93
Tarmoq xizmati OT orqali yoki ikki qism (klient va server) orqali, yoki
ulardan biri orqali amalga oshiriladi.Birinchi holatda bir rangdagi
(odnorangovaya) deb nomlanuvchi operatsion tizim, nafaqat boshqa kompyuterlar
resurslariga murojaat
qilish imkonini bildiradi, balki boshqa kompyuter
foydalanuvchilariga o‘z resurslaridan foydalanishga ruxsat beradi.Masalan, agar
barcha tarmoq kompyuterlarida fayl xizmatiningham klient,
ham serveri
o‘rnatilgan bo‘lsa, barcha tarmoq foydalanuvchilari birgalikda bir-birining
fayllarini qo‘llashi mumkin. Klient va server funksiyalarini
mujassamlashtiruvchi kompyuterlar bir rangli deb nomlanadi.
Tarmoq xizmatining klient qismini o‘z
ichiga olgan operatsion
tizim
klientlik deyiladi.Klientlik OTtarmoqning boshqa kompyuterlari resurslariga
so‘rov bilan murojaat qiluvchi kompyuterlarga o‘rnatiladi.
Ishchi stansiyalar deb
nomlanuvchi bunday kompyuterlarda oddiy foydalanuvchilar ishlaydi.
Odatda ishchi stansiyalar nisbatan oddiy qurilmalar sinfiga kiradi.
Operatsion tizimning boshqa turiga
server OT kiradi — u o‘z
kompyuteri resurslariga tarmoqdan so‘rovlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan va
asosan tarmoq xizmatlarining server qismlarini o‘z ichiga oladi. Boshqa
kompyuter so‘rovlariga xizmat qiluvchi server OT o‘rnatilgan kompyuter
tarmoqning
ajralgan serveri deyiladi.
Ajralgan serverda oddiy
foydalanuvchilar odatda ishlamaydi.