158
Masalan, Ethernet paketlari ko‘pi bilan 1500 bayt ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi
mukin, global liniyaning ko‘pchilik protokollari esa ko‘pi bilan 576 bayt
o‘lchamdagi paketlarni tashishi mumkin. Kanal
darajasidagi paket tashishi
mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori uzatishning maksimal birligi
deyiladi (Maximum Transfer Unit, MTU).
Har bir IP-deytagramma bir
marshrutizatordan
ikkinchisiga
uzatishda
kanal
darajasidagi
paketga
inkapsulyatsiyalangani uchun kanal darajasidagi protokolning ma’lumotlari
maydoni o‘lchami IP-deytagrammasining uzunligiga qat’iy cheklama qo‘yadi. IP-
deytagrammaning o‘lchamiga qo‘yilgan qat’iy cheklash o‘z-o‘zidan muammo
keltirib chiqarmaydi. Muammo shundan iboratki, jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga
bo‘lgan yo‘lning har bir aloqa liniyasida kanal darajasidagi
turli xil protokollar
foydalanilishi mumkin va bu protokollarning har birida boshqalardan farq
qiladigan o‘zining ma’lumotlar maydoni maksimal o‘lchami bo‘lishi mumkin.
14.4-rasmda misol tariqasida 4000 baytdan deytagramma (20
bayt IP
sarlavha va 3980 bayt foydali yuklama) marshrutizatorga kelib tushadi va
ma’lumotlar maydoni 1500 bayt bo‘lgan maksimal o‘lchami liniya bo‘yicha yana
uzatib yuborilishi kerak. Bu 3980 bayt asl deytagramma uchta alohida
fragmentlar
o‘rtasida taqsimlanishi kerakligini anglatadi (fragmentlardan har biri ham IP-
deytagrammaniifoda etadi).
Faraz qilaylik, asl deytagramma 777 identifikatsiya
raqami bilan markalangan bo‘lsin. Uchta fragmentning tavsiflari 14.1-jadvalda
ko‘rsatilgan.
159
14.4-rasm. IP-deytagrammani fragmentlarga ajratish va qayta yig‘ish.
14.1. jadval. IP-fragmentlar