|
Kirish Zavod haqida ma’lumot
|
bet | 2/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 8,41 Mb. | | #235867 |
Bog'liq MundarijaZAVOD TARIHI XULOSA
Biz 4-martdan 19-martgacha bo’lgan muddatda “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” zavodida amaliyot o’tadik. Amaliyot vaqtida o’zimizning sohamizga tegishli bo’lgan ko’plab manbalarga va ko’nikmalarga ega bo’ldik. Zavod bir necha postlardan tashkil topgan ekan va har bir postlardagi ish jarayonlari har xil. U yerdagi ish jarayon qizg’in va uskunalarning to’xtovsiz faoliyat ko’rsatishi bizlarni hayron qoldirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Zavodda ish ikki smenada olib borilar ekan. Ishchilarga zavod tomonidan ish kiyimlari tarqatiladi. Zavodda asosan xalqimizning hojatini chiqaradigan va har bir xonadonda mavjud bo’lgan maishiy texnikalarning qismlarini ishlab chiqariladi. Masalan, ko’plab rusumlardagi televizorlar, muzlatgichlar, gaz plitalar, konditsoner va mini pechlar kabi maishiy texnikalardir.
2011-yilda O’zeltexsanoat kompaniyasi hamda Italiyaning “Gloriya”, Janubiy Koreyaning “Samsung” , Xitoyning “Midea”, Turkiyaning “ODUL” shirkatlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil topgan.
Artel savdo belgisi – O’zbekistondagi eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya. Artel nomi “Artikxodjayev” va “Elektronika” so’zlarining bosh harflari.
Korxonalari:
“Eko Elektron” va “Martensit Investment” korxonasi oshxona plitalari;
“Quality Electronics” Samsung konditsonerlarini;
“Sky Wind System” LCD displeylarni;
“White Machine Techonology” changyutgichlar;
“Thermo Water Electrc” suv isitgichlari.
2015-yilda Zomin tumanida LCD monitorlar ishlab chiqaruvchi korxona qurildi.
O’rta Osiyoning yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi Artel kompaniyasini dunyo tan olmoqda. Artel kompaniyasi tashkil topganiga qisqa muddat bo’lishiga qaramasdan, maishiy texnika va elektronika mahsulotlarining yigirmadan ortiq turini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. Jumladan, televizor, muzlatgich, sovutgich, chang yutgich oshxona plitalari, kir mashina, uyali aloqa vositalari va boshqa maishiy texnika vositalarini chuqur mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda.
Kompaniyaning ishlab chiqarish zavodlarida artel mahsulotlari bilan birgalikda , dunyoning Samsung , Shivaki, Royal va Avalon brendlari ostida , ushbu chet el kompaniyalarining texnik talablari asosida ham maishiy texnika vositalari ishlab chiqariladi.
Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgn mahsulotlar sifat darajasi va dizayn ko’rsatgichlari bo’yicha jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining mahsulotlaridan qolishmaydi.
Kompaniyaning ishlab chiqarish zavodlari sifat menejmenti bo’yicha ISO 9001: 2008 sertifikatlariga va Yevropaning sifat talablariga bo’yicha EAC, CE (Confermite Europeenne -- “yevropeyskoye sootvetstviye”) sertifikatiga ega ekanligi Artel tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va boshqa ko’rsatgichlariga to’liq javob berishini yorqin misoli hisoblanadi.
Kompaniya qoshida mahsulotlarning yangi dizayn va turlarini yaratish bilan shug’ullanuvchi ilmiy-izlanish va tarjiba-konstruktorlik markazi (Research and Development) tashkil qilingan bo’lib ushbu markazda respublikaning iqlim sharoitlari, iste’molchilar talablari asosida mahsulotlarning yangi turlari yaratiladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi.
Respublikamizda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, Artel kompaniyasi maishiy texnika va elektronika mahsulotlariishlab chiqarish sohasida mahalliy va chet ellik tadbirkorlar, biznesmenlarni va yangi g’oya egalarini Artel kompaniyasida mavjud imkoniyat va ishlab chiqarish kuchlaridan foydalangan holda amalga oshirishga chorlaydi.
Artel tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni dunyo hamjamiyatiga kengroq tanitish va Made in Uzbekistan yorlig’i ostidagi milliy mahsulotlarni dunyo bozorlariga olib chiqish kompaniyaning asosiy maqsad va g’oyasi hisoblanadi.
Artel maishiy texnikasi zamonaviy texnologiyalarni qo’llagan holda yuqori siftli mahsulotlardan ishlab chiqariladi. Artel yetakchi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalarni tajribasini hisobga olgan holda zamonaviy va iste’molchi talabiga javob beradigan maishiy texnika ishlab chiqaradi. Artel kompaniyasining maishiy texnika qatori to’liq O’zbekistonda ishlab chiqariladi va 100% milliy brend hisoblanadi. Artel ishloab chiqarish bazalari dunyoning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlangan. Jumladan , Artel zavodlarida COMI , ULVAC , Inficon kompaniyalarining ishlab chiqarish texnikasi mavjud. Yuqori texnologik uskunalar o’rnatilganligi sababli , Artel zavodlarining ishlab chiqarish jarayonlari to’liq avtomatizatsiyalashtirilgan.
|
| |