186
16.3-rasm. UDP segmentining tuzilishi
16.3. TCP protokoli
TCP
mantiqiy
ulanish
o‘rnatiladigan
protokol deyiladi, chunki
ma’lumotlarni almashishdan oldin ikkita jarayon “qo‘l berish” – ma’lumotlarni
almashish parametrlarini aniqlash uchun bir-birlariga maxsus segmentlarni
uzatilishidan iborat jarayonni amalga oshiradi. TCP-bog‘lanishning o‘rnatilish
qismining har ikkala tomon orqali TCP-bog‘lanishga bog‘liq bo‘lgan TCPning
ko‘plab o‘zgaruvchan holatlarini amalga oshirish hisoblanadi.
“TCP-bog‘lanish” bu kanallar kommutatsiyalanadigan
tarmoqlardagi kabi,
TDM yoki FDM multiplekslashli ulanish emas. Shu bilan birga virtual kanal
hisoblanmaydi, chunki kanalning holati faqat ikkita oxirgi tizimlarda saqlanadi.
TCP protokol TCP-bog‘lanishni qo‘llamaydigan tarmoqning oraliq elementlarini
(kanal darajasi marshrutizatorlari va qayta ulagichlari) qo‘shmaganda faqat oxirgi
tizimlarda bajariladi. Aslida oraliq marshrutizatorlar TCP-bog‘lanishga
absolyut
e’tibor bermaydi, ular TCP bog‘lanishlarni emas, balki deytagrammalarni qo’llab-
quvvatlaydi.
ТCP ulanish fayllarni dupleks uzatilishini ta’minlaydi. Agar u bir xostdagi A
jarayon va boshqa xostdagi B jarayon bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda amaliy
187
daraja ma’lumotlari bir vaqtda ham A jarayondan B jarayonga,
ham teskari
yo‘nalishda uzatilishi mumkin. Bundan tashqari,ТCP-ulanish doimo ikki nuqtali
hisoblanadi, ya’ni yagona qabul qiluvchi -jo‘natuvchi juftligi orasida o‘rnatiladi.
Boshqacha
aytganda, TCP protokoli ishlatilganida ular bitta jo‘natuvchidan bir
nechta qabul qiluvchilarga uzatiladigan ma’lumotlarni keng tarqatishli uzatishni
amalga oshirish mumkin emas.