• 16.1. Transport sathining funksiyalari
  • Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

     
    Nazorat uchun savollar: 
    1. Domen nomlari tizimi (DNS) vazifasi. 
    2. DNS ishlashining umumiy tamoyillari nimalarda ko’rinadi? 
    3. DNS yozib olish va DNS xabarlari tushunchalariga ta’ 


    174 
    4. IP – tarmoq pog’onasining asosiy protokoli sifatida. 
    5. IP protokoli formatini izohlab keltiring. 
    6. IP deytagrammlar fragmentatsiyasi to’g’risida gapiring. 
    7. Tarmoq protokollari deb nimaga aytiladi? Tarmoq protokollarining asosiy 
    vazifasi. Turlari. 
    8. ARP protokolining asosiy vazifasi, qo’llanish faoliyati. 
    9. IGMP protokoli to’g’risida nimalarni bilasiz? IGMP protokoli ishlash 
    tamoyillari. 
    10. ICMP protokolining asosiy vazifasi, qo’llanilishi. 
     


    175 
    8-BO’LIM. TRANSPORT SATHI VA UNING FUNKSIONAL 
    VAZIFALARI. TRANSPORT SATHI ASOSIY PROTOKOLLARI VA ISH 
    REJIMLARI 
     
    16-BOB. Transport sathi va uning asosiy protokollari 
     
    16.1. Transport sathining funksiyalari 
     
    Transport satxi oxirgi tizimlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlarga 
    xizmatlarni bevosita taqdim etadi. Transport satxi protokoli turli xostlarda 
    bajarilayotgan amaliy jarayonlar orasidagi mantiqiy ulanishlarni ta’minlaydi (16.1-
    rasm). Ilovalar nuqtai nazaridan, mantiqiy ulanish –jarayonlar orasidagi real 
    ulanish, marshrutizatorlar va turli aloqa liniyalarining uzundan uzoq zanjirlari 
    yordamida amalga oshirilishiga qaramasdan, jarayonlarni bevosita bog‘lovchi 
    kanaldir. Mantiqiy ulanish fizik infrastrukturadan mustaqil ravishda jarayonlarga 
    ma’lumot almashish imkonini beradi. 
    Transport satxi protokollari oxirgi tizimlar tomonidan qo‘llab quvvatlanadi, 
    lekin marshrutizatorlar tomonidan qo‘llab quvvatlanmaydi. Marshrutizatorlar 
    tarmoq satxi xabarlarini qayta ishlaydi va transport satxidagi xabarlarga xech 
    qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. 
    Internetda (aniqrog‘i TCP/IP protokolini qo‘llab-quvvatlaydigan istalgan 
    kompyuter tarmog‘ida) transport satxining ikkita protokoli mavjud - UDP (User 
    Datagram Protocol – foydalanuvchi deytagrammalari protokoli) protokoli va TCP 
    (Transmission Control Protocol – uzatishni boshqarish protokoli) protokoli. UDP 
    protokoli ilovalarga mantiqiy ulanish o‘rnatmasdan ishonchsiz ma’lumotlar uzatish 
    xizmatini taqdim etadi, aksincha, TCP protokoli mantiqiy ulanish o‘rnatib, 
    ishonchli ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etadi. Yangi ilovani 


    176 
    yaratayotganda ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti uchun transport satxining ikkita 
    protokoldan birini tanlashi lozim.
    UDP va TCP larning asosiy vazifasi tarmoq satxi protokoli (IP) taqdim 
    etadigan, oxirgi tizimlar orasida ma’lumotlar almashish xizmati yordamida, oxirgi 
    tizimlarda bajariladigan, jarayonlar orasida ma’lumotlar almashinishini 
    ta’minlaydi. Oxirgi tizimlar orasidagi ulanishning jarayonlar satxigacha bunday 
    “davomliligi” transport satxida multiplekslash va demultiplekslash deyiladi. 
    Shuningdek UDP va TCP protokollari o‘z sarlavhasiga xatoliklarni aniqlash 
    maydonini kiritib, ma’lumotlarni uzatiishda buzilish bo‘lmasligini ta’minlaydi. 
    Internet tarmoqlari yoki TCP/IP tarmoqlarida mavjud ikki protokol ilovalar 
    sathiga tarmoq xizmatlarini taqdim etadi. Bu protokollardan biri UDP (User 
    Datagram Protocol) protokoli bo’lib, faol ilovalarga kafolatsiz va oldindan 
    o’rnatilmagan (connectionless service) aloqa xizmatlarini taqdim etadi. Ikkinchisi 
    TCP (Tranport Control Protocol) protokoli bo’lib, u faol ilovalarga ishonchli 
    (kafolatli), oldindan o’rnatilgan aloqa kanallari (connection-oriented service) orqali 
    xizmatlarni taqdim etadi. Tarmoq ilovalarini yaratish uchun ilova yaratuvchilari bu 
    ikki transport protokolidan birinixizmatidan foydalanishga majbur va ikkisidan 
    birini tanlashi zarur bo’ladi.
    Ko’p hollarda transport sathi paketlari uchun segment atamasi qo’llaniladi. 
    RFCda, hamda internet haqidagi kitoblarning ko’pida transport sathi paketlari 
    uchun TCP segment atamasi hamda UDP paketlari uchun deytagramma 
    atamasidan foydalaniladi. Ammo tarmoq sathi paketlari uchun ham ko’pincha 
    deytagramma atamasi ishlatiladi.
    UDP va TCP protokollari haqida qisqacha izox berishdan oldin, internetning 
    tarmoq sathi haqida qisqacha tushuncha berib o’tish foydali deb topdik. Internetda 
    tarmoq sathi IP (Internet protocol) protokoli mavjud bo’lib, u orqali hostlar 
    o’rtasida mantiqiy bog’lanish amalga oshirish mumkin. IP xizmat modeli ‘best 


    177 
    effort’ (eng samarali xizmat taqdim etuvchi model xisoblanadi) xizmati 
    hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, bir biriga bog’langan hostlar o’rtasida 
    segmentlarni tashish uchun IP “best effort” usulini hosil qiladi, ammo bu usul 
    orqali xech qanday kafolat berilmaydi. Bu xizmat modeli, hostlar o’rtasida 
    segmentlarni ishonchli tashilishi uchun xech qanday kafolat bermaydi, 
    segmentlarni tartib bilan yetib borishi uchun ham segmentdagi ma’lumotlarning 
    butunligini ta’minlash uchun ham kafolat bermaydi. Shuning uchun ham, IP 
    protokoli xizmatlarni ishonchsiz taqdim etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir 
    host eng kamida bitta tarmoq sathi adresiga ega bo’ladi va u IP adres deb 
    nomlanadi.
    UDP va TCP orqali taqdim etiladigan xizmatlarni ko’rib chiqamiz. UDP va 
    TCP protokollarining eng asosiy majburiyatlari – ikki tizim orasida taqdim 
    etiladigan xizmatlarni oxirgi terminallardagi faol ilovalar jarayonlarga taqdim 
    etishdan iboratdir. Ya’ni, xizmatlarni hostdan hostga va ilovadan ilovaga tashish 
    jarayonlarini amalga oshirish transport sathida multiplekslash va demultiplekslash 
    deb nomlanadi. Keyingi bo’limda transport sathidagi multiplekslash va 
    demultiplekslash jarayonlari muhokama qilinadi. UDP va TCP,shuningdek 
    segmentlarni sarlavhasi butunligini ham tekshiradi. UDP protokoli faqat ikkita 
    xizmatni taklif etadi: faol ilovalar orasida ma’lumotlarni tashish va xatoliklarni 
    tekshirish. Odatda, IP kabi UDP protokoli ham kafolatsiz xizmatlarni ta’minlaydi 
    va shu bilan birga UDP jo’natgan deytagrammalar qabul qiluvchiga tartibsiz yetib 
    borishi, yoki umuman yetib bormasligi mumkin.
    TCP protokoli UDPga qaraganda ilovalarga bir qator qo’shimcha 
    xizmatlarni taklif etadi. Birinchidan, u kafolatli ma’lumot uzatishni amalga 
    oshiradi. Ma’lumot oqimlarini nazorat qiladi, segmentlarni tartibli va to’g’ri yetib 
    borishini ta’minlaydi, qabul qiluvchi tomondan paketni qabul qilinganligi haqida 
    tasdiqni (acknowledgment) talab qiladi va “timer” (ing. vaqt)dan foydalanadi. 
    Shunigdek, TCP oxirgi terminallari o’rtasida IP ma’lumotlarni uzatuvchidan qabul 


    178 
    qiluvchigacha xatosiz va tartibli yetib borishini ishonchli ta’minlaydi. TCP oxirgi 
    tizimlar o’rtasidagi IP protokolining ishonchsiz xizmatlarini ilovalar orasida 
    ishonchli ma’lumot uzatish xizmatlariga o’zgartiradi hamda ortiqcha yuklanishni 
    nazorat qiladi. TCP hostlar o’rtasidagi marshrutizatorlarda hamda bog’lovchi 
    kanallarda ma’lumot oqimlarining keragidan ortib ketishini oldini oladi va 
    yuklanishi oshib ketgan hamda bo’sh kanallar bo’ylab har bir aloqani amalga 
    oshirish uchun kanalning o’tkazuvchanlik qobiliyatidan teng foydalanishini 
    ta’minlaydi. Bunda, TCP tarmoqqa uzatilayotgan oqimni qanday tezlikda uzatish 
    masalasini hal qiladi. UDP protokolida bunday imkoniyatlar mavjud emas, ya’ni 
    tezlik moslashtirilmaydi. UDP transportidan foydalanuvchi ilovalar istalgan 
    tezlikda (talab darajasidagi yoki undan ham kichik tezlikda)oqimni uzatishi 
    mumkin.Ishonchli ma’lumot uzatishni ta’minlovchi va yuklanishni nazorat 
    qiluvchi protokollar yetarli darajada murakkab tuzilishga ega bo’ladi. 


    179 
    16.1-rasm. Transport satxi amaliy satxlar orasida fizik ulanishni emas, mantiqiy 
    ulanishni ta’minlaydi. 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish