FDDI – WAN global tarmoq texnologiyasi




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

7.5. FDDI – WAN global tarmoq texnologiyasi
FDDI tarmog‘i optik kabelga asoslanadi va WAN global tarmoq 
texnologiyasi hisoblanadi. FDDI da ma’lumotlarni uzatish uchun asosiy muhit 
TOAL bo‘lsa ham ekranlashtirilgan va ekranlashtirilmagan mis juftlik 
ishlatilganda bu texnologiyani lokal tarmoqda qo‘llash mumkin.


81 
FDDI ning mantiqiy topologiyasi – xalqa topologoiyasi hisoblanadi. 
Xalqaning umumiy uzunligi 100 km, stansiyalarning maksimal soni – 500 ta. 
TOAL ishlatilganligi sababli tarmoq elektromagnit xalaqitlarga sezgir emas va 
xavfsizlik darajasi yuqori – ma’lumotlarni uzoqdagi qurilmalar yordamida tutish 
qiyin. 
FDDI tarmog‘ining rad etishlarga bardoshliligi ma’lumotlarni uzatish 2 
xalqasi yordamida ta’minlanadi (7.8-rasm). Normal xolatda ma’lumotlar faqat 
asosiy xalqa bo‘ylab uzatiladi. Stansiyaning bitta fizik uzilishida (alohida tugun 
yoki kabel segmenti shikastlanganda) uzilishning ikki tomonidan nosozlik topiladi 
va ma’lumotlar oqimi avtomatik tarzda asosiy xalqaga qarama-qarshi yo‘nalishga 
ega bo‘lgan rezerv xalqaga o‘tkaziladi. 
7.8-rasm. FDDI tarmog‘i. 
FDDI da ishlatiladigan asosiy uskunalarning turlari: 

Dual Attachment Concentrator,DAC – magistral tarmoqqa ikkilangan 
ulanishli konsentrator, xalqani qayta tiklashda ishtirok etadi; 

SingleAttachmentConcentratorSAC – bitta ulanishli konsentrator, xech 
qachon magistral tarmoqqa ulanmaydi, faqat boshqa konsentratorga ulanadi; 


82 

NullAttachmentConcentratorNAC – magistral tarmoqqa ulanmaydi, FDDI
ni ichki magistral sifatida ishlatadi; 

DualAttachmentStationDAS – magistral tarmoqqa yoki konsentratorga 
ikkilangan ulanishli stansiya, xalqani qayta tiklashda ishtirok etishi mumkin. 
FDDI da ma’lumotlarni uzatish bir necha bosqichlarda olib borilishi mumkin: 
1. Stansiya – jo‘natuvchi tomonidan markerni egallash. 
2. Stansiya – jo‘natuvchi tomonidan ma’lumotlarni uzatish.
3. Boshqa stansiyalar tomonidan kadrni qabul qilib olish va uni xalqaga 
qaytarish. 
4. Stansiya – qabul qiluvchi tomonidan kadrni hisoblash va uni xalqaga 
qaytarish.
5. Stansiya – jo‘natuvchi tomonidan xalqadan kadrni o‘chirish. 
Har bir stansiya navbatma-navbat kadrni qabul qiladi va belgilangan adres 
(adres naznacheniya) ni shaxsiy adres bilan taqqoslaydi. Agar adreslar mos 
kelmasa, u xolda stansiya kadrni regeneratsiyalaydi va keyingi tugunga uzatadi. 
Agar adreslar mos kelsa, u xolda stansiya kadrni qabul qiluvchi buferga 
joylashtiradi, xatoliklar mavjudligiga tekshiradi, ma’lumotlarni qabul qilinganligini 
qayd etadi va kadrni xalqaga qaytaradi. Stansiya– jo‘natuvchi kadr yaxshi 
yetkazilganligini aniqlaydi va yaxshi yetkazilgan bo‘lsa, uni tarmoqdan o‘chiradi, 
agar yaxshi yetkazilmagan bo‘lsa – uni regeneratsiyalaydi (avval jo‘natilgan 
kadrni takrorlaydi). 

Download 11,41 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FDDI – WAN global tarmoq texnologiyasi

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish