121
11.3-rasm. OSI etalon modeli.
11.1.1. Amaliy daraja
Amaliy daraja tarmoq ilovalarini qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Amaliy
darajaning ko‘plab protokollari mavjud bo’lib, ulardan eng muhimlari HTTP (web-
sahifalar formatini uzatish uchun), SMTP (elektron pochta uchun) va FTP
(fayllarni almashinish uchun) hisoblanadi.
Amaliy daraja protokollari oxirgi tizimlar bo‘yicha
taqsimlangan, oxirgi
tizimdagi har bir ilova boshqa oxirgi tizim bilan ma’lumotlar
paketlarini
almashlash uchun protokolni ishlatadi. Amaliy daraja almashinuvi birligi
(ma’lumotlar paketlari)
xabarlar deyiladi.
Boshqa sathlardan farqli ravishda amaliy sath –
foydalanuvchiga eng yaqin
bo‘lgan sath bo‘lib, OSI ning boshqa sathlariga xizmat ko‘rsatmayli, ammo OSI
modeli masshtabidan tashqarida yotgan amaliy jarayonlarni ta’minlaydi.
Amaliy sath oxirgi foydalanuvchining amaliy jarayonlarini bevosita qo‘llab-
quvvatlash (matn
protsessorlari, bank terminallari dasturlari va boshq.) va ushbu
dasturlarning o‘zaro aloqasini ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i bilan o‘zaro
aloqadorligini boshqarish imkonini beradi:
Aloqa uchun ehtimoliy hamkorlarni aniqlaydi;
Birgalikda ishlovchi amaliy dasturlarni sinxronizatsiyalaydi;
Xatoliklarni bartaraf qilish va axborotlarning
butunligini boshqarish
jarayonlari bo‘yicha kelishuv o‘rnatadi;
Aloqa uchun resurslarning yetarliligini aniqlaydi.