127
11.3. Ko‘p darajali tuzilma
Ko‘p darajali tuzilma katta va murakkab tizimning elementlarini batafsil
baholashga imkon beradi. Ko‘p darajali tuzilmadan foydalanish
orqali tizimning
funksiyasini modifikatsiyalash oson, buning uchun faqat mos darajaga o‘zgartirish
kiritish
kerak,
bunda
tizimning
tuzilmaviy-funksional
tashkil
etilishi
oldingidagidek qoladi. Masalan, ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish
ro‘yxatga olish darajasini ichki o‘zartirishga
olib keladi, bu uning funksiyalariga
hech qanday ta’sir qilmaydi va butun tizimning tuzilmasini o‘zgartirmaydi.
11.4. Protokol darajalari
Endi tarmoq protokollarini tashkil etilishini ko‘rib chiqamiz. Protokollar va
barcha tarmoq dasturiy va apparatli ta’minot
darajalar ko‘rinishida tashkil etilgan.
Har bir protokol tarmoq kommunikatsion modelining ma’lum darajasiga kiradi.
Protokollarni qo‘llash
apparatli, dasturiy yoki aralash bo‘lishi mumkin.
HTTP va SMTP kabi amaliy daraja protokollari, shuningdek
transport darajasi
protokollari deyarli doimo dasturiy qo‘llanadi. Aksincha, ma’lumotlarni
uzatish
muhiti bilan uzviy bog‘langan fizik va kanal darajalari protokollari tarmoq
interfeys kartasi orqali apparatli qo‘llanadi (masalan,
Ethernet, Wi-Fi).
Kommunikatsion modelning markazida joylashgan tarmoq darajasi ham apparatli,
ham dasturiy qo‘llanilishi mumkin.
11.5. Internet protokollari steki
Shunga e’tibor beringki, biz yuqori (11-bob boshida) da keltirgan protokollar
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish funksiyasi aeroportlar
orasida taqsimlanganiga
o‘xshash oxirgi tizimalar va marshrutizatorlarni o‘z ichiga olgan tarmoq
komponentlari orasida taqsimlangan.
128
Kommunikatsion modelning
barcha darajalari majmui protokollar steki
deyiladi.
Internet protokollari stek modeli ma’lum protokollarni yig‘ish strukturasiga
muvofiq keluvchi modeldir. O‘zaro bog‘langan protokollarning ierarxik ko‘pligi
to‘plamda, odatda, ijtimoiy tarmoqning ma’lumotlar tarmog‘i bilan o‘zaro aloqada
ishlashi uchun talab qilinadigan butun funksionallikni taqdim qiladi. TCP/IP
modeli TCP/IP steki tarkibidagi har bir sath protokollarida kechuvchi funksiyalarni
tavsiflaganligi sababli
protokollar steki modeli deyiladi.