151
14-BOB. IP – TARMOQ POG‘ONASINING ASOSIY PROTOKOLI
14.1. Tarmoq darajasi funksiyalari
Bu bobda biz tarmoq darajasi xostlar orasida aloqa xizmatlarini qanday qilib
amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz. Transport darajasidan farqli ravishda tarmoq
darajasining “bo’lagi” tarmoqning har bir xostida va
marshrutizatorida ishtirok
etishini ko‘ramiz. Shu tufayli tarmoq darajasidagi protokollar eng murakkab
protokollardan biri (va shuning uchun ham eng qiziqarlilaridan biri) bo‘lib
hisoblanadi.
14.1-rasmda ikkita H1 va H2 xostli va H1 xostdan H2 xostigacha bo‘lgan
yo‘lda bir nechta marshrutizatorlari bo‘lgan oddiy tarmoqning sxemasi
tasvirlangan. Faraz qilaylik, H1 xost H2 xostga axborot uzatayotgan bo‘lsin. Bu
xostlarda va oraliq marshrutizatorlarda tarmoq darajasining rolini (o‘rnini) ko‘rib
chiqamiz. H1 xostning tarmoq darajasi
segmentlarni qabul qilib oladi, har bir
segmentni deytagrammaga inkapsulyatsiyalaydi (tarmoq darajasining almashinuv
birligi), shundan so‘ng deytagrammalarni ularning adresati yo‘liga jo‘natadi. Qabul
qiluvchi H2 xostda tarmoq darajasi deytagrammalarni o‘zining
eng yaqin
marshrutizatorlaridan (mazkur holda R2 dan) oladi, transport darajasidagi
segmentlarni tortib oladi va ularni H2 xostining transport darajasiga yetkazib
beradi. Marshrutizatorlarning asosiy vazifasi deytagrammalarni
kirish aloqa
liniyalaridan chiqish liniyalariga tomon “siljitishdan” iborat. 14.1-rasmda
marshrutizatorlar protokollarining qisqartirilgan steki bilan, ya’ni tarmoqdan
yuqori darajalarsiz ko‘rsatilganiga e’tiblor qiling,
chunki marshrutizatorlarda
tatbiqiy (amaliy) va transport darajalaridagi protokollar ishlamaydi (nazorat qilish
vazifalarini istisno qilgan holda).
Shunday qilib, tarmoq darajasining roli aldamchi tarzda oddiydir – paketlarni
uzatuvchi xostdan qabul qiluvchiga siljitish (ko‘chirish). Buning uchun tarmoq
darajasining uchta muhim funksiyasini ajratish mumkin.
152
Ma’lumotlarni siljitish. Paket marshrutizatorning
kirishiga yetib kelganda
marshrutizator uni tegishli chiqish liniyasiga ko‘chirishi kerak. Masalan, H1
xostdan R2 marshrutizatoriga yetib keladigan paket H2 xostga tomon yo‘ldan
keyingi marshrutizatorga uzatilishi kerak.
Yo‘lni aniqlash. Tarmoq darajasi paketlar jo‘natuvchidan qabul qilib
oluvchiga qarab boradigan marshrutini (yo‘nalishini) yoki yo‘lni aniqlashi kerak.
Bu marshrutlarni
hisoblovchi algoritimlar marshrutlashtirish algoritimlari deb
ataladi. Marshrutlashtirish algoritimi, masalan, paketlarning H1 xostidan H2
xostiga tomon harakatlanadigan yo‘lini belgilab beradi.
23
23
James F. Kurose, Computer Networking ATop-Down Approach 6
th
Edition// 2013 by Pearson Education
153
14.1-rasm. Tarmoq darajasi.
“Marshrutlashtirish” va “ma’lumotlarni siljitish” amallarini ko‘pchilik
mualliflar chalkashtirishadi va sinonim tariqasida foydalanishadi.
Biz bu atamani
ancha aniqroq qo‘llashga harakat qilamiz. “Marshrutlashtirish” deb biz
deytagramma jo‘natuvchidan qabul qilib oluvchga o‘tadigan butun yo‘lni
aniqlashning global (butun tarmoqni qamrab oluvchi) jarayonini aytamiz.
“Ma’lumotlarni siljitish” deb esa aniq bir marshrutizatorning deytagrammani
kiritish aloqa liniyasi interfeysidan chiqish liniyasi interfeysiga ko‘chirish bo’yicha
mahalliy (lokal) harakatlarini aytamiz.