162
Agar kadrdagi oluvchinining manzili tugundagi
bu kadrni olganning
manzili bilan mos tushmasa, tugun bu kadrni oddiygina tashlab yuboradi.
Amalda lokal tarmoq manzili tugunda emas, tarmoq adapterida mavjud
bo‘ladi. 15.2-rasmda ayni shu jarayon aks etgan.
15.2-rasm. Lokal sath bilan ulangan har bir adapterda noyob manzil mavjud
LAN-manzillarining muhim xossalaridan biri shundaki, bir xil manzilli ikki
adapterning bo‘lishi mumkin emas. Manzillarning fizik fazosini IEEE tashkiloti
boshqaradi. Kompaniya adapter ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, u 2
24
manzillardan
iborat manzillar fazosinining blokini sotib oladi. IEEE 2
24
manzillardan
iborat
blokni ajratadi (fizik manzilning yuqori 24 bit ini qayd etgan holda va
kompaniyalarga har bir adapterga quyi 24 razryadlardan noyob kombinatsiyalar
yaratish imkonini bergan holda).
Shunday qilib, adapterlarning LAN-manzillari yassi tuzilish hosil qiladilar
(ierarxik tuzilishdan farqli ravishda) va adapterlarning bir joydan boshqa joyga
ko‘chishida o‘zgarmaydilar. Ethernet-kartali mobil
kompyuterda bu kompyuter
qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar har doim bitta LAN-manzil bo‘ladi.
Adapter kadrni o‘sha lokal tarmoqdagi boshqa adapterga jo‘natmoqchi
bo‘lsa, uzatuvchi adapter kadrga lokal tarmoqdagi oluvchining manzilini
joylashtiradi. Kadrni olib, qabul qiluvchi adapter undan deytagrammani chiqarib
oladi va uni protokol steki orqali yuqoriga uzatadi. Bu lokal tarmoqning barcha
163
boshqa adapterlari
ham bu kadrni oladilar, biroq ular uni
tarmoq sathidagi
deytagrammalarni protokol steki bo‘yicha yuqoriga uzatmasdan tashlab
yuboradilar. Biroq, ba’zi hollarda uzatuvchi tugun lokal tarmoqdagi barcha
adapterlar jo‘natgan kadrlarni qabul qilishlari va
unga ishlov berishlaridan
manfaatdor bo‘ladi. Bu holda uzatuvchi adapter oluvchining manzil maydoniga
maxsus keng eshittirishli manzilni joylashtiradi. 6 baytli manzillardan
foydalanuvchi lokal tarmoqlarda, keng eshittirishli manzil 48 ta ikkilik
birliklardan tashkil topgan qatordir (ya’ni, o‘n olti
raqamdan iboratFF-FF-FF-FF-
FF-FF ketma-ketlikdir).
Tugunlar uchun tarmoq sathidagi manzillardan tashqari LAN-manzillarini
ajratishning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, lokal tarmoqlar faqat IP
protokoli va Internet bilangina emas, tarmoq sathidagi
ixtiyoriy protokollar bilan
ishlash uchun ishlab chiqiladi. Agar adapterlarga «neytral» LAN-manzillari o‘rniga
IP-manzillari belgilansa, ularga tarmoq sathining boshqa protokollari (masalan,
IPX yoki DECnet) ni qo‘llab-quvatlash qiyin bo‘lardi. Ikkinchidan, agar
adapterlar LAN manzili o‘rniga IP manzilidan foydalanishlari kerak
bo‘lganida,tarmoq sathidagi manzilni adapterning operativ xotirasida saqlash va
uni adapterni har bir ko‘chirish yoki manbaga ulash chog‘ida qayta sozlash kerak
bo‘lardi. Shunday qilib, protokollar stekidagi sathlarning yuqori darajada o‘zaro
bog‘liq bo‘lmasliklari uchun sathlar xususiy manzil sxemalariga ega bo‘lishlari
kerak. Biz manzillarning uch xili bilan: qo‘llanish tusidagi sathdagi xostlar
nomlari, tarmoq sathidagi IP-manzillari va kanal sathidagi LAN-manzillari bilan
tanishib chiqdik.