126
11.4-rasm. TCP/IP modeli steki asosida tarmoq ko’rinishi.
To‘liq kommunikatsiya jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Manba tomonidagi oxirgi qurilmaning ilovalar sathida ma’lumotlarni
yaratish;
2. Ma’lumotlarni manba – oxirgi qurilmada protokollar steki bo‘yicha quyi
sathlarga uzatishda inkapsulyatsiya qilish;
3. Stekning tarmoqli kirish sathida ulanishda ma’lumotlarni generatsiyalash
(uzatish);
4. Tugun va turli oraliq qurilmalardan iborat bo‘lgan
birlashtirilgan tarmoq
bo‘ylab ma’lumotlarni uzatish;
5. Qabul qiluvchi oxirgi qurilmaning tarmoqli kirish sathida ma’lumotlarni
qabul qilish;
6. Ma’lumotlarni qabul qilish qurilmasining steki bo‘ylab yuqoriga uzatishda
dekapsulyatsiya qilish;
7. Ushbu ma’lumotlarni qabul qiluvchi qurilmaning ilovalar sathida qabul
ilovasiga uzatish.