164
Resolution Protocol – manzillarni hal qiluvchi protokol) bajaradi.
Internetga
ulangan har bir xostda va lokal tarmoqqa ulangan marshrutizatorda ARP-moduli
(RFC 826) bor.
15.3.1. Deytagrammalarni lokal tarmoqlar doirasidagi tugunga uzatish
ARP protokoli nima uchun kerakligini tushunish uchun 15.3-rasmda
tasvirlangan tarmoqni ko‘rib chiqamiz. Bu oddiy misolda har bir tugunda IP-
manzil, tugunning har bir adapterida esa LAN-manzil bor. IP-manzillar to‘rtta o‘nli
son ko‘rinishida taqdim etiladi,
LAN-manzillar esa, o‘n oltilik raqamlar
ko‘rinishida ko‘rsatilgan. Endi faraz qilaylik, 222.222.222.222 IP-manzilli tugun
IP-deytagrammani 222.222.222.222 tugunga uzatmoqchi. Bu masalani yechish
uchun, uzatuvchi tugun adapterga
nafaqat IP-deytagrammani, shuningdek,
222.222.222.222 tugunning LAN-manzilini uzatishi kerak. Tugunning IP-
deytagrammasini va LAN-manzilni olib, uzatuvchi tugun adapteri qabul qiluvchi
tugun LAN-manzilida kanal sathidagi kadrni shakllantiradi va uni lokal tarmoqqa
uzatadi. Biroq,
uzatuvchi tugun qanday qilib, 222.222.222.222 IP-manzilli
tugunning LAN-manzilini aniqlaydi? U bu ishni ARP moduli yordamida, unga IP-
manzilni uzatgan holda bajaradi. Bunga ARP-modul tugunning tegishli LAN-
manzili, ya’ni 49-BD-D2-C7-56-2A manzil bilan javob beradi.
165
15.3-rasm. Lokal tarmoqning har bir tugunida IP-manzil, tugunning har bir
adapterida LAN-manzillarining mavjud bo’lishi.
Shunday
qilib,
ARP-modul
IP-manzilni
uzelning
LAN-manziliga
o‘zgartiradi. Bu ko‘p jihatdan xost nomlarini IP-manzillariga o‘zgartirib beruvchi
DNS tizimiga o‘xshaydi. Biroq, manzillarni o‘zgartiruvchi
bu ikkita sxema
o‘rtasidagi muhim farq shundaki, DNS xostlar nomlarini IP manziliga butun
Internetda o‘zgartiradi, ARP protokoli esa faqat bitta lokal tarmoq doirasidagi IP-
manzillar bilan shug‘ullanadi. Agar Kaliforniyadagi tugun Missisipidagi tugunning
IP-manzili uchun LAN-manzilni bilishga urinsa, ARP protokoli bu xatoni qaytarib
yuborgan bo‘lardi.
Har bir tugunning ARP-modulida ARP-jadval saqlanadigan operativ xotira
qurilmasi bor. Bu jadvalda lokal tarmoq xostlarining
IP-manzillari va ularga
tegishli LAN-manzillar yozib qo‘yilgan. Quyida 222.222.222.220 tugun uchun
ARP-jadvalning namunasi keltirilgan (15.1-jadval). Jadvalda, shuningdek,
manzillarning har bir jufti uchun yashash vaqti maydoni ham keltirilgan (Time To
Live, TTL), unda bu yozuv qachon jadvaldan olib tashlanishi ko‘rsatiladi.
Endi faraz qilaylik, 222.222.222.220 tugun o‘sha
lokal tarmoqning boshqa
tuguniga deytagramma jo‘natmoqchi bo‘lsin. Buning uchun uzatuvchi tugun
166
oluvchi tugunning IP-manzili bo‘yicha uning LAN-manzilini bilishi kerak. Agar
uzatuvchi tugunning ARP-jadvalida oluvchi tuguni uchun yozuv bo‘lsa, bu qiyin
masala emas. Xo‘sh, ARP-jadvalida bunday yozuv bo‘lmasa nima qilish kerak?
Masalan, 222.222.222.220 tuguni 222.222.222.222 tuguniga deytagramma
jo‘natishni hohlasin. Bu holda uzatuvchi tugun ARP protokoli yordamida unga
kerakli manzilni aniqlaydi.
Avvaliga uzatuvchi tugun maxsus ARP paketini shakllantiradi.
Bu paketda
bir necha maydon mavjud bo‘lib, ular orasida uzatuvchi va qabul qiluvchi
tugunlarning IP-manzillari va LAN-manzillari bor. Ikkala ARP-paketlar uchun
(so‘rov va javoblar uchun) bitta formatdan foydalaniladi. So‘rovli ARP-paketning
maqsadi lokal tarmoqning barcha boshqa tugunlarini so‘roqlab chiqish va bizni
qiziqtirayotgan IP-manzilga tegishli LAN-manzilni aniqlashdan iborat.
5.1- jadval. 222.222.222.220LAN manzilli tugun uchun ARP jadvaliga misol