169
Lоkаl аdrеsning uzunligi Ethernet prоtоkоli uchun 6 bаytgа tеng. IP аdrеs
uzunligi esа 4 bаyt. Оpеrаtsiyalаr mаydоnidа ARP so‘rоvlаri uchun 1
vа RARP
prоtоkоli uchun 2 qiymаt ko‘rsаtilаdi. ARP so‘rоvini jo‘nаtuvchi elеmеnt
qidirilаyotgаn lоkаl аdrеs mаydоnidаn tаshqаri bаrchа mаydоnni to‘ldirаdi.
Qidirilаyotgаn lоkаl аdrеs mаydоni o‘zining IP аdrеsini tаnigаn elеmеnt оrqаli
to‘ldirаdi.
15.5. IGMP protokoli
RFC 2236 ning 2-versiyasida belgilangan IGMP protokoli (Internet Group
Management Protocol – guruhlarni boshqarish tarmoqlararo protokoli)
xost va u
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan marshrutizator o‘rtasida ishlaydi (bu
marshrutizatorni kirish deytagrammasi yo‘lidagi birinchi marshrutizator yoki
chiqish deytagrammasi yo‘lidagi oxirgi marshrutizator deb qarash mumkin). 15.5-
rasmda uchta guruhli marshrutizator tasvirlangan, ularning har biri lokal interfeys
orqali bir juft xostlar bilan ulangan. Ushbu misolda lokal interfeys lokal tarmoq
bilan bog‘langan va qoida bo‘yicha lokal tarmoqning
bir necha xosti u yoki bu
jo‘natma guruhi a’zosi hisoblanadi.
IGMP protokoli xostga u bilan ulangan marshrutizatorga axborotlashtirish
vositasini taqdim etadi, unga ko‘ra xostda ishlayotgan ilova jo‘natmaning muayyan
guruhga qo‘shilishni hohlaydi. IGMP protokolining xost va u bilan ulangan
marshrutizator bilan amal qilish sohasining cheklanganligini hisobga olsak,
Internetda guruhli marshrutizatorlarni (qo‘shilgan marshrutizatorlarni ham hisobga
olgan holda) muvofiqlashtirish uchun o‘z-o‘zidan
ravshanki, boshqa protokollar
kerak. Guruhli marshrutizatorlarni muvofiqlashtirish masalasini PIM, DVMRP va
MOSPF turidagi tarmoq sathi guruhli marshrutlash protokollari hal etadi. Shunday
qilib, Internetda tarmoq sathidagi guruhli jo‘natma ikkita bir-birini to‘ldiruvchi
tashkil etuvchidan – IGMP protokoli va guruhli marshrutlash protokollaridan
iborat bo‘ladi.
170
15.5-rasm. Tarmoq sathida guruhli jo‘natmaning ikki tashkil etuvchisi:
IGMP protokoli va guruhli marshrutlash protokollari.
Garchi IGMP protokolini “guruhlarga a’zolik protokoli” deb atalsa ham bu
termin kishini chalg‘itishi mumkin, chunki xost va u bilan ulangan marshrutizator
o‘rtasida amal qiladi. O‘z nomiga qaramasdan IGMP protokoli jo‘natma guruhiga
kiruvchi barcha xostlarda ishlamaydi. Amalda jo‘natma guruhlariga a’zolikni
boshqaruvchi va guruhning barcha Internet xostlarida ishlovchi tarmoq sathi
protokoli mavjud emas. Masalan, xostga guruhga qo‘shilgan barcha boshqa xostlar
identifikatorlarini aniqlash imkonini beradigan tarmoq
sathi protokoli mavjud
emas.
IGMP protokolining 2-versiyasi (RFC2236) da faqat 15.2-jadvalda
keltirilgan
3
turdagi
xabarlardan
foydalaniladi.
Umumiy
xabarlar
membership_query (a’zolik haqidagi so‘rovnoma) marshrutizator tomonidan
uning interfeysiga ulangan barcha xostlarga (masalan lokal tarmoqning barcha
xostlariga) jo‘natiladi ushbu interfeys xostlari a’zo bo‘lgan barcha jo‘natma
guruhlarini tanishi uchun). Maxsus xabar
membership_query yordamida
marshrutizator, shuningdek, uning biror interfeysiga ulangan u yoki bu xost
jo‘natmalarning muayyan guruhiga tushdimi – shuni aniqlashi mumkin. Bu maxsus
171
so‘rovnoma o‘zi uchun maxsus ajratilgan maydonga joylashtirilgan guruh
manzilini o‘z ichiga oladi.
Membership_query xabariga IGMP-xabar bilan javob beradi. Xost,
shuningdek,
ilova
jo‘natma
guruhiga
birinchi
marta
qo‘shilganida
marshrutizatordan
membership_query xabarini kutmasdan
membership_report
xabarlarini
generatsiyalashi
mumkin.
Membership_report
xabarlarini
marshrutizatorlar va marshrutizatorning o‘sha interfeysiga ulangan barcha xostlar
(masalan, lokal tarmoq holida) oladilar.
Har bir membership_report xabari javob
beruvchi xost kirgan guruhning guruhli manzilini o‘z ichiga oladi.
15.2-jadval. IGMP2 protokolining xabarlar turi