119
qaratilgan, ikkinchisi va oxiridan oldingi harakatingiz yuk va boshqalar bilan
bog‘liq.
11.1-rasm. Uchishni amalga oshirishda yo‘lovchi harakatlarining ketma-ketligi.
Harakatlar tuzilmasi simmetrik hisoblanadi, bu yerda “simmetriya o‘qi”
bo‘lib uchib o‘tish xizmat qiladi. Shunday qilib, samolyotdagi sayohat jarayonini
11.2-rasmda tasvirlanganidek gorizontal darajalar majmui ko‘rinishida
taqdim
etish mumkin.
Keltirilgan gorizontal tuzilma (11.2-rasm) bizning ko‘rib chiqishimiz uchun
asosiy predmet hisoblanadi. Biz sayohatni har bir komponentining boshqa
komponentlarga nisbatan joyini aniqlashga erishdik. Masalan, yo‘lovchilarni
ro‘yxatga olish haqida aytilganda,
biz bilamizki, bu yuk tekshirilganidan keyin
samolyot bortiga o‘tqazishdan oldin bo‘ladigan protsedura hisoblanadi. Har bir
ajratilgan daraja o‘z funksionalligiga ega, ya’ni yo‘lovchilarga xizmatlarni taqdim
etadigan xizmatlarga ega. Chipta darajasidan quyida yo‘lovchi
chiptani olishdan
shikoyatni qabul qilishgacha barcha xizmat ko‘rsatish bosqichlarini, yuk
darajasidan quyida esa yukni tekshirish va topshirishdan uni olishgacha barcha
bosqichlar orqali o‘tadi va h.k.. Bunda yuk darajasida
faqat chipta darajasida
xizmat ko‘rsatishdan o‘tgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Shuning o‘zi
120
boshqa darajalar uchun ham o‘rinli bo‘ladi. Shunday qilib, darajalardan har birida
xizmat ko‘rsatish bu darajaga kiradigan funksiyalarni bajarilishi yo‘li bilan barcha
oldingi darajalardagi xizmat ko‘rsatish natijalaridan foydalanish orqali amalga
oshiriladi.
11.2-rasm. Uchib o‘tish jarayonining gorizontal ko‘p darajali tuzilmasi.