129
11.5-rasm. Xostlar, ko‘priklar, marshrutizatorlar va ular qo‘llaydigan
kommunikatsion model darajalari
11.5-rasm ma’lumotlarni “inkapsulyatsiyalash” tushunchasini ko‘rsatadi.
Xost-jo‘natuvchi transport darajasiga uzatiladigan amaliy daraja M xabarini
yaratadi. Transport darajasi xabarga transport darajasining H
t
sarlavhasi
deyiladigan qo‘shimcha ma’lumotni qo‘shadi, u transport darajasining qabul qilish
tomoni orqali ishlatiladi. Amaliy daraja M xabari
va transport darajasining H
t
sarlavhasi transport darajasining segmentini hosil qiladi. Transport darajasi amaliy
daraja xabarini o‘ziga inkapsulyatsiyalaydi. Transport darajasining segmenti
tarmoq
darajasiga kelib tushadi, u tarmoq darajasi deytagrammasini hosil qilish
bilan manba va jo‘natish manzili kabi
tarmoq darajasi H
n
sarlavhasi ma’lumotini
qo‘shadi. Deytagramma kanal darajasiga kelib tushadi,
u kanal darajasi kadrini
hosil qilish bilan kanal darajasi sarlavhasi ma’lumotini qo‘shadi. Biz ko‘rishimiz
mumkinki, har bir darajada paket ikkita sarlavha va ma’lumotlar maydonlaridan
130
tashkil topadi. Ma’lumotlar maydoni sifatida yuqori daraja ma’lumotlari
qatnashadi.