160
Fragmentlarga ajratish va takroriy yig‘ish
Internet marshrutizatorlariga,
fragmentlarga va xost-adresatlarga (takroriy yig‘ish) qo‘shimcha yuk qo‘yadi.
Shuning uchun fragmentlarga ajratishni minimumga keltirish maqsadga muvofiq.
Buning uchun ko‘pincha TCP va UDP segmentlarining o‘lchamlari cheklanadi, bu
esa fragmentlarga ajratish ehtimolini kamaytiradi.
15-BOB. TARMOQ PROTOKOLLARI
15.1. Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoqlar (Switched LANs)
15.1-rasmda 3ta bo‘limni, 2 ta serverni marshrutizator va 4 ta kommutator
(switch) birlashtiradigan kommutatsiyalanadigan lokal tarmoqqa misol keltirilgan.
Bu kommutatorlar kanal sathida
ishlagani uchun ular kadrlarni, tarmoq sathi
manzillarini tanimagan va tarmoq orqali marshrutni
aniqlash uchun RIP yoki
OSPF turidagi marshrutlashtirish protokollaridan foydalanmagan holda kanal
sathida kommutatsiyalaydi (tarmoq sathidagi deytagrammalarga o‘xshab).
161
15.1-rasm. 4 ta kommutator (switch) vositasida
birlashtirilgan
kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq.