167
jo‘natishi mumkin. ARP protokoli haqida ikkita qiziq fikrni qayd etish lozim.
Birinchidan, ARP-so‘rov keng eshittirishli kadrda jo‘natiladi, javob esa,
standart
kadrda uzatiladi. Ikkinchidan, ARP protokolida o‘zini o‘zi sozlash (plug-and-play)
prinsipi ishlab chiqilgan. Chunki tugunning ARP-jadvali avtomatik tarzda
shakllanadi, u tizim ma’muri tomonidan sozlanishi kerak emas. Agar tugun lokal
tarmoqdan uzilsa, unga tegishli yozuv yashash vaqti tugaganidan so‘ng jadvaldan
chiqariladi.
15.3.2. Deytagrammalarni lokal tarmoqlar doirasidan tashqaridagi
tugunga uzatish
Yuqorida bayon etilganlardan tugun o‘sha lokal tarmoqning (ya’ni o‘sha IP
tarmoqning) boshqa tuguniga deytagramma jo‘natmoqchi bo‘lsa,
ARP protokoli
qanday ishlashi aniq bo‘ladi. Endi biz bundan murakkabroq holatni – lokal tarmoq
tuguni tarmoq sathidagi deytagrammani lokal tarmoqdan tashqarida bo‘lgan
(ya’ni, boshqa IP –tarmoqqa) tugunga uzatishni hohlagan holatni ko‘rib chiqamiz.
Bu masalani marshrutizatorlar bilan ulangan ikkita lokal tarmoqdan iborat tarmoq
misolida muhokama qilamiz (15.4-rasm).
15.4-rasm. Marshrutizatorlar bilan ulangan ikkita lokal tarmoq.
168
E’tibor qiling, ikki turdagi tugunlar – xostlar va marshrutizatorlar mavjud.
Har bir xostda faqat bitta IP-manzil va bitta adapter bor.
Marshrutizatorda har bir
interfeys uchun bittadan IP-manzil bor. Marshrutizatorning har bir interfeysida
o‘zining ARP-moduli va o‘zining adapteri bor. Rasmda tasvirlangan
marshrutizatorning ikkita interfeysi bo‘lgani uchun uning ikkita IP-manzili, ikkita
ARP-moduli va ikkita adapteri mavjud. O‘z-o‘zidan ma’lumki, har bir adapterning
o‘z LAN-manzili bor.
1-lokal tarmoq bilan bog‘langan barcha
interfeyslarning manzili
111.111.111.xxx ko‘rinishga, 2-lokal tarmoq bilan bog‘langan barcha
interfeyslarning manzili 222.222.222.xxx ko‘rinishga ega. Bu misolda IP-
manzilning birinchi uch bayti “tarmoq”ni, oxirgi
bayt esa tarmoqning muayyan
interfeysini ko‘rsatadi.
Ethernet-tarmog‘i uchun ARP protokoli RFC826 bilan belgilangan.