78
7.6-rasm. ARCnet da ma’lumotlarni uzatish.
Agar tushuvchi kadrning sarlavhasi tarkibida ushbu stansiyaning adresi
mavjud bo‘lsa, u qabul qilish xolatiga o‘tadi va
qabul qilingan kadrni qayta
ishlaydi. Qabul qilingan kadr tarkibida LLC ma’lumotlar paketi mavjud bo‘lsa, u
yuqori satxga uzatiladi, stansiya esa kanalni eshitish xolatiga qaytadi. Agar qabul
qilingan
kadr marker hisoblansa, u xolda stansiya kadrni uzatish xuquqini oladi.
Agar yuqori satxdan tushayotgan ma’lumotlar paketiga ega bo‘lsa, uni uzatadi.
Paketni uzatish tugagach, markerni uzatish bajariladi. Paket mavjud bo‘lmaganda
marker uzatiladi va stansiya kanalni eshitish xolatiga o‘tadi.
ARCnet standartining tarmoqlari ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish
tizimini qurish uchun mo’ljallangan. Ethernet dan farqli, har bir ishlab chiqaruvchi
uskunaga talab etilgan vaqt oralig’ida ma’lumotlarni
uzatish kanaliga ulanish
kafolatlangan, ular uzluksiz texnologik jarayonlarni tashkil etish uchun zarur
bo’lsa.
ARCnet standartidagi tarmoqlarni rivojlantirish
istiqbollari quyidagilar
hisoblanadi:
TOAL ga almashtirish,
79
tarmoqning uzunligi va
uzatish tezligini oshirish,
konsentrator va kommutatorlarning ishlab chiqaruvchanligini oshirish.