FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………….…………………………….35




Download 122,62 Kb.
bet2/6
Sana15.12.2023
Hajmi122,62 Kb.
#119945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sanoatning istqbollari

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………….…………………………….35

KIRISH.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi zamon texnologiyalarining rivojlanishi, ehtiyojlarni ortishi, istimolchilar uchun zarur bo'gan oziq ovqat, sanoatidagi muammolar, harbiy nizolar, xomashyoni yetishmasligi, yashash sharoitining yaxshilanib borishi kimyo mahsulotlariga bo'lgan talablarni ortishiga va kimyo sanoatiga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirishga sabab bo'lmoqda.


O'zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, ko'mir, oltingugurt, rangli metallar rudasi va boshqa xom ashyolar bo'lganligi uchun mamlakatimiz yirik kimyo sanoatlariga ega. Prezidentimiz I.A.Karimovning «O'zbekiston XX1 asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari» asarlarida alohida ko'rsatib o'tilganidek: «O'zbekiston o'z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi - bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.»
Davlatimiz rahbari tomonidan milliy iqtisodiyotimizning kimyo tarmog‘ini rivojlantirishga doimiy e'tibor qaratilaayotgani, mamlakatimizda xomashyo zaxirasi boyligi, yuqori malakali kadrlar mavjudligi ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirish imkonini bermoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning 2009 yil 12 martda qabul qilingan “2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi va 2009 yil 11 martda qabul qilingan “Qurilishni jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari bu borada muhim dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu muhim vazifaning hal etilishi O‘zbekiston kimyo sanoatining ham ichki, ham tashqi bozordagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
Bu jarayonda ishlab chiqaruvchilarning har tomonlama qo'llab- quvvatlanayotgani soha rivojiga xizmat qilmoqda. Tarmoq va tarmoqlararo hamkorlik mustahkamlanmoqda. Texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanayotgan korxonalarda xaridorgir, zamon talablariga mos va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, ko'plab yangi ish o'rinlari yaratilmoqda.
Umuman, 2012-yilda dunyoda loyihaviy moliyalash asosida umumiy qiymati 382 milliard dollarga teng to'qqiz yuzdan ziyod loyiha amalga oshirila boshlangan. Dunyoning eng yaxshi o'nta investitsion loyihasi qatoridan neft-gaz, tog'-kon sanoati, transport va kommunal infratuzilmalari loyihalari o'rin oldi. Ular Avstraliyada (to'rtta loyiha), AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniya va O'zbekistonda (bittadan loyiha) amalga oshirilmoqda.O'zbekistonda bu loyiha Usyurt gaz-kimyo majmuasi hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlar bozoridagi eng yirik investitsion loyiha, deb e’tirof etildi.Ustyurt gaz-kimyo majmuasi 2016-yildan ishga tushiriladi. Rivojlanga davlatlar kimyo sanoatiga katta etibor qaratayotgan bir vaqtda O'zbekiston ham bu tarmoqqa etibordan chetda qolgan emas. Yuqoridagi malumotlar bunga yaqqol misoldir. Biroq kimyo sanoatida ham yechilmagan muammolar va sohaga tasir etuvchi omillar mavjud bo'lib, bu bitiruv malakaviy ish kimyo sanoati rivojlanishiga aks tasi etuvchi omillar va muammolar tasirini kamaytirishni o'rganishga qaratilgan.
Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Kimyo sanoatining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni va roli, soha rivojlanish O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning bir qator asar va ma'ruzalarida keng yoritilgan.
O'zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston milliy universiteti)ning kimyo, iqtisodiyot fakultetlari tashkil etilishi bilan bog'liq.
O'zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolari bir qator iqtisodchi olimlar, jumladan: Kasimov G.M., Ishmuhamedov A., Maxmudov B.J., To'xliev N., O'lmasov A., Abdullaev Yo., N. Xolmatovlarning ilmiy ishlarida atroflicha tadqiq qilingan.
Kurs ishining maqsadi. O'zbekiston kimyo sanoati rivojlanish shart shroitlarini o'ganish va tendensiyalarini tahlil qilish natijasida kimyo sanoatini rivojlaniah xususiyatlarini ochib berish va istiqbollarini ko'rib chiqish.

Kurs ishining vazifalari. Qo'yilgan maqsadga erishish uchun quidagi bir nechta vazifalarni belgilab oladi.


• O'zbekiston kimyo mahsulotlari sesurs bazasini o'rganish va tahlil qilish.
• Kimyo sanoati tarmoq tarkibini yoritib berish.
• O'zbekistonda kimyo sanoatini iqtisodiyotdagi o'rni va rivojlanish shart sharoitlarini o'rganish.
• O'zbekistonda kimyo sanoati tendensiyalari va dinamikasini o'rganish.
• Istiqbol ko'rsatgich va loyihalar orqali O'zbekistonda kimyo sanoati rivojlanishini ustuvor yo'nalishlarini belgilab olish.

Kurs ishining obekti. Ishning obekti O'zbekistonda kimyo mahsulotlari resurs bazasi va kimyo sanoati salohiyati tadqiqot obekti sifatida olindi.


Kurs ishining predmeti. Ishning predmeti O'zbekistonda kimyo sanoati rivojlanish xususiyatlari, shart sharoit va yo'nalishlar tadqiqot predmeti sifatida olindi.
Kurs ishining metodlari. Kurs ishini yozish mobaynida qiyoslash, solishtirish, tahlil qilish, taqqoslash kabi usullardan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishining informatsion manbayi bo'lib, O'zbekiston statistika qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston Respublikasi Milliy banki, O'zbekiston Axborat agentligi saytlari va O'zbekiston Milliy kubxonasi xizmat qildi.

Kurs ishining ilmiy yangiligi quyidagilarda namoyon bo'ladi:


• Globallashuv sharoitida aholi ehtiyojlarini ortib borayotgan bir davrda O'zbekistonda kimyo mahsulotlari resurs salohiyati tahlil qilingan.
• O'zbekiston iqtisodiyotida kimyo sanoati tarmog'ini rivojlanish xususiyatlari yoritib berilgan.
• O'zbekiston milliy iqtisodiyotida kimyo sanoatini o'rni va rolini ahamiyati yuqoriligi tahlil qilingan
• Kimyo sanoati rivojlanishi tendensiyalari va istiqbollari yoritib berilgan.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Maskur kurs ishida asosan O'zbekiston kimyo sanoatining rivojlanishini tahlil etish, kimyo sanoatini resurs bazasi, kimyo sanoati korkonalarini o'rganish, geografik joylashivi va ishlab chiqarish quvvatlari o'rganish, O'zbekistonda kimyo sanoatini milliy iqtisoddagi orni va istiqbolini tahlil etishni maqsad qilgan mutaxassilar uchun qo'shimcha qo'llanma sifatida foydalanishi mumkin. Maskur yo'nalishda tahlil oluvchi talabalar uchun mavzu bo'yicha maruzalar matni sifatida qo'llanilishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi. Maskur ish kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilova qismlarni o'zichiga oladi.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o'rganilganlik darajasi, bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifasi, ishining obekti va predmeti, bitiruv malakaviy ishining metodlari va ilmiy yangiligi yoritib berilgan.
Kurs ishining birinchi bobi “O'zbekistonda kimyo sanoati salohiyati va tarmoq tarkibi” deb nomlanib, unda O'zbekistonning resurs bazasi geografik joylashivi, kimyo sanoati tarmoq tarkibi va undagi dinamik o'zgarishlar yoritib berilgan.
Kurs ishining ikkinchi bobi “O'zbekistonda kimyo sanoati rivojlanish dinamikasi va istiqbollari” deb nomlanib, maskur bobda O'zbekiston iqtisodiyotida kimyo sanoatini o'rni va roli, rivojlarish xususiyatlari va istiqbollari tahlil qilingan.
Kurs ishining yakunlovchi qismida ilmiy xulosa,amaliy tavsiya va takliflar mujassamlashtirilgan.


Download 122,62 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 122,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………….…………………………….35

Download 122,62 Kb.