OSI va TCP/IP protokollarining integratsiyasi mazmuni




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
11.7. OSI va TCP/IP protokollarining integratsiyasi mazmuni 
Boshida OSI modeli ochiq tizimlarning protokollar stekini qurish uchun asos 
bo‘ladigan strukturani ta’minlash maqsadida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti 
(International Organization for Standardization, ISO) tomonidan loyihalashtirilgan 
edi. Asosiy fikr shundan iborat ediki, ko‘plab protokollardan xususiy tizimlarga 
bog‘liq bo‘lgan xalqaro tarmoqni ishlab chiqarish uchun foydalanish edi. 
Ammo afsuski, TCP/IP ga asoslangan Internet adaptatsiya qilgan tezlik va 
uning tarqalish ko‘rsatkichlari OSI protokollar stekini ishlab chiqish va uni 
amaliyotda qo‘llanilishining shunchaki qolib ketishiga olib keldi. Lekin OSI 
spesifikatsiyalari asosida ishlab chiqilgan bir necha protokollar bugungi kunda 
keng tarzda qo‘llanilmoqda, shuning uchun 7 sathli OSI modeli boshqa protokollar 
va mahsulotlarni barcha turdagi tarmoqlar uchun ishlab chiqishga sezilarli darajada 
hissa qo‘shdi. 
TCP/IP stekiga kiruvchi protokollarni OSI modelining so‘rov terminlarida 
tavsiflash mumkin. OSI modelida tarmoqli kirish sathi va TCP/IP modelining 
ilovalar sathi ushbu sathlarda kechayotgan alohida funksiyalarni tavsiflash uchun 
yana bir necha sathlarga ajratiladi. 
Tarmoqli kirish sathida TCP/IP protokollar steki ma’lumotlarni fizik ulanish 
orqali uzatishda qaysi protokollardan foydalanishni ko‘rsatmaydi – u faqat tarmoq 
sathidan fizik tarmoq protokollariga o‘tishni tavsiflaydi. OSI modelining 1-2-
sathlari ulanishga kirish uchun zaruriy protseduralarni va ma’lumotlarni tarmoq 
bo‘ylab uzatish uchun fizik vositalarni muhokama qiladilar (11.6-rasm). 


131 
11.6-rasm. OSI va TCP/IP modellarining o’zaro integratsiyasi 
Ikki tarmoq modellari o‘rtasidagi asosiy parallellar OSI modelining 3-4-
sathlaridan o‘tadi. OSI modelining 3-sathi, tarmoq sathi, ma’lumotlarni tarmoq 
bo‘ylab adreslash va marshrutizatsiyalash uchun ma’lumotlarning barcha 
tarmoqlarida kechadigan qator jarayonlarni muhokama qilish va hujjatlarga kiritish 
maqsadida barcha joylarda qo‘llaniladi. Internet protokoli TCP/IP protokollar steki 
tarkibiga kirib, 3-sathda keltirilgan funksionallikni o‘z ichiga oladi. 
4-sath, OSI modelining transport sathi manba va qabul qilish xostlari 
o‘rtasidagi alohida dialoglarni boshqaradigan asosiy xizmat va funksiyalarni 
tavsiflash uchun foydalaniladi. Ushbu funksiyalar tasdiqlash (qabul qilinganlik 
haqida xabardor qilish), xatolardan keyin qayta tiklash va tartiblashni o‘z ichiga 
oladi. Ushbu bosqichda TCP/IP va UDP protokollari zaruriy funksionallikni 
ta’minlashi lozim. 
TCP/IP ilovalar sathi oxirgi foydalanuvchining ko‘plab ilovalarining spesifik 
funksionalligini ta’minlovchi qator protokollarni o‘z ichiga oladi. OSI modelining 
5-6-7-sathlari kommunikatsiyalarni amalga oshirish uchun tarmoqqa kirishni talab 
qiluvchi mahsulotlarni yetkazib berish uchun ilova dasturiy ta’minotini ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan so‘rovnoma sifatida foydalaniladi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 OSI va TCP/IP protokollarining integratsiyasi mazmuni

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish