112
Paket
tarkibiga sarlavha, ma’lumot joyi va oxiri kiradi. Sarlavha paket
boshida
joylashgan joyi xisoblanadi, unda uzatish adresi va jo‘natuvchi uchun
ishlatiladigan boshqa yordamchi ma’lumot joylashgan (ma’lumotlar
uzunligi,
nazorat summasi va hoqazo). Paket oxiri bu paket oxirida joylashgan joy
xisoblanadi, unda ma’lumotni tarmoq bo’ylab uzatish paytida o‘zgargan yoki
o‘zarmaganligini tekshiradigan nazorat summasi joylashgan.
Xar bitta paket kommutator yordamida tarmoq trafigini tashkil qilgan boshqa
paketlarga bog‘liq bo‘lmagan holda qayta ishlanadi. Texnologiyaga qarab paketlar
aniq yoki o‘zgaruvchan uzunligiga ega bo‘lishi mumkin,
sarlavhada joylashgan
axborot tuzilishi ham o‘zgarishi mumkin, masalan:
-ATM texnologiyasining paketlari (yacheykalari) fiksatsiyalangan uzunligiga
ega;
-Ethernetda minimal va maksiumal paket (kadrlar) o’lchamlari o‘rnatilgan.
10.2-rasm. Marshrutizatorning arxitekturasi.
10.2-rasmda marshrutizatorning tuzilish sxemasi keltirilgan. Xar bir paket bit
bo‘yicha ketma ket kirish buferiga joylashadi (10.3-rasm.).
Marshrutizatorning
113
xotirasida butun paket bo‘lmasa, paket o‘tishi haqida qarorni qabul qila olmaydi.
Marshrutizator nazorat summani tekshiradi, agar paket ma’lumotlari
buzilmagan
bo‘lsa, paketni qayta ishlashini boshlaydi va uzatish adresi bo‘yicha keyingi
marshrutizatorni aniqlaydi.
10.3-rasm. Kirish portini qayta ishlash.
Buferlar quyidagi funksiyalarni bajarish uchun kerak bo‘ladi:
marshrutizator interfeyslarga ulangan aloqa liniyasida ma’lumotlarning
tezliklarini moslashtirish uchun. Agar bitta aloqa
liniyadan paketlar kirish
tezligi chiqish aloqa liniyaning o‘tkazish qobiliyatidan yuqori bo‘lsa,
paketlar yo‘qolmasligi uchun interfeysda navbat tashkil qilinadi;
paketlar kirish tezligini va kommutatsiya tezligi bilan moslashtirish uchun.
Agar kommutatsiya bloki paketlarni qayta ishlashga ulgurmasa, kommutator
interfeyslarida kirish navbatlar xosil bo‘ladi (10.4-rasm).
10.4-rasm. Chiqish portini qayta ishlash.
114
Paketli kommutatorda paketlarni o‘tishi uchta turi mavjud:
Deytagrammali uzatishi;
Logik ulanishni o‘rnatish bilan uzatish;
Virtual kanal o‘rnatish bilan uzatish.