57
5.3-rasm. WLAN 802.11b Wi-Fini tashkil etish usullari.
WLAN texnologiyasiga misol sifatida 2.4GGs diapazonda 1, 2, 5,5 va 11
Mbit/s tezliklarda ma’lumotlarni uzatilishini ta’minlaydigan 802.11b Wi-Fi
(802.11b – Wireless Fidelity) oilasi simsiz tarmoqlar texnologiyalari hisoblanadi.
Bu WLAN texnologiyasi o‘quv, tijorat, ko‘ngilochar tashkilotlarida,
shuningdek
uyda foydalanishda ommaviy keng tarqalgan. 5.3-rasmda WLAN 802.11b Wi-Fini
tashkil etish usullari keltirilgan. 5.4-rasm WLAN 802.11b Wi-Fi uzatish tezligini
ulanish nuqtasi va mobil stansiya orasidagi masofaga bog‘liqligini namoyish
etadi.
9
9
Komagorov V.P. Texnologii seti Internet: protokol i servis. – Tomsk: Tomskiy politexnicheskiy universitet, 2009.
– 107s
58
5.4-rasm. WLAN 802.11b Wi-Fi uzatish tezligini ulanish nuqtasi va
mobil stansiya
orasidagi masofaga bog‘liqligi.
Olisdan ulanish simsiz tarmoqlari simsiz ulanish nuqtasidan o‘nlab
kilometrlarga aloqaning uzoqligini ta’minlaydi. Bu holda bazaviy stansiya
xizmatlarni yetkazib beruvchi sotali aloqa provayderi tomonidan boshqariladi.
Olisdan ulanish simsiz tarmog‘ini 3G sotali aloqa tarmog‘i misolida ko‘rib
chiqamiz. 3G operator tarmog‘i radioulanish va tayanch tarmog’i (Core Network,
CN) ga bo‘linadi. 3G da CN mantiqan paketlar kommutatsiyalanadigan domenga
(PS) va kanallar kommutatsiyalanadigan domenlarga (CS) bo‘linadi.
Paketlar
kommutatsiyalanadigan domen xizmatlaridan biri Internetga mobil ulanish
hisoblanadigan TCP/IP protokollari asosida ma’lumotlarni paketli uzatilishini
ta’minlaydi. Paketlar kommutatsiyalanadigan domen tarkibiga quyidagi qurilmalar
kiradi: MSC serveri (MSC server yoki MSS), mediashlyuz (Media Gateway,
MGW), foydalanuvchining joylashish o‘rnini aniqlash registri (VLR),
uy registri
59
(HLR), autentifikatsiyalash markazi (AUC) va qurilmalarni identifikatsiya qilish
registri (EIR).
10
5.5-rasm. 3G tarmoqda Internetga mobil ulanish
Kanallar kommutatsiyalanadigan domen kanallar
kommutatsiyalanadigan
xizmatlarni qo‘llash va eski qurilmalar bilan moslashuvchanlik uchun
arxitekturaga kiritilgan. Kanallar kommutatsiyalanadigan sohasida MSC alohida
serverdan va kanallar kommutatsiyalanadigan sohada CS-MGW mediashlyuzdan
foydalanish abonentlar tekisligi va boshqarish tekisligini
ajratishga va abonentlar
tekisligini geografik optimallashtirishga imkon berdi.
10
James F. Kurose, Computer Networking ATop-Down Approach 6
th
Edition// 2013 by Pearson Education