Кўллари ва сув омборлари




Download 122,62 Kb.
bet4/6
Sana15.12.2023
Hajmi122,62 Kb.
#119945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sanoatning istqbollari

Kon turilari


Konlar nomi


Joylashgan hududi

Osh tuzi

Boybichakon, Xo'jaikon, Tyubegatang, Oqbosh, Laylimkon Borsakelmas, va Oqqal'a

Respublikaning janubiy g'arbida


Kaliy tuzlari


Tyubegatang, Oqtosh, Odamtosh, Okmachi


Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari


Fosforit konlari


Molg'uzor va Nurota fosfarit koni


Navoiy va Surxodaryo viloyatlari


Oltingugurt


Sho'rsuv oltingugurt koni


Farg' ona vodiysi


flyuorit konlari


Chotqol va Qurama


Nurota flyuorit konlari

Chotqol va Qurama tog' tizmalari,


Hisor tizmasidagi Nurota tizmalari

Gaz-kimyo kanbinatlari


Muborak, Sho'rtan Ko'kdumaloq, Odamtosh,


Qashqadaryo vil Buxora vil


Mamlakatimiz osh tuzi konlariga ham boy. Xo'jayikon, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqal’a kabi konlarda 90 milliard tonna xomashyo bor. Lalmikon tuz koni Qashqadaryo viloyatining janubi-sharqidagi kon. Dehqonobod shaharchasidan 50 km janubda, Turkmaniston chegarasiga yaqin joyda. Sigmoid ko'rinishidagi antiklinaldan iborat. Antiklinalning uzunligi 6-8 km, eni 1-2,5 km. Tuz qatlamlari o'rta qismida yer yuzasigacha ko'tarilgan. Antiklinalning qanotlarida esa tuz 200-2000 m gacha qalinlikdagi gilmoya, alevrolit, qumtosh va ohaktoshlar tagida, neogen va yuqori yura davri yotqiziqlari orasida uchraydi. 1950- 60 yillarda geologlar yuqori yura davri yotqiziqlaridagi osh tuzi qatlamlari orasida 600-1000 m chuqurlikda qishloq xo'jaligi uchun zarur mineral o'g‘it hisoblangan kaliy tuzining 3-5 m li qatlamlari borligini aniqladilar. Tuz qatlamlaridagi kaliy xloridning miqdori 32- 35%ni tashkil etadi. Kondagi osh tuzining zahirasi bir necha mlrd tonna, kaliy tuziniki 200 mln. tonnadan ziyodligi ma’lum. Tuz qatlamining qalinligi 400- 450 m. Ba’zi joylarida yer osti suvlari ta’sirida tuz yuvilib g‘orlar paydo bo'lgan.


O'zbekistonda tabiiy gazdan yoqilgi o'rnida ham, xomashyo o'rnida ham foydalanish samaralidir. Tabiiy gazdan kimyoviy tola ishlab chiqarish, Rossiya Federatsiyasidan 40-50 foiz arzonga tushadi. Gazli, Muborak, Uchqir, Odamtosh, Sho'rtan kabi tabir gaz konlaridan olinayotgan gaz yuqori kondensatligi bilan ajralib turadi. Gaz kondensati organik sintezning asosidir. Uning har tonnasidan 50 kg sun'iy kauchuk, 150 kg plastik massa, 150 kg sun'iy tola, 100 kg erituvchi modda, 400 kg motor yoqilg'isi olish mumkin.
O'zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft konlariga boy bo'lib, 5 ta regionga ajratilgan:
1. Ustyurt;
2. Buxoro - Xiva;
3. Janubi g'arbiy Hisor;
4. Surxondaryo;
5. Farg'ona.
Gaz konlari: tabiy gaz konlari, gaz kondinsati konlari va neft konlariga bo'linishi mumkin.
Birinchi tipdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan tashkil topgan bo'ladi. Metanga qo'shimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, butan, pentanning bug'lari hamda nouglevodorod birikmalar: CO2, N2 va ayrim hollarda H2S bo'lishi mumkin. Bu tipdagi konni Respublikamizning Sho'rtan gaz konidagi xom gazning tarkibida ko'rishimiz mumkin.
Ikkinchi tipdagi konlarda oltingugurt, gazlar odatdagi gazdan farq qilib, metandan tashqari ko'p miqdorda (2-5% va undan ortiq) C5 va undan yuqori gomologlari mavjud bo'ladi.
Kimyo sanoati tarkibida mineral o'g'itlar ishlab chiqarish salmoqli o'rin egallaydi. Shuningdek, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi.
Kimyo sanoati sifat jihatdan tabiiy mahsulotlardan ustun turuvchi sun'iy materiallar yaratadi. Bunday materiallar tufayli kishilar mehnati ham, qishloq xo'jaligi xomashyosi ham tejaladi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga qaraganda 20 barobar kam mehnat sarf qilinadi. Shuningdek kimyo sanoati tufayli ishlab chiqarishni kombinatlashtirish istiqbollari yaraldi. Chunonchi, ko'mir, neft, gaz singari yoqilg'i xomashyolaridan energiya hosil qilishda ham, kimyo mahsulotlari (benzin, parafin) olishda ham foydalanilishi energetika-kimyo kombinatlari qurishga olib keldi.
Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. U turli foydali qazilmalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan yog'och, suv, hatto havodan foydalanadi. Turli xil xomashyolardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda qurishga imkon beradi. Biroq kimyo korxonalari energiya va suvni ko'p ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta’sir ko'rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish maqbul bo'lavermaydi.
Kimyo sanoatining yirik korxonasi - Chirchiq elektrkimyo kombinati 1940- yilda ishga tushgan. Chirchiq elektrkimyo kombinati dastlab havo tarkibidagi azotdan elektr energiyasi vositasida azotli o'g'it ishlab chiqargan. Buxoro viloyatida topilgan tabiiy gaz quvur orqali Chirchiqqa keltirilgach, kombinat gazdan xomashyo o'rnida foydalanadigan bo'ldi. Bu mahsulot ishlab chiqarishning keskin ko'payishi va tannarxning arzonlashishiga olib keldi. Kombinatda azotli o'g'itdan tashqari, magniy xlorit (g'o'za bargini to'kishda qo'llaniladigan kimyoviy modda) hamda plastmassa va sintetik tola olish uchun organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
1.2. Kimyo sanoati tarmoq tarkibi.
Mamlakatimiz sanoatida tarmoqlar turli darajadagi mavqeni egallaydi. Sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko' rsatuvchi tarmoqlar an'anaviy ravishda yetakchi o'rinda turadi. Bular kimyo sanoati, paxta tozalash, shoyi to'qish, konserva, yog'- moy va boshqa sanoat tarmoqlaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, qora va rangli metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati keyingi yillarda jadal sur'atlarda rivojlanayapti.
Kimyo sanoatiga ixtisoslashgan korxonalar energetik, oltin qazib olish, kimyo sanoati uchun mineral o'g'itlar, organik va noorganik moddalar, sun'iy tolalar, polimer materiallar, kimyo reagentlari, o'simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar ishlab chiqaradi.
Kimyo sanoati — og‘ir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral o'g‘itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va boshqalar), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha- plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-bo'yoq materiallari, sintetik bo'yoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqalarni ishlab chiqaradi.

Kimyo sanoati tarmoq tarkibiga quidagi bir qancha tarmoqlar kiradi. Bular:


• kon-kimyo xom ashyosi( fosforitlar, tabiiy tuz, soda, agrokimyo xom ashyosi, sulfat, kaliy, osh tuzi konlari);
• asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral o'g‘itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b);
• plastmassa va sintetik smolalar, shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar yasash;
• O'simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari(defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo'ngitsidlar) ;
• Oltingugurt kislotasi;
• Kimyoviy tola va iplar( atsetat iplar, kaprolaktam , akril tolalari, sellyuloza atsetati);
• lok-bo'yoq materiallari, sintetik bo'yoqlar;
• kimyoviy reaktivlar;
• fotokimyo mahsulotlari;
• maishiy kimyo tovarlari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari;

Kimyo sanoatining tarmoqlari ichida asosiy kimyo mahsulotlari tarmog'i asosiy ulushga ega. Respublikada qishloq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli o'g‘itlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. "Elektrkimyosanoat" AJ (Chirchiq), Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi asosiy turdagi azotli o'g‘itlar, "Qo'qon superfosfat zavodi" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq "Ammofos" AJda ammofos, oddiy va zamonaviylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli o'g‘itlar ishlab chiqariladi.


Sulfat kislotasi kimyo sanoati tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq "Ammofos" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya konbinati, Olmaliq konmetallurgiya konbinatida barpo etilgan. O'zbekistonda kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar soni yildan yilga oshib bormoqda. Kimyo sanoati tarmog'ida ishlab chiqaradigan korxonalar haqida keying jadvalda ko'rishimiz mumkin.
O'zbekiston bugungi kunda kimyo mahsulotlari ishlab chiqash quvvati yuksak bo'lgan ko'pgina korkona va zavodlar barpo etilgan. O'zbekistonda birinchi kon Sho'rsuv oltingugurt koni hisoblanadi. Keying yillarda birin keyin kimyo sanoati korxonalari barpo bo'la boshladi. Bu korxonalarni 1.4-jadvalda ko'rishibiz mumlin. Mineral o'gitlar ishlab chiqarish 2011-yil 1,2 mln tonna tashkil etgan bo'lsa(1.7-jadval), mineral o'gitlar orasida birgina azot ishlab chiqarish sanoat quvvati 2,8 mln tonnani tashkil etadi. Kimyoviy tola va iplar ishlab chiqarish 2011-yilda 16,2 ming tonnani tashkil etgan bo'lsa, bu sanoat tarmog'ini quvvati 180 ming tonnani tashkil etadi. Bu kimyo tavarlarini hajmini oshirishga qaratilgan bir qancha chora tadbirlar olib borilmoqda. Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qilingan «Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash doirasida hamda 2010 yil 23 martda imzolangan «2010 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida»gi qarorlarini misol keltirsak mubolag'a bo'lmaydi.
Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish bo'yicha yana bir ulkan quvvatlardan «Navoiyazot» OAJ bo'lib, u o'z faoliyatini 1964 yilda mineral o'g'itlar ishlab chiqaruvchi zavod sifatida boshlagan.
O'zbekistonda soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo'lgan korxonasi Qo'ng‘irot soda zavodi qurilishi 1995 yildan boshlandi (yillik loyiha quvvati 210 ming t soda) va 2004 yilda ishga tushirildi. Mamlakatimiz Prezidenti Vazirlar Mahkamasining 2009 yil yakunlariga bag'ishlangan majlisida Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida mamlakatimizda mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ularning eksport salohiyatini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta'kidladi. O'tgan yili mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan kalsiylashtirilgan sodaning eksport hajmi rejaga nisbatan qariyb 5 barobarga o'sdi. Joriy yilda bu boradagi reja 30 ming tonnani tashkil etadi va mahsulotlar asosan MDH mamlakatlariga yetkazilib beriladi.
Prezidentimizning Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab- quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish dasturi to'g'risidagi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida korxonada mahsulot tannarxini kamaytirishga e'tibor qaratilmoqda. Unga ko'ra, 2009 yilda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini o'rtacha 5,1 milliard so'mga kamaytirish kutilgan edi. Amalda esa bu ko'rsatkich 6,5 milliard so'mni tashkil etdi.
Bugungi kunda zavod mahsulotlariga xorijda talab oshib bormoqda. Natijada 2009 yilda 31.2 ming tonna, ya'ni 5,54 million AQSh dollari miqdorida kalsiylashtirilgan soda xorijga eksport qilindi. Ma'lumki, 2009 yilning 20-26 oktyabr kunlarida Toshkent shahrida o'tkazilgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi doirasida ichki iste'molchilar bilan 23,1 milliard so'mlik, eksport bo'yicha esa qiymati 2,6 million AQSh dollarga teng shartnomalar tuzildigan edi.
O'simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo'ngitsidlar) Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965 y.dan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960 yildan, gerbitsidlar: nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar: fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika qishloq xo'jaligida o'simliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda ko'llaniladigan oltingugurt kukuni Sho'rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Sho'rtan gaz komplekslarida ishlab chiqariladi.
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Chirchiq "Elektrkimyosanoat" AJda kaprolaktam (1980 yildan, yillik quvvati 70 ming t), Farg‘ona kimyoviy tolalar zavodi (1959)da atsetat iplar, "Navoiyazot" AJda akril tolalari (1974 yildan; yillik quvvati 23 ming t dan ko'proq), Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t) ishlab chiqariladi. Farg‘ona furan birikmalari zavodi (1946)da sellyuloza mustaqilligini ta’minlash bo'yicha paxta lintidan sellyuloza ishkab chiqarishga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Farg‘ona kimyoviy tolalar zavoidida kaprolaktamni qayta ishlab, kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar bor.
O'zbekistonda kimyo sanoati yuksak sur'atlarda rivojlanmoqda. Mamlakatimizda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilayotir. Buning natijasida foydali qazilma maydonlari soni va turi tobora ko'payib bormoqda.
O'zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega mineral xomashyo bazasini rivojlantirish, rudali hududlarni tadqiq qilish, zaxiralarni aniqlash va geologiya- qidiruv ishlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ustuvor vazifalardan etib belgilangan. Bu, o'z navbatida, soha ilm-fani va olimlari zimmasidagi mas'uliyatni yanada oshiradi. Shu bois mazkur mintaqaviy konferensiya dunyoning ko'plab mamlakatlaridan kelgan olim va mutaxassislar, ekspertlarning bu boradagi izlanishlari, kashfiyotlari va xulosalarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.
Kimyo sanoati ogir sanoatning asosiy tarmog'i bo'lib, O'zbekistin iqtsodiyotida va xalk xo'jaligida ahamiyati kattadir.
Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalarini - Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, Farg'ona sun'iy tola zavodi, Namangan kimyo zavodi, Toshkent lak-buyoq materiallari va plastmassalarni ishlab chiqaradigan va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan hududlar — Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi.
Bu kabi samaraga erishishda davlatimiz rahbarining 2009 yil 11 martda qabul qilingan “Kimyo sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni o'zlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar Dasturi to'g'risida”gi qaroriga muvofiq berilgan imtiyozlar mahsulot turini kengaytirishda muhim omil bo'lmoqda. Tarmoq korxonalarida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgani, 2010 yilning to'qqiz oyida mamlakatimiz qishloq xo'jaligi sohasiga ular tomonidan ko'plab miqdorda fosfatlashtirilgan ammiak selitrasi, A markali metanol, ammiak ishlab chiqarish uchun katalizatorlar, karbamid-ammiak aralashmasi, natriy nitrati, trinatriyfosfat va karboksimetilselluloza kabi keng turdagi kimyo mahsulotlari yetkazib berilgani buning dalilidir.
Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmog'i - kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, ichki va tashqi bozorda xaridorgir yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, energiya sarfini kamaytirish, korxonalarda qo'shimcha ish o'rinlari yaratish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mineral o'g'itlarga bo'lgan talabini qondirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar berayotgan yuksak samaralardandir.
Bugungi kunda kimyo sanoati tizimidagi korxonalarda mineral o'g'itlar, sun'iy tolalar, polimer materiallar, energetika, kimyo, tog'-kon sanoati uchun kimyoviy reagentlar, o'simliklarni himoya qilish vositalari, defoliantlar, chigit ekishda ishlatiladigan plyonkalar singari 150 turdan ko'proq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bunda mamlakatimizdagi mavjud xomashyo resurslari va jahon bozoridagi mineral o'g'itlarga bo'lgan talabning o'zgarishiga jiddiy e'tibor qaratilyapti.16O'zbekiston kimyo sanoati mahsulotlari, ayniqsa mineral o'g'tlar amiyak, kimyoviy tola va iplar, kaliy, oltingugurt kislotasi, azot, fasfor, natriy kabi mahsulotlar ishlab chiqarish sezilarli ravishda oshib bormoqda.
O'zbekistonda kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish yildan yilga oshib bormoqda. Masalan 5 yil mobaynida kimyoviy tola va iplar ishlab chiqarish (3 barobarga), oltingugurt kislotasi (1,5 barobarga), mineral o'g'itlar (1,3 barobarga), kalsiylashtirilgan soda (2 barobarga) ortganini ko'rashimiz mumkin. Kiyo mahsulotlari ichida sirka kislatasi hajmi 2005 yildan 2011 yilgacha 617,3 %, kimyoviy tola va iplar 305,5 %, oltingugurt kislotasi 160,6
O'zbekiston kimyo sanoati mahsulotlari yildan yilga o'sib bormoqda. Kimyo sanoati mahsulotlari orasida eng yuqori suratlar bilan o'sib borayotgan kalsiylashtirilgan soda 2005 yildan 2011 yilgacha o'rtach 25%dan o'sib bordi. Keying o'rinlarda sirka kislotasi o'rtacha 20%, mineral o'g'itlar 8%, karbamid 12% o'sish kuzatilgan. Kimyo mahsulotlari ichda kimyoviy tola va iplar o'sishi 2005 -2008 yillarda mos ravishda -40,8,-21,0% ga kamaygan, albatta bu salbiy holat. O'simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari ha 2005-2007 yillarda mos ravishda -40,6%, -14,2% ga kamaygani achinarli holat.
2012 yi 30 iyul kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan “O'zbekiston-Eron biznes-forumi” davomida “O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar muhiti va xorijiydan investitsiyalarni jalb etish istiqbollari” deb nomlangan ma'ruzasida “O'zinfoinvest” agentligi direktori Baxtiyor Ermatov shunday xulosaga keldi.
“Qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuqori iste'mol xususiyatlariga ega bo'lgan kimyo mahsulotlarining yangi turlarini o'zlashtirish uchun poydevor qo'yadi”, - deb qayd etdi Baxtiyor Ermatov


Download 122,62 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 122,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Кўллари ва сув омборлари

Download 122,62 Kb.