|
Kitob so'zi Sezar shifri da nlwhe
|
bet | 3/5 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 2,4 Mb. | | #265330 |
Bog'liq 3-dars Axborot kodlash 2023 (2)Audio va video fayllar - Ko‘plab kompyuter foydalanuvchilari turli pleyerlarda video ko‘rish yoki audio tinglashda har xil muammolarga duch keladi.
- Masalan: videofaylni ko‘rish jarayonida ovoz bor, ammo video yo‘q yoki aksincha, video bor, ovoz esa yo‘q bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarning aksariyati fayl buzilganida emas, balki tegishli kodeklar yo‘qligidan kelib chiqadi.
- Ma’lumotlar oqimi yoki signallar saqlash, uzatish yoki shifrlash uchun kodek yordamida kodlanadi, ko‘rish yoki o‘zgartirish uchun esa dekodlanadi.
- Kodek (ingl. codec, coder/decoder – kodlovchi/dekodlovchi) – ma’lumot yoki signallarni o‘zgartirishga qodir qurilma yoki dastur.
Kodeklar ro‘yxati - Multimediali fayllarni saqlash uchun formatlarning ko‘pligi sababli, kodeklar turi ham juda ko‘p. Quyida eng mashhur kodeklar ro‘yxati keltirilgan:
- audiokodeklar: AAC, ACELP.live, AIF, AU, MP3, Ogg Vorbis, RA, RAM, WMA;
- videokodeklar: DivX, AVI, Cinepak, H.261, H.263, H.264, Indeo, MPEG-1, MPEG-2, MPEG-4, RM, RV, WMV.
- Kodeklarni Internet yordamida topish juda oson.
- Kodeklar turlari juda ko‘p, shuning uchun har bir audio yoki videofayl formati uchun alohida kodek yuklab olish va uni o‘rnatish mantiqsiz. Eng yaxshi usul – kodeklar to‘plamini o‘rnatishdir.
Muntazam yangilanadigan va eng mashhur kodeklar to‘plami - K-Lite Codec Pack – har xil tur va formatdagi multimediyani uzluksiz ijro etish uchun Windowsning x86 va x64 versiyalarida o‘rnatilgan kodeklar to‘plami.
- Media Player Codec Pack – Windows tizimida filmlarni tomosha qilish, musiqa tinglash mo‘ljallangan ko‘p funktsiyali paket. Paketda yuqori aniqlikdagi videoyozuvlarni ochuvchi 50 ga yaqin kodek mavjud.
Konvertatsiya - Konvertatsiya – fayllarni bir formatdan, boshqa formatga o‘tkazish jarayoni.
- Konvertor – konvertatsiya jarayonini amalga oshiruvchi dastur.
- Odatda matnlar matn formatiga, rasmlar esa rasm formatiga konvertatsiya qilinadi.
- Faqat audio va videofayllarnigina o‘zaro konvertatsiya qilish imkoni mavjud. Konvertatsiyani amalga oshirish uchun konvertor dasturlardan foydalaniladi.
- Mediafayllar bilan ishlash jarayonida, asosan, 2 xil: audio va videokonvertorlardan foydalaniladi.
|
| |