134
12.2-rasm. IPv4 adresi sinflarini topishning sodda ko‘rinishi.
12.3-rasm. IPv4 adres sinflarining tarmoq va
uzel uchun taqsimlanishi
12.2.2. Turli sinfli IP-adreslarning strukturasi
Yana shuni ta’kidlash kerakki, avvalo sizning kompyuteringiz 127.0.0.1
adresga ega bo‘ladi (ya’ni, kompyuteringiz tarmoqqa ulanmagan va sizga IP-adres
berilmagan holatda).
IP-adres 32-bitli (IPv4) yoki 128-bitli (IPv6) ikkilik raqamidan iborat
bo‘ladi. IP-adresni (IPv4) nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta o‘nlik
raqamlar bilan
yozish qulay, masalan, 192.168.0.1 (yoki 128.10.2.30 – adresning o‘nlik
135
raqamlardagi ko‘rinishi, 10000000 00001010 00000010 00011110 – ikkilik
raqamlardagi ko‘rinishi).
IP-adres adreslarning asosiy turi bo‘lib, uning
asosida IP protokolining
tarmoq sathi paketlarni tarmoq o‘rtasida uzatadi. IP-adres kompyuter va
marshrutizatorlarni
konfiguratsiyalash
vaqtida
administrator
tomonidan
belgilanadi.
12.4-rasm. Turli sinfli IP-adreslarning strukturasi
12.2.3. Masshtablanadigan adreslash sxemasi
IP protokolning 6-versiyasi IP tarmoqlarni adreslash tizimiga tub
o‘zgarishlarni kiritdi (RFC 2373). Avvalo, bu adres
razryadini kengaytirishga
taalluqli bo‘ldi.
IPv6 adres 128 bit yoki 16 baytdan iborat. Bu katta miqdordagi tugunlarni
raqamlashtirish imkonini beradi:
340 282 366 920 938 463 463 374 607 431 762 211 456
Avvalgi 2 darajali adres ierarxiyasi o‘rniga (tarmoq raqami va tugun raqami)
IPv6 da 4 daraja mavjud bo‘lib, ulardan 3 tasi tarmoqlarni identifikatsiya qilishga,
bittasi esa tarmoq tugunlarini identifikatsiya qilishda foydalaniladi. Adresdagi
ierarxiya darajalari sonining ortishi hisobiga yangi protokol CIDR texnologiyasini
muvaffaqiyatli ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Takomillashtirilgan guruhli adreslash
136
tizimi va yangi turdagi adreslarni joriy qilish sababli
IP ning yangi versiyasi
marshrutizatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, tashqi o‘zgarishlar ham yuz berdi – standart ishlab
chiqaruvchilari o‘nlik raqamlar o‘rniga IP-adresni o‘n oltilik raqamlar ko‘rinishida
yozishni taklif qildilar. Har bir o‘n oltilik raqamlar bir-biridan ikki nuqtalar bilan
ajratiladi. Masalan, IPv6 adres quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:
FEDC:0A98:0:0:0:0:7654:3210
Agar adresda bir
necha nollar ketma-ket kelsa, adresni qisqartirib yozish
mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan adresni quyidagicha yozish mumkin:
FEDC:0A98::7654:3210
Ikki nuqta (::) ko‘rinishidagi qisqartirish
adresda faqat bir marta
foydalanilishi mumkin. Shuningdek, adresning boshidagi nollarni tushirib qoldirish
mumkin, masalan, FEDC:0A98::7654:3210 ning o‘rniga FEDC:A98::7654:3210
deb yozish mumkin.
IRv4 va IPv6 – ikkala protokollarni qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar uchun
kichik 4 baytlar uchun IPv4 da an’anaviy bo‘lgan o‘nlik
raqamlarni yozish
mumkin: 0:0:0:0:0:FFFF:126.144.52.38 yoki ::FFFF:126.144.52.38.