II BOB. O'ZBEKISTONDA KIMYO SANOATI RIVOJLANISH




Download 122,62 Kb.
bet5/6
Sana15.12.2023
Hajmi122,62 Kb.
#119945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sanoatning istqbollari

II BOB. O'ZBEKISTONDA KIMYO SANOATI RIVOJLANISH
DINAMIKASI VA ISTIQBOLLARI
2.1.O'zbekiston iqtisodiyotida kimyo sanoatining o'rni
Jahonda kimyo sanoatning mustaqil sanoat tarmog‘iga aylanishi sanoat to'ntarishi bilan bog‘liq. Sulfat kislota ishlab chiqarish bo'yicha dastlabki zavodlar 1740 yilda Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 yilda Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 yilda Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan.
To'qimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar soda zavodlari Fransiyada 1793 yilda (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 yilda (Liverpul), Germaniyada 1843 yilda (Elba bo'yidagi Shyonebek shahrida), Rossiyada 1864 yilda (Barnaul)da qurildi. XIX asr o'rtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sun’iy o'gitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda kimyo sanoari Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo bo'ldi, lekin 1913 yilga kelib kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi bo'yicha jahonda 1-o'ringa chiqib oldi.
Zamonaviy kimyo sanoatining shakllanishi 1932 yil qadimdan oltingugurt qazib olingan Sho'rsuv oltingugurt koni (Farg‘ona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Ittifoqning oltingugurt mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o'ynadi. Kimyo sanoatining eng yirik korxonasi Chirchiq elektr kimyo kanbinati 1940 yil oktabrdan mahsulot bera boshladi. Shu yili 608,9 t ammiak, 961,7 t kuchsiz azot kislotasi va 930 t ammiak selitrasi ishlab chiqarildi. 1940yilda respublikaning jami sanoat mahsuloti hajmida Kimyo sanoati hissasi 0,8% ni, kimyo sanoatida band bo'lgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil etgan, sanoat ishlab chiqarish fondining 7,4% kimyo sanoati hissasiga to'g‘ri kelgan.
Respublika sanoati mahsulotlari umumiy hajmida kimyo sanoati (neft kimyosi sanoati bilan birga) hissasi 2000-yil 6,1 % ni tashkil etdi. Shu yili 832 ming t mineral o'g‘itlar (100% ozik, modda hisobida), 15 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 14,7 ming t kimyoviy tola va iplar, 985 ming t sintetik ammiak, 823,4 ming t sulfat kislota, 287 ming t oltingugurt va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.
1991 yilda respublika kimyo sanoati korxonalari negizida " O'zkimyosanoat" konserni tashkil etildi. 1994 yil martidan kontsern "O'zkimyosanoat" uyushmasiga aylantirildi. 2001 yil martida uyushma tugatilib, uning asosida "O'zkimyosanoat" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi va 2004 yil yanvarida kompaniya tarkibiy jihatdan qayta shakllantirildi. Kompaniya tarkibiga 29 ta korxona va tashkilotlar kiradi. Shu jumladan, 7 ta ochiq aktsiyadorlik jamiyati, 3 ta qo'shma korxona-aktsiyadorlik jamiyati va 3 ta davlat tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalari; 13 ta "Qishloq xo'jalikkimyo" xududiy aktsiyadorlik jamiyatlari, 2 ta ilmiy-tadqiqot va loyiha inshoatlari, 1 ta mas'uliyati cheklangan jamiyat bor. Kimyo sanoati sohasida loyiha ishlarini uyushma tarkibiga kiradigan "O'zkimyosanoatloyiha" aktsiyadorlik jamiyati (Chirchiq shaxri), Toshkent kimyoviy texnologiya davlat unitar korxonasi olib boradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 13- martdagi "Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g‘risida"gi qarori.da O'zbekiston Respublika hukumati tomonidan O'zbekiston kimyo sanoati korxonalarini yalpi rivojlantirishning 23ta investitsiya loyihalaridan iborat dasturi ishlab chiqildi va ma’qullanib, kimyo sanoati korxonalarini rivojlantirish va qo'llab quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Bugungi kunda "O'zkimyosanoat" kompaniyasi tarkibida 34 ta korxona, shu jumladan, 4 qo'shmakorxona ishlaydi (shulardan 22 tasi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)ga aylantirilgan) (2002). Ularning 20 dan ko'prog‘i yirik zamonaviy korxonalardir.
“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan barcha ishlar, jumladan, ilmiy tadqiqotlar, kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish, tarqatish va ularni yetkazib berish bilan bog'liq barcha chora- tadbirlar, mamlakatimiz kimyo tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha kompleks siyosatni yuritishga xizmat qiladi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati O'zbekistonning kimyo mahsulotlariga bo'lgan ichki talabini to'la ta'minlash hamda doimiy asosda ularni eksport qilish imkonini beradi. Faqat o'tgan 2011yilning o'zida “O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 1 560,7 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo'lib, shundan 103 milliard so'mlikdan ziyodi xalq iste'moli mollaridir. Bu oldingi ishlab chiqarish sur'atiga nisbatan o'sish 142 foizni tashkil etganidan dalolat beradi. Tarmoq korxonalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash ishlari shunday yuqori ko'rsatkichlarga erishish imkonini berayotir. Xususan, “Maksam-Chirchiq” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash hisobiga yiliga 270 ming tonnagacha karbamid ishlab chiqarishga erishildi. Dehqonobod kaliy o'g'itlari zavodining mavjud ishlab chiqarish quvvati 20 ming tonnaga kengaytirildi. Kompaniya tomonidan yangi mahsulot turlari, ayniqsa, mamlakatimiz iqtisodiyotining ko'plab tarmoqlari uchun zarur mahsulotlarni o'zlashtirish bo'yicha ham ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida “Uz-COR silicon” yangi qo'shma korxonasi bunyod etildi. Mazkur korxonada respublikamiz elektr texnika sanoatini rivojlanirish hamda muqobil energiya manbalari uskunalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnik kremniy ishlab chiqariladi. Hozirgacha bu yerda 800 tonna texnik kremniy ishlab chiqarildi, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
Hozirgi kunda kompaniya korxonalarida mineral o'g'itlar, sun'iy tolalar, polimer materiallar, energetika, kimyo, tog'-kon sanoati uchun zarur bo'lgan kimyoviy reagentlar, o'simliklarni himoyalovchi vositalar, defoliantlar, paxta ekishda qo'llaniladigan plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. Bunda mamlakatimizdagi mavjud xomashyo resurslari va jahon bozorida mineral o'g'itlarga bo'lgan o'zgaruvchan talabga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Kimyo sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar samarasida o'tgan yili kompaniya korxonalari tomonidan bir million 200 ming tonnadan ziyod mineral, azot, fosfor va kaliy o'g'itlari ishlab chiqarildi. Bu 2011-yilning shu davridagiga nisbatan ancha ko'pdir20.
O'zbekistonda kimyo sanoati rivojlanishiga aks tasir ko'rsatuvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ularning ta'sirini kamaytirish yoki bartaraf etish sanoat taraqqiyoti sur'atlarini oshiradi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
• kimyo sanoati korxonalari texnologiyalarni eskirganligi;
• aksariyat kimyo korxonalari inson organizmiga zarar yetkazishining yuqoriligi;
• xususiy sektor moliyaviy, investision va ilmiy-texnik salohiyatining yirik kimyo sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli emasligi;
• aksariyat qayta ishlash korxonalari texnik va texnologik ko‘rsatkichlarining pastligi;
• bozor infratuzilmasining kimyo sanoatni jadal rivojlantirish talablariga mos rivojlanmaganligi;
• milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tizimiga sust integratsiyalashganligi va xalqaro bozordagi keskin raqobat;
• mamlakatning geografik jihatdan anklav joylashganligi, rivojlangan bozorlardan uzoqligi, dengiz yo‘llariga chiqish imkoniyatlari va shart- sharoitlarining torligi;
• ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi intellektual salohiyatning yetishmasligi;

Bu kabi omillarni tasirini kamaytirish va bartaraf etish maqsadida, Prezidentimiz I.A. Karimov rahnamoligida mamlakatimizda kimyo sanoatini izchil rivojlantirish, korxonalar quvvatidan samarali foydalanish, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. “O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yaxlit tuzilmadir. U kimyo sanoati korxonalarini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shu orqali butun tarmoqni barqaror rivojlantirishga shart-sharoit va zamin yaratadi.


O'zbekistonda kimyo sanoatini barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, energiyani tejaydigan hamda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, eksportga mo'ljallangan va import o'rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilayotgani o'zining yuksak samaralarini bermoqda.
Bu fikrimizni davomi sifatida O'zbekistonda kimyo sanoati mahsulotlari hajmini va jami sanoat mahsulotdagi ulushini va 2005-2011 yillar davomida o'zgarishini ko'rishimiz mumkin.
Bugungi kunda yirik ishlab chiqarish, xomashyo va ilmiy-texnik salohiyatga ega O'zbekiston kimyo sanoati mamlakatimizning yetakchi iqtisodiy tarmoqlaridan biriga aylandi. Ushbu tarmoq respublikamiz iqtisodiyotiga va uning eksport salohiyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shmoqda.
Mamlakatimizda kimyo sanoatining yanada rivojlanishi, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, energiyani tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini qoplovchi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning 2007 yil 27 iyulda qabul qilingan “2007-2011 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi to' g' risida”gi qarori. bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda. Tarmoq rivojida yangi davrni boshlab bergan ushbu hujjatda yuqori texnologiyalarni va zamonaviy boshqaruv tizimlarini qo'llash asosida ishlab chiqarishning texnik darajasi va samaradorligini oshirishga oid ustuvor vazifalar belgilangan.
Hozirgi paytda “O'zkimyosanoat” DAK korxonalarida turli mineral o'g'itlar, sun'iy tola, polimer materiallar, noorganik moddalar, rezina-texnika mahsulotlari, energetika, oltin qazib olish tarmog'i va yengil sanoat uchun kimyoviy reagentlar, o'simliklarni kimyoviy himoya qilish bo'yicha vositalar, defoliantlar, qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan plenka - jami 250 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ularning o'nlab turi qator mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Mamlakatimizda kimyo mahsulotlari eksporti yildan yilga oshib bormoqda. Bunga misol qilib O'zbekistonda kimyo sanoatini eksport va importdagi ulushini ko'rishimiz mumkin.
O'zbekistonda kimyo sanoati mahsulotlari eksport hajmi yil sayin oshib bormoqda. Jami eksportda kimyo sanoati ulushi 2005-2011 yillar mobaynida deyarli o'zgarmagan (o'rtacha 5% ulush). Bunga sabab jami eksport bilan kimyo sanoati mahsulotlar eksporti mos ravishda oshib borgan. Bundan tashqari eksportda yuqori ulushga ega mahsulotlar bor. Masalan 2010 yilda eksport 665,2 mln$ bo'lib, unda yoqilg'i energitika 24,8%, paxta tolasi 11,3%, oziq-avqat 9,7%, xizmatlar 9,1%, mashina va uskunalar 5,5% qorq va rangli metallurgiya sanoati 6,8% ulushga ega.
Kimyo mahsulotlar eksport hajmi 5 yil mobaynida deyarli 3 barobar oshib (293,6%), 286,6 mln$ dan 841,5 mln$ ga oshgan. Kimyo sanoati mahsulotlari importi 2005-2011 yillar davomida jami importdagi ulushi o'rtacha 13%ni tashkil etgan. Kimyo mahsulotlari importi hajmi shu 5 yil davomida 2,5 barobarga oshib(251,2%), 556,4 mln$ dan 1397,8 mln$ ga yetgan.
Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodida o'tgan 2011 yili 180 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarishga erishildi. Bugungi kunda zavodimizda yiliga 700 ming tonna silvinit qayta ishlanib, 200 ming tonna kayil o'g'iti tayyorlanmoqda. O'g'itlarning asosiy qismi Shri-Lanka, Xitoy, Malayziya, Singapur va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiyalash texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi o'ttizga yaqin investitsiyaviy loyihani qamrab olgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 380 milliard so'mdan ortiq mablag' ajratilgan bo'lib, buning natijasida soha korxonalarida ishlab chiqarish hajmi 1,4 marotaba oshadi. Bunda korxonalarning energiya sig'imi qisqaradi, mahsulot eksporti ortib boradi.
Prezidentimizning 2010-yil 15 dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal hamda muvozanatli rivojlantirishga yo'naltirilgan “2011¬2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo'yicha amalga oshirilayotgan jarayonning mantiqiy davomi bo'ldi.
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ularning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta'minlaydigan xalqaro sifat standartlari va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish ham muhim yo'nalish hisoblanadi.
Shunisi e'tiborliki, loyihalarni amalga oshirish doirasida respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan va chetdan olib kelinadigan uskunalar, materiallar va butlovchi buyumlar 2016-yilning 1 yanvariga qadar bojxona to'lovlari to'lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) ozod etildi.
Buning natijasida 2012-yilning o'tgan davrida 106 ta investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yakunlandi. “Sho'rtanneftgaz” unitar sho'ba korxonasida propanbutan aralashmasi qurilmasini barpo etish (5-navbat), Navoiy issiqlik elektr stansiyasida gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, Navoiy viloyatida texnik kremniy ishlab chiqarishni tashkil etish (I bosqich), Qalmaqir konini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda boshqa qator loyihalar shular jumlasidandir. O'zbekistonda investitsiyalar hajmi yildan yilga ortib bormoqda. Shunisi takidlash lozimki kiritilgan investitsiyaning deyarli 33%i sanoat soxasiga yo'naltirilmoqda. Kiyo sanoatiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi sezilarli darajada kam.
2.2. O'zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanish istiqbollari
O'zbekistonda kimyo sanoati rivojlanishini tahlih qilayotganimizda bir qaqtor muammolarga duch kelishimiz mumkin. Bu muammolar:
- Mamlakatning tabiiy va mineral-xom ashyo resurslari yirik zahiralariga mavjud. Ammo bu kabi xom ashyolarni qazib chiqarish, uni uni qayta ishlash jarayonida texnika texnologiyani eskirganligi va yetishmsligi. Buning natijasida kimyo mahsulotlari ishlab ciqarish samaradorligi oshmayotganligi. Masalan mineral o'gitlar ishlab chiqarish 2011-yil 1,2 mln tonna tashkil etgan bo'lsa, mineral o'gitlar orasida birgina azot ishlab chiqarish sanoat quvvati 2,8 mln tonnani tashkil etadi(1.4-jadval). Kimyoviy tola va iplar ishlab chiqarish 2011-yilda 16,2 ming tonnani tashkil etgan bo'lsa, bu sanoat tarmog'ini quvvati 180 ming tonnani tashkil etadi.
• Kimyo sanoatida yangi turdagi kimyo mahsulotlarini o‘zlashtirishda geologik qidiruv ishlari va yangi kashfiyotlar uchun moliyalashtirishni kengroq yo'lga qo'yilmaganligi;
• Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va tajriba ishlarini amalga oshirishda malakali kadrlar va mutaxassis oliblarni yetishmasligi;
• Kimo sanoat tarmog'ida innovasion faoliyatning rivojlanmaganligi, ilg‘or innovasion yangiliklarning tarmoq korxonalarida kam joriy etilishi. Masalan O'zbekistonga 2011 yil 18291,3 mlrd so'm investitsiya kiritilib, shundan 32,7%i sanoatga yo'naltirildi. Kimyo sanoatiga ajratilgan investitsiyalar jami investitsiyadagi ulushi 2006 yil 2,2% , 2011 yilda esa bu ko'rsatgich 1,0% ga tushdi. Kimyo sanoatiga ajratiladigan investitsiyalar jami investitsiyaning 1-2%ni tashkil etishi albatda salbiy xolat;
• Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda tabiat va insonlarga salbiy zarar yetkaz ehtimoli yuqoriligi, ishlab chiqarish jarayoniga davlat aralashuvini taqoza etilishi. Xususan, Prezidentimiz I.A.Karimovning «O'zbekiston XX1 asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari» asarlarida ta'kidlanganidek: «Sanoat korxonalarida atmosferaga, suv havzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus soliqdan keng foydalangan holda ma'suliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang'ich xom ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni o'rnatish lozim»;
Hozirgi kundagi ekologik va iqtisodiy vazifa eng mukammal chiqindisiz kimyoviy texnologiyani qo'llashdir. O'zbekistonda joylashgan barcha kimyo korxonalarini yaqin yillar ichida chiqindisiz texnologiya asosida ishlashga moslashtirilishi lozimdir. Bu vazifani xal qilish, ya'ni yuksak malakali kimyogarlar, kimyogar-muhandislar tayyorlash respublikamizning oliy o'quv yurtlari zimmasiga yuklanadi;
Bu kabi muammolarni bartaraf etish soha rivojlanish sur'atlarini oshiradi. Bu muammolarni inobatga olgan xolda yurtimzda kimyo sanoatini rivojlantirishda davlat ttomonida loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasi o'laroq, mamlakatimiz sanoatining innovatsion salohiyati sezilarli ravishda oshmoqda. Masalan, bugungi kunda kimyo sohasida amalga oshirilayotgan 11 ta yirik innovatsiya loyihasi eksportbop va import o'rnini bosadigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobidan tayyorlanayotgan mahsulot hajmini oshirish, yangi ish o'rinlari tashkil etish imkonini beradi. “O'zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Innovatsiyalar markazida istiqbol uchun bir qancha innovatsion loyihalar va yo'nalish ishlab chiqilgan. Bular :
- Davlatimiz rahbari tomonidan milliy iqtisodiyotimizning kimyo tarmog'ini rivojlantirishga doimiy e'tibor qaratilaayotgani, mamlakatimizda xomashyo zaxirasi boyligi, yuqori malakali kadrlar mavjudligi ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirish imkonini bermoqda. Prezidentimizning 2009 yil 12 martda qabul qilingan “2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo'yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida”gi va 2009 yil 11 martda qabul qilingan “Qurilishni jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari bu borada muhim dasturi amal bo'lib xizmat qilmoqda. Ushbu muhim vazifaning hal etilishi O'zbekiston kimyo sanoatining ham ichki, ham tashqi bozordagi o'rnini yanada mustahkamlaydi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashdan asosiy maqsad, yangi turdagi xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni o'zlashtirishdir. Masalan, sohaga oid innovatsiya dasturida ishlab chiqarilayotgan azot o'g'itlar, jumladan fosfatli ammiak selitrasi turlarini ko'paytirish ko'zda tutilgan. Shu maqsadda “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida yiliga 20 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega tajriba-sanoat korxonasi qurilishi nihoyasiga yetmoqda. Fosfatli ammiak selitrasi ammiak selitrasiga fosforitlar chiqindilarini qo'shish orqali olinadi va bu uning tarkibida azot miqdorini talab darajasidagi 26-28 foizga kamaytiradi. Shu tariqa, tarkibida tuproq uchun kerakli ikkita ozuqa elementi - azot hamda fosfor bo'lgan deyarli yangi o'g'it ishlab chiqariladi. 2010 yilda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 150 ming tonnagacha oshirish rejalashtirilgan. Bu esa, o'z navbatida, mamlakatimiz qishloq xo'jaligining ushbu qimmatbaho o'g'itga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash bilan birga, uni eksport qilish imkonini ham beradi.
Yana bir yangi mahsulot o'g'it sifatida muvaffaqiyatli qo'llash mumkin bo'lgan karbamid-ammiak selitrasining tarkibida ham azot miqdori 28-30 foizni tashkil qiladi. Joriy yil oxirigacha 11,7 ming tonna karbamid-ammiak selitrasi ishlab chiqarish kutilmoqda.
Bundan tashqari, jahon bozorida talab ortib borayotgan azot-fosfor-kaliy o'g'itlarining yangi turlarini ishlab chiqarish ham mahsulot assortimentini kengaytirish imkonini beradi. Ularning afazalligi “uchtasi bittada” prinsipi bo'yicha agrokimyoviy samaradorlikning yuqoriligidadir. 2010 yilda Dehqonobod kaliy zavodini ishga tushirish mo'ljallanmoqda va buning natijasida kimyo tarmog'i ana shunday o'g'itlarni ishlab chiqarish imkoniga ega bo'ladi.
Shuningdek, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, zichligi past ammoniy nitrati, natriy nitrati, katalizatorlar, sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish ham bu boradagi muhim vazifalar sirasiga kiradi.
- «O'zkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining innovatsiya loyihalari avval O'zbekistonda ishlab chiqarilmagan qator yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirishni o'z ichiga oladi. Ilgari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, «Kvars» ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun chetdan sotib olingan natriy selitra ham shunday mahsulotlardan.
Bugun «Maksam-Chirchiq» va «Farg'onaazot» ochiq aksiyadorlik jamiyatlari mamlakatimizda ushbu kimyo mahsulotiga bo'lgan ehtiyojni to'liq ta'minlamoqda. Bundan tashqari, «Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyatida kaliy selitrasini ishlab chiqarishning asosiy texnologik ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha sinovlar yakunlandi. Polixlorid aluminiy koagulyantini olish texnologiyasini ishlab chiqish davom etmoqda. Uning o'ziga xos xususiyati shundaki, suvni suzib yuruvchi zarralardan tozalaydi va zararsizlantiradi. Shunisi e'tiborga loyiqki, ushbu koagulyantni ishlab chiqarish texnologiyasi mahalliy xomashyo - Angrenda ishlab chiqariladigan kaolinga asoslangan.
Mamlakatimiz lok-bo'yoq sanoati temir oksidi pigmentlariga ehtiyoj sezmoqda. Ayni paytda «Qo'qon superfosfat zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyatida ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Sintetik yuvish vositalarining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan natriy sulfatini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun zarur xomashyo Qoraqalpog'iston Respublikasida, Qo'ng'irot soda zavodi yaqinida bor va ushbu loyihani shu yerda amalga oshirish mo'ljallanmoqda.
- Markaz, faoliyat ko'rsatayotgan ko'plab ilmiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari, shuningdek, kompaniya va korxonalarning tadqiqot laboratoriyalari, texnik xizmatlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Korxonalarda innovatsiyalar jamg'armalari tashkil etilmoqda. Ular innovatsiya ishlarini qo' llab-quvvatlash va amaliyotga joriy etishga yordam beradi. Bundan tashqari, innovatsiya ishlanmalari korxonalarning o'z mablag'lari va «O'zkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining maxsus jamg'armasi mablag'lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Ushbu innovatsiya ishlanmalarining eng yaxshilari yaqinda «O'zekspomarkaz»da ochiladigan II-Respublika innovatsiya g'oyalari, texnologiyalari va loyihalari yarmarkasida namoyish etiladi.
Bugun kimyo sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biridir. Bu jarayon, avvalo, mahalliy xomashyodan samarali foydalanishga yo'naltirilgan ilg'or texnologiyalarni joriy etishga asoslangan bo'lib, bu yangi turdagi yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, ayni vaqtda ularning tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Kimyo sanoatidagi innovatsiya faoliyatining bunday ijobiy natijalari mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xalqimiz farovonligini oshirishga salmoqli hissa qo'shadi. Sayyoramizning 2012-yildagi global investitsion loyihalari reytingiga dunyoning barcha mintaqalari bo'ylab sanoat tarmoqlari va infratuzilmalarida amalga oshirilgan eng yirik investitsion loyihalar kiritildi.
2012-yilda dunyoda loyihaviy moliyalash asosida umumiy qiymati 382 milliard dollarga teng 900 ziyod loyiha amalga oshirila boshlangan. Ayni paytda ularning salmoqli qismi Osiyo mintaqasiga (28 foiz), Avstraliyaga (22 foiz) to'g'ri keladi. Yevropada loyihaviy moliyalash hajmi umumiy moliyalash hajmining 16 foizini tashkil etib, bir yilda 38 foizga kamaygan, Shimoliy Amerikada bu ko'rsatkich 13 foizni, Janubiy Amerikada 11 foizni tashkil etadi. Shuningdek, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida ham loyihaviy moliyalash hajmi 29 foizga kamayib, umumiy miqdorning 9 foizini tashkil etdi.
Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasida yirik Surg'il gaz konini o'zlashtirishni yanada jadallashtirish, tabiiy gazni ajratib olish, kreking va yakuniy mahsulot ishlab chiqarish zavodlarining barpo etilishi nazarda tutilgan. Ushbu majmua 4,5 milliard kubmetr tabiiy gazni qayta ishlash natijasida, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish imkonini beradi. Yillik eksport hajmi 750 million dollardan oshadi. Mahsulotning asosan Yevropa, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo bozorlarida sotilishi mo'ljallanmoqda. Ustyurt gaz-kimyo majmuasi 2016-yildan ishga tushiriladi.
Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasini “O'z-Kor gaz kemikal” qo'shma korxonasi amalga oshiradi. Mazkur qo'shma korxona “O'zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning “Kogaz”, “Lotte grupp” va “STEks enerdji” kompaniyalari investitsiyaviy konsorsiumi tomonidan ta'sis etilgan.
O'zbekistonda kimyo sanoatini iqtisodiyotdagi o'rnini oshib borishida bi qator istiqbol loyihalar rejalashtirilgan. Bular qatoriga: Dehqonobod kaliy o'g'itlari zavodining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish 2-etap (yillik quvvatini 600ming tonnaga yetkazish, loyihaga 254,6 mln$ sarflanib,2011-2013 yillarda bitkaziladi), Surgil koni bazasida gaz-kimyo kompleksi qurish (yillik quvvati 400 ming t. politilen, 100 ming t. polipropilen qo'shimcha qilish va 3500 mln$ sarflab, 2008-2014 yillarda qurib bitkaziladi), “ Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar shuba korxonasida gaz-kimyo kompleksini qurish, ”Rezinotexnika” OAJ bazasida konveyr lentalari, Q/x va avtomabil sinalarini ishlab chiqarish kabi yirik loyiha uchun mos ravishda 2305,5 mln$, 230 mln$ sarflanadi. Joriy 2012-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarni amalga oshirish mo'ljallanmoqda. Jumladan, Surg'il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar va Qo'ng'irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg'i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlanadi.
2012 yilgi Investitsiya dasturida Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi faoliyatiga doir yana bir loyihaning ro'yobga chiqarilishi belgilangan bo'lib, unga ko'ra, shu yilning o'zidayoq mazkur korxonaning ishlab chiqarish quvvatini loyihadagi yillik 200 ming tonnadan 220 ming tonnagacha oshirish ko'zda tutilgan. Buning uchun korxona hisobidan 2,8 million dollarga teng mablag' o'zlashtirilib, qo'shimcha texnologiyalar o'rnatish va yiliga yana 20 ming tonna kaliy xloridi ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi.
O'zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 2012yil 19 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan majlisida 2012 yilda Ustyurt gazkimyo majmuasi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, boshqa yirik loyihalar bilan birgalikda Qo'ng'irot soda zavodining ikkinchi navbatini bunyod etishga kirilishini alohida ta'kidlab o'tdi, - deydi «Qo'ng'irot soda zavodi» unitar korxonasi bosh direktori Rashid Yakubov. Bu ikkinchi navbat korxonada qo'shimcha 50 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Mazkur korxona tufayli Ustyurtda o'ziga xos industrial makon vujudga keldi. Zavod qoshida Toshkent Kimyo- texnologiya institutining filiali faoliyat ko'rsatayapti. Mustaqil mamlakatimizning eng kenja shahri hisoblangan Elobod kundan-kunga yashnab, chiroy ochib bormoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradigan yil bo'ladi” ma'ruzasida joriy yilda mamlakatimizda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o'ta muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish mo'ljallanayotgani, ko'plab bunyodkorlik ishlari qatorida Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodining ikkinchi navbati qurilishini boshlash ko'zda tutilayotgani alohida ta'kidlandi. Zero, 2011-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risidagi dasturga muvofiq, hayotga tatbiq etilayotgan “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II navbati)” loyihasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida kimyo sanoati sohasida ro'yobga chiqarilayotgan eng istiqbolli va eng yirik loyihalardan biridir.
Bundan tashqari, tog'-kon majmuasidan qayta ishlash kompleksigacha silvinit rudasini yetkazib berish va konga qayta ishlashdan keyin qolgan tuzlarni olib borish uchun yuk tashishga mo'ljallangan osma “arqon yo'li” barpo etiladi. Uning quvvati yiliga 2,1 million tonna ruda tashish imkonini beradi. Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodining ikkinchi navbati foydalanishga topshirilgach, tog'-kon majmuasida bir yilda qazib olinayotgan silvinit miqdori hozirgidan 1,4 million tonnaga oshadi. Ayni vaqtda “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II navbati)” loyihasi doirasida Xitoyning “CITIC International Cooperation Co. Ltd” kompaniyasi bosh pudratchiligida yiliga yana 400 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarish imkonini beradigan qayta ishlash majmuasi quriladi.


XULOSA
O'zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishida «Navoiyazot» OAJ korxonaning o'rni yuqori. Bu korxonada 2010 yilda investitsiya siyosati natijasida bir qator loyihalar yaratildi. Bular: Ammiak va karbamidni ishlab chiqarish bo'yicha majmuani qurish, (yillik quvvati ammiak - 660 ming tonna, karbamid - 1000 ming tonna yiliga, 2010-2014 yillarda bitkaziladi.), polivinilxlorid va kaustik sodani ishlab chiqarish bo'yicha yangi majmuani yaratish (PVX ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati - 50 ming tonna yiliga, kaustik soda - 32 ming tonna yiliga 2010-2014 yillarda bitkaziladi.), nitrat kaliyni ishlab chiqarishini tashkil qilish (nitrat kaliy ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati- 3000 tonna yiliga 2011-2015 yillarda quriladi.), to'qimachilik sanoati uchun oqartirgichni ishlab chiqarishni tashkil qilish, monoxlorsirka kislotaning ishlab chiqarishini tashkil qilish kabi loyihalar Navoiyazot» OAJ korxonaning samaradorligini yanada oshiradi.



Download 122,62 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 122,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. O'ZBEKISTONDA KIMYO SANOATI RIVOJLANISH

Download 122,62 Kb.