsiyalardan o’tishini videoroliklar asosida ko’rsatib berdilar.
Biz shu bois o’sha kuni ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldik va bundan juda xursnad bo’ldik. Shuningdek, uch haftalik amaliyotni tashkillashtirib bergan “Umumtexnik kafedrasi” ning dos. X.Turkmenov domla hamda shu amaliyot vaqtida o’z qimmatli vaqtini ayamay har kuni biz bilan birga bo’lgan dos.Sh.Abdurahmonova ustoz, shu vaqt mobaynida bizni o’z bag’riga olgan “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” zavodi rahbariyati va jamosiga , bizga ish ko’nikmalarini o’rtoqlashgan master va operatorlariga, har kuni mazali taomlar tayyorlab bergan oshpazlariga o’z MINNATDORCHILIGIMIZNI bildiramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
SH. M. Mirziyoyev., Ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida
KMT
Zavod rahbariyati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar
Internet manbalaridan foydalanildi.
|
| |