124
11.1.6. Kanal darajasi
Tarmoq darajasi paketni oxirgi tizimlar orasida marshrutizatorlar turkumi
orqali uzatilishini ta’minlaydi. Bitta tugundan boshqa tugunga paketni
(deytagrammani) harakatlanishi uchun tarmoq darajasi kanal darajasi xizmatlariga
murojaat qiladi. Kanal darajasining asosiy funksiyasi
marshrutdagi tugunlar
orasida deytagrammalarni uzatishdan iborat.
Kanal darajasi ishlatiladigan aloqa liniyasiga mo‘ljallangan maxsus
protokolni ishlatadi. Ba’zan kanal darajasi protokollari tugunlar orasida ishonchli
uzatishni ta’minlaydi. Transport va kanal darajalardagi ishonchli uzatishning
farqiga e’tibor bering: TCP protokoli xabarlarning butun harakatlanishi yo‘lida,
kanal darajasi protokoli esa faqat tugunlar juftligi
orasidagi ishonchlilikni
ta’minlaydi. Kanal darajasi protokollariga Ethernet, Wi-Fi kabilar kiradi. Masalan,
deytagramma bitta oraliqda Ethernet protokoli orqali va boshqa oraliqda RRR
protokoli orqali qayta ishlanishi mumkin. Modomiki, jo‘natuvchidan manzilga yo‘l
odatda turil jinsli aloqa liniyalaridan tashkil topar ekan, deytagrammalarni uzatish
turli kanal protokollari orqali amalga oshirilishi mumkin. Kanal darajasida
ma’lumotlarni almashinish birligini biz
kadrlar deb ataymiz.
Qisqacha
aytganda, kanal sathi (ma’lumotlar zvenosi sathi, informatsion-
kanal sathi) ma’lumotlarni fizik kanal orqali ishonchli uzatishni ta’minlaydi, ya’ni:
fizik adresatsiyani ta’minlaydi (tarmoq va mantiqiy
adresatsiyadan farqli
o‘laroq);
uzatishda xatoliklarni aniqlash va ma’lumotlarni qayta tiklashni ta’minlash;
tarmoq topologiyasini aniqlaydi va oxirgi tizim orqali tarmoq kanalidan
foydalanish tartibini ta’minlaydi;
nosozliklar haqida xabardor qilishni ta’minlaydi;
ma’lumotlar blokini tartibli ravishda yetkazish va axborot oqimini
boshqarishni ta’minlaydi.
Lokal tarmoq uchun kanal sathi ikki sath ostilariga ajratiladi:
125
LLC (Logical Link Control) – mantiqiy
zvenoni boshqarishni, ya’ni kanal
sathi funksiyalarini ta’minlaydi;
MAC (Media Access Control) – tarqatish muhitiga kirishning maxsus
usullarini ta’minlaydi.