• Xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
  • Klassik dixotomiya
  • Kurs ishining predmeti va obyekti




    Download 28,77 Kb.
    bet2/8
    Sana09.01.2024
    Hajmi28,77 Kb.
    #132814
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Klassik iqtisodchilarning iqtisodiy muazanat nazariyasi xususiya-fayllar.org

    Kurs ishining predmeti va obyekti aholining daromadlar va harajatlar manbalari ko’zda tutilgan.
    Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini daromadlari va harajatlarini tahlil qilish va muqobil yechimni aniqlash.


    I bob. Klassik iqtisodchilarningg iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.
    1.1 Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.
    Xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
    Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanat nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iktisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iktisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chikarishi bir vaktning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chikarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-okibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iktisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar mikdori etishmay kolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish xaki va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar mikdorining kamayishi ishlab chikarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar mikdorining kamayishiga olib kelmaydi.

    Makroiktisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chikarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chikarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iktisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`lik bandlilgini ta`minlab turadi.


    Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chikarishga xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga fakatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali ta`minlab turadi deb xisoblanadi.
    Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to`lik bandlik sharoitini ta`minlaydi. Fakatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuktasida ishlab chikarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. Iktisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi taklifni koplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi.Agarda, tadbirkorlar uy xo`jaliklarining jamgarmalari mikdorida investitsiya kilishsa, ishlab chikarish xamda bandlik darajalari doimiy bo`lib koladi.
    Klassik iktisodchilar ta`kidlashlaricha, kapitalizmning o`ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamgarma va investitsiyalarning tengligini ta`minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o`taydi . SHuning uchun xam to`lik bandlik mavjud bo`ladi. Bu iktisodchilar davlatning iktisodiyotga aralashuvi kiska muddatli samara bersada, uzok muddatga, oxir-okibat bozor iktisodiyotining tabiiy xarakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy okibatlarga olib keladi deb xisoblashadi.
    1936 yili ingliz iktisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iktisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iktisodiy muvozanat nazariyasini izoxlab berdi.
    Keyns makroiktisodiy muvozanatga to`lik bo`lmagan bandlik sharoitida xam erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik konuniy xolat emasligini, balki tartibga solinmagan iktisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. SHuningdek, bu nazariyada iktisodiyotdagi tebranishlar fakat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina boglik emasligini, balki u tinchlik yillarida xam ichki omillarning salbiy okibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chikishi investitsiya va jamgarmalarga bevosita boglik. Narxlarning oshishi va ish xakining pasayishi boshka salbiy omillar bilan birga iktisodiyotning bekarorligiga olib keladi.Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgarmalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi..
    Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi karorlarni xar xil guruxlardagi odamlar turli maksadlarda kabul kilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamgaruvchilar va investorlarni jamgarish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamgarma va investitsiyalar bitta omilga boglik bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar kiymati o`zining ish xaki mikdoridan ortik bo`lgan maxsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil’ yoki televizor xarid kilish uchun jamgarishadi. Jamgarmalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste`molini kondirish maksadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila boshligining nafakaga chikkandan keyingi xayotini yoki bolalari kelajagini ta`minlash maksadida amalga oshiriladi. Bundan tashkari jamgarmalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maksadida xam amalga oshiriladi.
    Investorlarni investitsiya kilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi xamdir.Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamgarma va investitsiyalar mikdorini aniklaydigan asosiy omil foiz stavkasi xisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamrok iste`mol kilib, ko`prok jamgarishga xarakat kilishadi. Uy xo`jaliklarida jamgarmalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaktida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi.
    Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki axolining ixtiyoridagi daromadi iste`mol va jamgarish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan xolda Keyns o`zining makroiktisodiy muvozant modelini ishlab chikdi.

    Download 28,77 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 28,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishining predmeti va obyekti

    Download 28,77 Kb.