132
12-BOB. TCP/IP TARMOQLARIDA ADRESLASHNING ASOSIY
TURLARI. BELGILASH TIZIMLARI, SINFLAR BO‘YICHA
ADRESLASH
12.1. Internet tarmoqlarida adreslashning asosiy mohiyati
IP-adres – tarmoqdagi TCP/IP protokoldan foydalanuvchi xostni aniqlovchi
unikal identifikator.
Tugun (node) yoki xost (host) – tarmoqqa ulangan
va boshqa qurilmalar
bilan o‘zaro aloqada ishlay oladigan qurilma.
Tarmoq raqami va tarmoqdagi xost raqamidan iborat bo‘lgan tarmoq adresi
yirik tarmoqdagi har bir xostni unikal tarzda identifikatsiya qilish imkonini beradi.
TCP/IP texnologiyasida tarmoq adresi IP-adres deyiladi.
12.2. IPv4 adreslashi
IPv4 adresi uzunligi 4 baytdan iborat va odatda to’rtta raqam ko’rinishida
yoziladi. Bunda har bir baytning qiymati o’nli formatda va nuqta bilan ajratilgan,
misol uchun: 128.10.2.30 adresning an’anaviy o’nlik formatda aks ettirilishi.
10000000 00001010 00000010 00011110 — yuqoridagi adresning ikkilik koddagi
ko’rinishi. IPv4 adres – 32 razryadli ikkilik son. Qulaylik uchun maxsus formatda
yoziladi – o‘nlik ko‘rinishda nuqtalar bilan (dotted decimal).
W.X.Y.Z – nuqtalar bilan ajratilgan o‘nlik raqamlar.
181.252.30.115
Internet tarmog‘ida har bir kompyuter unikal IP-adresga ega. U 4 raqamdan
iborat bo‘lib, har bir raqam 0 dan 255 gacha diapazon chegarasida bo‘ladi. Butun
adres tarmoq identifikatori va xost identifikatoridan tashkil topadi. IP-adreslarning
133
sinflari mavjud bo‘lib, ular tarmoq nomeri va xost nomeridagi
bitlar soni bilan
farqlanadi.
IP adres har bir qurilmaga internet tarmog‘iga
ulanish uchun beriladigan
maxsus 0 va 1 ketma-ketligidagi manzil. IP adreslar oktetlardan tashkil topadi. IP
adreslarning uzunligi uning turiga qarab 32 bit yoki 64 bit bo‘lishi mumkin. 12.1-
rasmda IPv4 adresining strukturasi ko’rsatilgan.
IPv4 adresi strukturasi:
IPv4 adres 4 ta qismdan tashkil topgan;
Har bir qism 8 bit uzunlikka ega (demak uning umumiy uzunligi 32 bit!
ekan);
Har bir qism 0-255 diapazonda bo‘ladi;
Masalan,128.35.0.72