Dial-Up texnologiyasi orqali ulanish




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

6.1.1. Dial-Up texnologiyasi orqali ulanish 
 
Modem, kompyuterning raqamli signallarini telefon kabeli orqali 
uzatiladigan analog signalga o‘zgartiradi. Signal internet provayder tomonida 
qabul qilinadi, guruhli modem teskari o‘zgartirishni amalga oshiradi. Dial-Up 
orqali ulanishda ma’lumotlarni uzatishning maksimal tezligi 56 kbit/s. Masalan, 
MP3 formatidagi 3 minut davomiylikli musiqali fayl 8 minutda yuklanadi. Eng 
yuqori tezlik keng polosali ulanishni ta’minlaydi. 
13
6.3-rasmda Dial-Up orqali ulanishni tashkil qilish usuli ko‘rsatilgan. 
6.3-rasm. Dial-Up orqali ulanishni tashkil etish usuli 
 
6.1.2. xDSL texnologiyasi orqali ulanish 
 
5.4-rasmda xDSL orqali ulanishni tashkillashtirish usullari ko‘rsatilgan. 
13
Son V.M., Sadchikova S.A. Osnov telekommunikatsii. Metodicheskiy kompleks prakticheskix zanyatiy. 
Tashkent, TUIT, 2008 http: // www. teic.uz/ lib 


64 
6.4-rasm. xDSL orqali ulanishni tashkillashtirish usullari 
ADSL modemlari mijoz abonent liniyasining har bir yakunida o‘rnatiladi. 
Mis juftliklarida ancha katta polosa kengliklarini olish uchun ADSL modem 
texnologiyasi, chastota diapazonlarini taxminan 0.4 MGs dan 1.1 MGs gacha 
bo‘ladigan algoritmlarga ega bo‘lishi kerak. Splitter – ADSL modemini telefon 
simi bilan ulash uchun qo‘llaniladigan past chastotali fil’tr berilgan chastotalardan 
yuqorisini o‘tkazmaydi. Madomiki, telefon ulanishlarida barcha nutq signallari 4 
kGs dan past ekan, mikrofil’trlar (LP – Low Pass) shunday shakllanadiki
ma’lumotlar olib ketuvchi signallarga to‘siq bo‘luvchi, standart telefon kanallariga 
ta’sir qiluvchi, 4 kGs dan yuqori barcha chastotalarni blakirovka qiladi. Hattoki, 
mazkur abonent liniyasida ADSL uskunalari shikastlanganda ham past chastotali 
fil’tr telefon chaqiriqlariga uzluksiz xizmat qiladi. ATS tomonda quyidagi 
funksiyalarga ega bo‘lgan DSLAM (Digital Subscriber Line Access Multiplexer) 
o‘rnatiladi: 
• shleyfni zichlashtiruvchi keng polosali raqamli tizimni yaratish; 
• raqamli abonent liniyasi (AL) ning uzoqdagi modemiga chastotaviy 
modulyatsiya, ma’lumotlar oqimini “tarmoq-foydalanuvchi” va “foydalanuvchi-
tarmoq” uzatish yuklamasi marshrutizatsiyasi; 
• fizik sathni o‘zgartirish. 
Mahalliy uzelning Internet-provayderi, xonadon abonentlarini va tijoriy 
faoliyat olib boruvchi korxonalarni xDSL stansiyasi bilan ulash uchun DSLAM ni 


65 
qo‘llaydi. DSLAM raqamli abonent liniyasining yuzlab modemlaridan chiqqan 
“tarmoq-foydalanuvchi” oqimlarini ma’lumotlarini qabul qilishi kerak, keyin bu 
ma’lumotlarni ulagan va multipleksirlagan holda, ancha yuqori tezlikda uzatish 
uchun chastotaviy qurilmaga kiritadi. DSLAM, “tarmoq-foydalanuvchi” 
oqimlarini, tarmoqni ta’minlovchilarni keyingi qurilmalariga birlashtiradi: 
xDSL orqali ulanish quyidagi afzalliklarga ega: 

mavjud abonent liniyalari (AL) ni qo‘llash; 

takomillashtirmasdan, telefon simlarining mis juftliklari bo‘yicha 
ma’lumotlarni uzatish tezligini sezilarli darajada oshirish; 

juda ko‘p har xil turdagi trafiklarni (odatdagi telefon gaplashishlaridan tortib 
Internetga ulanishgacha) yagona abonent liniyasi bo‘yicha uzatish; 

ma’lumotlarni 32kbit/s dan 50Mbit/s gacha tezlikda uzatish
xDSL oilasi tarkibiga quyidagi texnologiyalar kiradi: 

ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line – asimmetrik raqamli abonent 
liniyasi); 

RADSL (Rate-Adaptive Digital Subscriber Line – ulanish tezligini 
moslashtiruvchi raqamli abonent liniyasi); 

ISDL (ISDN Digital Subscriber Line – raqamli abonent liniyasi IDSN); 

HDSL 
(High 
Bit-Rate 
Digital 
Subscriber 
Line 
– 
yuqori 
tezlikliabonentliniyasi); 

SDSL 
(Symmetric 
Digital 
Subscriber 
Line 

simmetrikraqamli 
abonentliniyasi); 

VDSL (Very High Bit-Rate Digital Subscriber Line – o‘ta yuqori tezlikli 
raqamli abonent liniyasi); 

G.Lite (ADSL texnologiyasining soddalashtirilgan varianti hisoblanadi) va 
uning variatsiasi. 
5.1-jadvalda xDSL texnologiyasining tavsiflari keltirilgan 


66 
5.1-jadval. xDSL texnologiyasi tavsifi 

Download 11,41 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dial-Up texnologiyasi orqali ulanish

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish